Britaniya post-kyeynschiligi
Yashirin postkeynschilik tahlilini gavdalantirib bergan
umumiy mulohazalar umuman olganda muammoli deb isbot
etilmadi, ammo ba’zi bir o‘ziga xos jihatlari undan kelib chiqishi
mumkin edi. Britaniya postkeynschiligi (ba’zida neorikardochilar
deb ham yuritiladi) eng to‘g‘ri yo‘nalish Rikardoning ishlab
chiqarish nazariyasi va uni Kaleskining iqtisodiy davrlarga oid
sinfiylik nazariyasi bilan to‘ldirish kabilarni qo‘llash sanalar edi.
Piyero Srafaning Production of Commodities by Means of
Commodities: Prelude to a Critique of Economic Theory (1960)
85
History of Economic Thought. Harry Landreth, David C. Colander. Fourth edition Houghton Mifflin Company Boston Toronto. 440-444 b.
202
(Tovarlar vositasida aynan tovarlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish: Iqtisodiyot
nazariyasi tanqidiga kirish) nomli izlanishidan so‘ng, ular foydaning maosh va foyda
o‘rtasida taqsimlanishi aniq emasligini hamda jami ishlab chiqarilgan mahsulotga
bog‘liq bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tdilar. Shundan kelib chiqib, daromadlarning
taqsimlanishi marjinal samaradorlik bilan emas, balki tabiatdagi makroiqtisodiy
kuchlar yordamida aniqlanishi sezish qiyin emas edi. Bu iqtisodiy qarashda ular
Maykl Kaleskining 1933-yilda “ishchilar o‘zlari topganini sarflasalar, kapitalistlar
sarflaganin topadilar” deb o‘z mulohazalariga xulosa yasagan modeli asosida ish
ko‘radilar.
86
Kaleski o‘z modelida uchta markaziy farazlarni keltirib o‘tdi. Birinchidan u
firmalar narxlashtirishning kost-plus (xarajatlar plus doimiy daromadlar) metodini
qo‘llashlarini faraz qildi. Kapitalistlar foyda va ish haqi darajalarini aniqlaydilar,
ammo umumiy foyda yoki maoshning umumiy hajmini aniqlamaydilar, chunki ular
ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy darajasi orqali aniqlanadi. Ikkinchidan hech
qanday jamg‘arma xarajatga yo‘naltirilmaydi, shuning uchun ishlab chiqarilgan
mahsulot umumiy darajasi keynsning multiplikatsion modeli asosida umumiy talab
darajasi orqali aniqlanadi. Uchinchidan, ishchilar o‘z daromadlarining 100% ini sarf
etadilar, shuning uchun iste’molga cheklangan moyillik ham 100% chiqadi.
Kapitalistlarning investitsiyaviy xarajatlari vaqtinchalik xarakterda bo‘lib,
foyda darajasiga (jamg‘armalarni ifoda etuvchi) bog‘liq bo‘lmaydi. Agarda ular
barcha topgan daromadlarini sarflab yuborsa, talab barcha ishlab chiqarilgan
mahsulotni sotib olishga yetarli bo‘ladi va jami ishlab chiqarilgan mahsulot va
daromad yuqoriligicha qoladi. Agar kapitalistlar pessimistic xarakterda bo‘lib, o‘z
daromadlarini sarf etmasdan, balki jamg‘arsalar, yalpi talab va umumiy ishlab
chiqarilgan mahsulot darajasi past bo‘lib, daromadlar ham kamayib boradi (foyda
normasi bir xil darajada saqlanib qolsada) va ishsizlik vujudga keladi. Shundan kelib
chiqib aytishimiz mumkinki, daromadlarning foyda va maosh darajalari o‘rtasida
taqsimlanishi marjinal samaradorlik bilan emas, balki makroiqtisodiy kuchlar
ta’sirida aniqlanadi. Ushbu oddiy modeldagi ko‘plab farazlar faoliyatning
makroiqtisodiy darajasi daromadlar taqsimlanishi orqali aniqlanishini ifodalovchi
umumiy iqtisodiy qarashning qonuniy kuchini yo‘qotmagan holda, kelib chiquvchi
natijalarni ikki ma’noli bo‘lib qolishini ko‘rsatib, o‘zgarib borishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |