Franco Modigliani (1918.18.6, Rim – 2003.25.9, Cambridge, Massachusetts) — amerikalik iqtisodchi. Huquq doktori (1939), iqtisodiyot adʼyunkt-professor. (1949), Illinoys universiteti iqtisodiyot professor (1950–52), Karnegi texnologiya institutida iqtisodiyot va sanoatni boshkarish professor. (1952–60), Kembrij universiteti professor (1970). Modigliani keynechilik siyosiy iqtisodini neoklassik iqtisodiy nazariya va monetar tahlil bilan uygʻunlashtirishga erishdi. Modigliani makroiqtisodiy nazariyada ratsional kutish konsepsiyasini rivojlantirishga, pul va foiz nazariyasiga, "hayotiy sikl" modeli va investitsiya qarorlari modellarini yaratishga katta hissa qoʻshdi. Nobel mukofoti laureati
Yangi Keynschilik nazariyasi va muvofiqlashtirishda muammolar
Boshqa zamonaviy iqtisodchilar simulyatsiya (qayta tekshirib ko‘rish),
komplekslik va sub’ektiv modellardan makroiqtisodiy asosni rivojlantirishga xarakat
qildilar. Bunday modellarda institutsional xususiyatlar inson tabiatidan deb bilingan
va simulyatsiya, ya’ni qayta qayta tekshirib ko‘rish orqali qanday strategiyalar qolishi
aniqlangan. Bu ishlar Keyns nazariyasining yangi asoslari rivojlantirilishi tarafdori
bo‘lgan “yangi keynschilar” maktabining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Ularning
fikricha mikroiqtisodiyotga mikroiqtisodiy asoslarda bo‘lgani kabi makroasoslar ham
bo‘lishi kerak. Bu zamonaviy iqtisodchilar neokeynschilik modelining yangi klassik
tanqidini qabul qilishni xoxlaganlar, lekin ularning fikricha Keyns nazariyasi va
ratsional kutish nazariyalari o‘rtasida xech qanday qarama-qarshilik yo‘q. Bu ularni
yangi klassiklarga optimal javob makroiqtisod uchun institutsional nuqtai nazardan
xayotiy mikroiqtisodiy asos topish emas, balki Keyns makroiqtisodiy nazariyasini
anglab yetishning kaliti mikroiqtisod uchun makroasos topish kerakligini anglash deb
ta’kidlashga undadi. Biz makroiqtisodiy sharoitdan holi ravishda berilgan insonning
qaror qabul qilishini tahlil qila olmaymiz. Yalpi ishlab chiqarish funksiyasi korxona
ishlab chiqarish funksiyasidan chiqarilishi mumkin emas va muvofiqlashtirishdagi
muammolar sabab ishlab chiqarish xajmi tez o‘zgarib ketishi mumkin. Ular alohida
olingan shaxsning qarori boshqalarning kelajakda kutilayotgan qaroriga qarab
o‘zgaradi, va shuning uchun iqtisodiyot kelajakni kutish boshqotirmasiga duch
keladi.
Shunday qilib, ratsional odamlar jamiyati har bir inson ratsonal-to‘g‘ri qaror
qabul qiluvchi, lekin shaxsiy qabul qilgan ratsional qarorlarning natijasi oxir oqibatda
jamiyat uchun irratsional bo‘lib chiqadigan kelajakni kutish boshqotirmasiga duch
keladilar. Yangi keynschilar fikriga ko‘ra insonlarni ratsional taxmin qila oladilar deb
qabul qilish yangi klassiklarning barcha bozorlar ijtimoiy zarur xajm sharoitida
bщlganda fiskal va monetar siyosat foydasiz degan xulosasiga olib keladi. Lekin ular
bu noto‘g‘ri faraz, ya’ni tahlildan mantiqan kelib chiqadigan faraz emas deb
ta’kidlaydilar.
83
History of Economic Thought. Harry Landreth, David C. Colander. Fourth edition Houghton Mifflin Company Boston Toronto. P
426-436
199
Masalan, insonlar birgalikda talab kam bo‘ladi deb kutishlari mumkin va
shuning uchun kamroq miqdorda tovar ishlab chiqarishlari mumkin: taklif kam,
chunki kutilayotgan talab kam. Agar bir odam kelajakdagi talab miqdorining
kamayishini kutganda, shu kutilayotgan tushishning ta’siriga mos ravishda taklif
miqdorining tushishini kutilishini (taxminlarni) muvofiqlashtiruvchi tizim bo‘lmasa,
taklif xaddan tashqari tushib ketadi. Yangi Keynschilar ratsional kutish nazariyasini
emas, balki iqtisodiyot avtomatik tarzda ijtimoiy optimal darajada muvozanatlashadi
degan farazni qabul qila olmaganlar.
“Abstrakt o‘yin-nazariy modeldan boshlab, umumiy muvozanatlik mavjudligini
ko‘rsatadigan yangi Keynschilik ishlarining asosiy qismi abstrakt va nazariydir”
84
. Bu
abstrakt modellarni tushuntiruvchi oraliq kitoblar mavjud emas, lekin ular buni
qilishlari kerak edi.
Keyns nazariyasiga qiziqishning oshishi Keyns iqtisodiy siyosati deb nomlangan
siyosati oldingi mavqeini tiklab oldi degani emas. 1970 yillarda nazariy jihatdan
samarali hisoblangan bo‘lsa ham, siyosiy jihatdan monetar siyosat samaralimi yoki
fiskal siyosat degan munozara kuchayib bormoqda edi. Ko‘pchilik Keynschilar
monetar va fiskal siyosatdan amalda siyosiy jihatdan foydalanish qiyin edi va to‘g‘ri
iqtisodiy tamoyillar emas, balki iqtisodiy siyosat budjet taqchilligi va pul taklifning
o‘sishiga sababchi bo‘lmoqda.
Yangi keynschilar va yangi
klassiklar o‘rtasidagi munozara tez
orada chigallashib ketdi. Bularni
iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanida
ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq
emas.
Eng
zamonaviy
makroiqtisodiy tadqiqotlar va eng
tugallangan makroiqtisodiy o‘qish
zamonaviy munozarani anglab
yetish uchun kerakli bo‘ladigan
uslubiy asosni o‘z ichiga olishini
bilish muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |