Marshall talab haqida.
Marshallning narxni aniqlashda talabning ta’sirini tahlil qilish oson degani
to‘g‘ri. Ammo, talab nazariyasida Marshall qoniqarli darajada yecha olmagan bir
qancha muammolar bor. U bu muammolarni anglab yetgan, lekin ularni oson deb
qutulgandek tuyuladi. Uning talab nazariyasiga qo‘shgan eng muhim hissasi
175
talabning narxga nisbatan egiluvchanligi tushunchasini aniq ifodalaganidadir. Talab
qilingan miqdor va narx bir-biriga teskari bog‘liqlikda bo‘ladi. Talab egri chizigi
pastga va o‘ngga siljiydi. Talab miqdori o‘zgarishining narxning o‘zgarishiga nisbati
egiluvchanlik koeffitsenti orqali namoyon etiladi. Talab miqdori va narx bir biriga
teskari bog‘liq bo‘lganligi sababli, hisoblangan talab egiluvchanligi koeffitsenti
manfiy bo‘lgan. Odatda, ijobiy egiluvchanlik koeffitsentini olish uchun tenglamaning
o‘ng tomoniga manfiy belgisi qo‘shilgan. Mahsulot narxining talab qilingan
miqdorga ko‘paytmasi iste’molchilarning umumiy xarajatlariga teng bo‘ladi yoki
ayni paytda sotuvchining umumiy daromadiga teng bo‘ladi (p x q= TYe =TR). Agar
narx bir foizgacha tushsa, talab miqdori bir foizga ko‘tarilsa, unda umumiy harajat,
yoki, daromad o‘zgarishsiz qoladi va egiluvchanlik koeffitsenti birga teng bo‘ladi.
Agar narx tushsa va umumiy harajat yoki daromad oshsa, hamda egiluvchanlik
koeffitsenti 1 dan yuqori bo‘lsa mahsulot narxga nisbatan egiluvchan deb ataladi.
Agar narx berilgan foizgacha tushsa, talab miqdori kamroq foizga oshsa, umumiy
harajat va umumiy daromad pasayadi, egiluvchanlik koeffitsenti esa 1 dan kam
bo‘ladi va mahsulot narxga nisbatan noegiluvchan deb ataladi. Marshall
egiluvchanlik tushunchasini taklifga nisbatan ham ishlatdi va shu orqali iqtisodga
yana bitta foydali usulni olib kirdi. Narxga nisbatan egiluvchanlik tushunchasi
adabiyotlarda avval ham keltirilgan bo‘lsa ham, Marshall o‘zining matematik
qobiliyati bilan uni aniq ifoda eta olgan edi, shuning uchun u egiluvchanlik
koeffitsentining kashfiyotchisi hisoblangan.
Marshallning fikriga ko‘ra, odamlar mahsulotlarni ulardan iste’mol qilishi orqali
olinadigan nafliligi tufayli sotib olishni hohlaydilar. Marshall tomonidan
foydalanilgan naflilik funksiyasi yig‘indi shaklida bo‘lgan; u umumiy naflilikni har
bir mahsulotni iste’mol qilishdan olingan nafliliklarni qo‘shish orqali topgan. A
mahsulotni istemol qilishdan olingan naflilik, iste’mol qilingan A mahsulotning
miqdorigagina bog‘liq bo‘ladi, boshqa istemol qilingan mahsulotlarning miqdoriga
emas. Shuning uchun, o‘rnini bosuvchi va bir birini to‘ldiruvchi mahsulotlar ta’siri
e’tiborsiz qoldirilgan. Naflilik funksiyasi quyidagicha berilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |