Kompleks taxlil: Faol Marshal uslubi
Iqtisodiyotni o‘rganishni qiyinligi va murakkabligi haqida gap ketganda,
Marshal ikkita sababni ko‘rsatadi. Bir tomondan qaraganda, har bir narsa boshqa
narslarga bog‘liqdek tuyuladi. Tizimning barcha qismlari o‘rtasida qiyin va nozik
aloqalar mavjud. Boshqa tarafdan qaraganda, vaqt ana shu iqtisodiy tadqiqotdagi
qiyinchiliklarning sababi bo‘lib chiqadi. Sabablar tez oxirgi natijani bermaydi, ular
o‘zlari ichida ko‘p marta ta’sirlanishadi. Ammo, birgina omil, masalan talabning
o‘sishi, o‘z ta’sirini o‘tkazgan zahoti, iqtisodiyotda boshqa omillar mustaqil ravishda
o‘zgarishi mumkin, masalan (taklifning o‘sishi), shuning uchun, bitta sabab
natijasidagi o‘zgarishlar uning ta’siridan bo‘lganligini aniq aytish qiyin. Agar
jismoniy fanlarning labaratoriya texnikasini (ya’ni faqatgina bittadan tashqari doimiy
hamma ta’sirlarni ushlab turishning va keyin takroriy tajribaning natijalarini
171
kuztishning iloji bo‘lganida) iqtisodchilar ishlata olganda edi, bu muammo bo‘lmas
edi. Ammo labaratoriya metodikasini qo‘llashning iloji bo‘lmaganligi sababli, boshqa
metodologiya ishlatilishi kerak. Marshall ehtiyotkorlik bilan o‘zining asosiy o‘ylab
qo‘ygan tizimini rivojlantirib bo‘lgandan keyingina bu metodologiyani ko‘rsatdi.
Iqtisodchilar amalda berilgan o‘zgaruvchi natijasiga ta’sir qilishi mumkin
bo‘lgan barcha omillarni o‘zgartirmay ushlab tura olmagani sababli, ular nazariy
jihatdan abstraksiya orqali buni bajarishlari kerak. Iqtisodiyotda o‘zaro murakkab
munosabatlarni tahlil qilishda, biz aniq elementlardagi o‘zgarishlar ceteris paribus
yani “boshqa narsalar o‘zgarmagan holda” sodir bo‘ladi deb faraz qilamiz. Har
qanday tahlilning boshlanishida, ko‘p narsalar o‘zgarmas tarzda ushlab turiladi;
ammo, tahlillar davom etishi jarayonida, ko‘proq elementlar o‘zgartirilishi mumkin
va shuning hisobiga ko‘proq realizmga erishiladi. Real hayotdan uzoqlashish
hisobiga Ceteris paribus uslubi murakkab muammolarni yechishga imkon yaratadi.
Marshallning ceteris paribus yani boshqa narsalarni o‘zgarmas holda ushlab
turish uslubidan foydalanishni hususiy muvozanatning ma’lum bir shaklini tahlil
qilishda qo‘llagan. Murakkab mujammoni bo‘laklarga ajratib o‘rganish uchun, biz
iqtisodiyotning bir qismini ajratib olamiz, iqtisodiyotning boshqa qismlarining o‘zaro
aloqadorligini rad etmagan holda tahlil maqsadida e’tibordan chetga surib turamiz.
Masalan, biz boshqa barcha ta’sirlardan ajralgan yakka uy xo‘jaligi yoki firmaning
harakatlarini tahlil qilamiz. Biz sanoatda narxlarni keltirib chiqaruvchi talab va taklif
mexanizmini tahlil qilish orqali bir lahzaga murakkab bo‘lmish bir birini o‘rnini
bosuvchi va to‘ldiruvchi sanoat va boshqa tarmoqlar mahsulotlari o‘rtasidagi
a’loqalarni e’tibordan chetga surib turamiz. Hususiy muvozanat yondashuvining bir
muhim foydasi shuki, u orqali berilgan omilning dastlabki taxminiy ta’sirini bilish
mumkin. Shuning uchun bu yondashuv muammolarni hal etishda juda ham qo‘l
keladi, masalan import soatiga tarif qo‘llashning ta’sirini oldindan aytib beradi.
Oddiy taklif va talab tahlili hususiy muvozanat tahlili davomida davlat siyosatning
tezkor ahamiyatini oldindan bashorat qilish uchun foydalaniladi. Marshallning tartibi
quyidagicha bo‘lgan: avvalambor hususiy muvozanat paytida muammoni
ehtiyotkorlik bilan chegaralash, maksimal darajada o‘zgaruvchilarni o‘zgarmas tarzda
saqlash va tahlillar ko‘lamini boshqa omillarni o‘zgartirish orqali asta sekin
kengaytirish hisoblangan. Uning usuli “bir vaqtning o‘zida bir narsa” usuli deb to‘g‘ri
nomlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |