Mashhur mutafakkir Bahovuddin Naqishband muhtoj insonga yordam ko'rsatish ham savobli ish sanalishini,vatanparvarlikka undashini juda ko'p takidlaydi.Xatto kerak bo'lsa namozni to'xtatib yordam bermoq zarurligini aytib o'tganlar.Shu sababli insonparvarlik tuyg'usi vujudga kelgan va ko'plab qo'shiqlarda o'z ifodasini topgan.Shu sababli insonparvarlik tuyg'usi vujudga kelgan va ko'plab qo’shiqlarda o'z ifodasini topgan.Qo'shiqchilik tarixi uzoq o'tmishga egadir. Orta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma manbalar arxeologig topilmalar shundan dalolat beradiki musiqa ijrochiligi nihoyatda mukammal rivojlangan. O rta Osiyo xalqlarining so'ngi ming yillik musiqa madaniyati tarixiga oid yozma manbalar bizgacha yetib kelganligi musiqa merosini avaylab asrab avlodda avlod-ga ustozdan shogirdga meros qilib qoldirishning yorqin namunasidir. Uzoq o'tmishdan bizgacha yetib kelgan musiqiy merosni o'rganish uni mukammal fan darajasiga olib chiqishda Abu Nasir Muhammad Al- Farobiyning xizmatlari beqiyosdir. Al- Farobiy qadimgi musiqa namunalarini ijrosi va tahliliga juda katta ahamiyat berib o'tgan. Izlanishlar samarasi sifatida musiqa nazariyasi fanini yaratdi Kitabul al-kabr (Musiqaga doir katta kitob), Kitabul fil-musiqiy (Musiqa uslublari haqida kitob), Kitabul-musiqiy (Musiqa kitobi)kabi risolalar bevosita qo'shiq ijrochiligi tahliliga bag'ishlangandir. Bu borada Al- Farobiy an'anasini davom ettirgan olimlardan Abu Ali Ibn Sino edi. Kitabush-shifo (Shifo kitobi), Doishnoma (Bilim kitobi), Risolatun ilmi musiqiy (Musiqa ilmi haqida risola) asarlari bevosita musiqa ilmi, ijrochilik uslublari, mavjud kuy va ashulalar tahlili haqidadir. IX-X asr musiqa madaniyati Orta Osiyodan chiqqan buyuk olim Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Al- kotib Al- Xorazmiyning Mafatixul ulum (Ilimlar kaliti) esnsklopediyasining musiqa nazariyasiga bag'ishlangan qismida kuylar qatori xalq qo'shiqchilik ijodi namunalari tahliliga katta ahamiyat berib o'tgan. Musiqa ilmining nazariyasi yaratilishida xalq qo'shiqlarining o'rni beqiyosdir. Orta Osiyo o'tmish musiqashunos olimlari kuylar bilan birga ashulachilik muammolari ustida tahliliy muhokamalar olib borganlar.Risolalar yaratganlar. O'tmishda xalqlarning ruxiy kechinmalari: shodlik, xursandchilik, qayg'u, xasrat, istiroblar - xalq ijodining namunasi bo'lmish qo'shiqlarni dunyoga keltirdi va ularni rivojlantirdi. Qo'shiqchilikdagi bu ijro yo'nalishi namunalari
deb nomlanib an'anaviy qo'shiq ijrichiligi yuzaga keldi. O'zbek xalq qo'shiqlari shu darajada ko'p va xilma xilki, uning barcha namunalari hali to la ravishta o'rganilishi kerak. An'anaviy qo’shiqchilikda qo’shiqlarni 4 guruhga bo'linadi: Mavsum marosim qo’shiqlari