Amerika post-keynschilari
Postkeynschilik nazariyasining Amerika tarmog‘i Britaniya tarmog‘iga
qaraganda kengroq yoyilgan, ammo uning elementlari “oldindgi” iqtisodiyotning
olg‘a
surilgan
mavzularidagi
o‘zgaruvchilar
sanaladi.
Alfred
eixner
megakorporatsiyalar deb nomlagan firmalarning makroiqtisodiy tahlilini kengaytirdi
va bu tahlil taqsimlanmagan foydadan ichki investitsiyalarning kelib chiqishini
ko‘rsatdi. Shuning uchun, investitsiya va jami ishlab chiqarilgan mahsulotni anglab
yetishda zamonaviy korporatsiyalarni tushunish talab etiladi.
86
Michal Kalecki, “An Essay on the Theory of the Business Cycle” [1933], translated in his Studies in the Theory of Business
Cycles: 1933-1939 (London: Basil Blackwell, 1966).
203
Pol Davidson (1930- ) o‘zining Money and the Real
World (Pul va real dunyo) nomli kitobida iqtisodiyotda
pul
tushunchasi
ahamiyatini
tushunib
yetish
makroiqtisodiyotning qay darajada ishlayotganini va
neoklassik iqtisodiyot uning ahamiyatini ochib bera
olmasligini tushunib yetishda markaziy o‘rinni egallashi
keltirib o‘tilgan. Pulning postkeynschilik rolini
shakllantirishda u o‘zgarmas vaqt va haqiqiy noaniqlik
mavjudligini ta’kidlab o‘tib, bular ehtimoliy taqsimotni
kamaytira olmasligini hamda shundan kelib chiqib, risk
va aniqlik ekvivalentlarini ham o‘zgartira olmasligini
ko‘rsatib o‘tdi. Iqtisodiyotning mana shunday ikki
o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq xususiyatlari “(1) pul, (2)
pulli kelishuvlar va qonuniy majburlov tizimi, (3) og‘ir pullik ish haqi darajasi va (4)
spot va forvard bozorlari singari o‘yin nazariyasi
qonuniyatlari va aniq institutlarini shaklantirishda
kishilarga yo‘lboshchi” bo‘lib keladi.
87
Shu sababli
institutlar makroiqtisodiyot tomonidan boshqariluvchi
usullarni o‘zgartiradilar. Davidsonning qarashlari
Hyman Minsky (1919-1997)ning qarashlariga mos
keladi. Hyman Minsky moliyaviy tizimni buzilish xavfi
mavjud bo‘lgan “kartochkalar uyi”ga o‘xshatgan
mashhur postkeynschi sanaladi.
Postkeynschilik
iqtisodiy
o‘sish
nazariyasi
metodologik masalalarga urg‘u beradi va shundan kelib
chiqib, nuqtayi nazar sababi sanaladi. U bozor
iqtisodchilari yaqin paytlargacha static masalalar
iqtisodiy o‘sishning bir ko‘rinishi deb kelgan bir paytda,
iqtisodiy o‘sishni iqtisodiy jarayonlarning muhim
ko‘rinishi sifatida ta’kidlab o‘tdi. Masalan, Roy Xarrod va Evsey Domarning 1950-
yilarda olib borgan iqtisodiy o‘sish nazariyalari bozor iqtisodiyotining fundamental
qismi sanalar edi, lekin hozirgi kunda bu izlanishlar makroiqtisodiy darsliklarida
kamdan kam hollarda uchramoqda. Buning o‘rniga yangi iqtisodiyotga oid kitoblar
barqaror, endogen iqtisodiy o‘sishni ko‘rsatmoqda. Bu qisman iqtisodiy
beqarorlikning postkeynschilik qarashlariga mos tushadi, chunki Xarrod-Domar
modeli iqtisodiyotda muvozanat holati “o‘tkir pichoq” chegarasidagi rivojlanishni
ko‘rsatishni aniqlab beradi.
Umuman olib qaralganda postkeynschilik tatqiqotlarida model shakllanmagan
sharoitlarda konseptualizatsiyaning o‘zgarmasligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.
Bunda asosiy tamoyil iqtisodiyotning barqaror bo‘lamsligiga qaratiladi; neoklassik
nazariya ta’kidlab o‘tganidek bozorning ko‘rinmas qo‘llari yaxshi ishlamaydi. Bu esa
postkeynschilar ortodoks nazariyachilariga qaraganda kapitalizmning muammolarini
to‘g‘irlashda hukumat qarorlarining ahamiyatini kuchliroq bila olganligini anglatadi.
87
Paul Davidson, Money and the Real World (Cambridge: Cambridge University Press, 1976), p. 360.
Pol Davidson (1930- )
204
Postkeynschilar o‘zlarining soliqlarga asoslangan daromad siyosatini (TIP) qo‘llash
orqali ancha mashhur bo‘lib ketdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |