2.1.2. Vaqt muammosi va Marshal xochi
Iqtisodiy tahlilda asosiy muammolardan biri bu ta’sir etayotgan omillarning
natijaga ta’sir qilishiga ko‘p vaqt ketishidir. Qisqa vaqt mobaynida ta’sirlarni to‘g‘ri
tushuntiruvchi har qanday tahlil yoki xulosa uzoq muddat uchun noto‘g‘ri bo‘lishi
mumkin. Marshallning ceteris paribus usulidan foydalanishi uning vaqt bilan ishlash
usuliga mos keladi. Bozorda ba’zida bir zumlik vaqt yoki juda qisqa muddatda ko‘p
omillar o‘zgarmas tarzda ushlab turiladi. Keyinchalik esa bir zumlik vaqtdan qisqa
muddatga, uzoq muddatga va juda uzoq muddatga o‘tish jarayonida o‘zgarmas
miqdorlar ham o‘zgartiriladi. Vaqt o‘tishi talabga bir oz ta’sir qiladi, ammo bu taklif
tahliliga ancha putur yetkazishi mumkin.
172
Vaqt oqibatida yuzaga kelgan muammolarni ko‘tarib, Marshall 4 ta vaqt
davrlarini belgilab berdi. Marshall uning farqlari butunlay sun’iy bo‘lganligini tan
oldi. “Haqiqiy hayotning iqtisodiy sharoitlarida tabiat ular orasiga hech qanday
chiziqlar chizmagan”. Marshallning vaqt tushunchasi soat vaqtlari bilan
o‘lchanadigan xronologik vaqt emas; u asosan tahliliy qarashdir. Vaqtlarga bo‘lish
firmaning yoki taklifning iqtisodiyoti nuqtai nazaridan ta’riflanadi. Bir zumlik davrda
taklif umuman o‘zgarmas yoki mukammal noegiluvchandir. Narx o‘zgarganda taklif
miqdori umuman o‘zgarmas, chunki, narxning o‘zgarishiga firmalar moslashishi
uchun vaqt juda qisqa. Qisqa davr bu firmalar mahsulot ishlab chiqarishni hamda
taklifni o‘zgartira oladigan ammo, zavodni ko‘paytira olmaydigan vaqt hisoblanadi.
Bu yerda taklif biroz egiluvchan. Chunki baland narxlar taklif miqdorini oshiradi va
taklif egri chizig‘i tepaga yuqoriga ko‘tariladi. Qisqa davr mobaynida, firmaning
umumiy harajatlari ikkita tarkibiy qismga bo‘linadi: ishlab chiqarish hajmi bilan
o‘zgaradigan harajatlar, ya’ni Marshall ularni maxsus, to‘g‘ridan -to‘g‘ri yoki asosiy
harajatlar deb atagan va zamonaviy nazariya fanida ularni o‘zgaruvchi harajatlar deb
ataymiz. Ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi bilan o‘zgarmaydigan harajatlarni Marshall
qo‘shimcha harajatlar deb atagan va zamonaviy nazariyada esa uni doimiy harajatlar
deb ataymiz. Qisqa davrdagi, o‘zgaruvchan harajatlar va doimiy harajatlar o‘rtasidagi
farq shubhasiz Marshallning biznes jarayonlarini kuzatishidan kelib chiqqan. Bu
metodologiya firma harakatlarini tahlil qilishda muhim tahliliy vosita hisoblangan.
Uzoq davrda, zavod hajmi o‘zgara oladi va hamma harajatlar o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Taklif egri chizig‘i uzoq davrda qisqa davrga qaraganda ko‘proq egiluvchan bo‘ladi
va firmalar zavodlarni ko‘paytirish orqali narxlar o‘zgarishiga to‘liq moslasha
oladilar. Sanoatda uzoq muddatli taklif egri chizig‘i 3 ta umumiy shaklga ega ya’ni u
tepaga va o‘ng tomonga siljishi mumkin (harajatlar oshishi mumkin); u butunlay
egiluvchan bo‘lishi mumkin (harajatlar doimiy bo‘lishi mumkin) yoki, noodatiy
hollarda, u pastga va o‘ngga siljishi mumkin (harajatlar tushishi mumkin). Azaliy
yoki juda uzoq davrda, texnologiya va aholi soni o‘zgarishi mumkin, shuning uchun
Marshall narxlarning harakatini avloddan avlodga o‘tish davrida tahlil qilayatgan
paytda bunday davrni ishlatadi.
Qisqasi, Marshallning vaqt davrlari kunlarda o‘lchanmaydi, balki firma va
sanoat keltirib chiqaradigan taklifning moslashuviga qarab o‘zgaradi. Masalan, po‘lat
sanoati kabi yangi zavod qurish sekin bo‘lgan kapital-sig‘imi yuqori sanoat
tarmog‘idagi qisqa davrda yangi zavod yaratish nisbatan tez bo‘lgan sanoat
tarmog‘idagi uzoq davr bilan teng bo‘lishi mumkin. Marshall mikroiqtisodiy
nazariyaning deyarli har bir qismiga hissasini qo‘shgan bo‘lsa ham, uning nazariyaga
qo‘shgan eng buyuk hissasi vaqtning taklifga ta’sirini tahlil qilishidir. U narx
tahlillarida vaqtning ta’sirini aniqlashda bir qancha asosiy qiyinchiliklarni topdi va u
keyinchalik hayotida bu sohada ishlash uchun ko‘p mashaqqat kerak ekanligini
isbotladi. 1908-yilda J.B.Klarkga yozilgan maktubda, u haligacha yana beshta
mavzular bo‘yicha ko‘p ishlar turgani haqida yozib, “Vaqtning ta’sirini puxta ishlab
chiqish” ni ro‘yxatining boshiga qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |