Marshall xochi.
173
Iqtisodchilar o‘rtasida XIX asrning oxirgi choragi davomida narx yoki baxoga
talab va taklifning ahamiyati ustida baxs ko‘tarildi. Klassik iqtisodchilardan
J.S.Milning tamoyili taklifga urg‘u berardi, biroq, Jevons, Menger va Valraslar
talabni asosiy o‘ringa qo‘ydi. Jevons va boshqalar baho butunlay talabga bog‘liq
degan fikrni uzoq ma’qullashdi. Mavzudagi bu baxs munozaraning ta’sirini
Marshallning qiyosiy narxlar nazariyasi orqali ifodalash qiyin ish edi. Baho va
taqsimlashga oid o‘zining qarashlarini 1870-yilgacha ishlab chiqgan edi, ammo “agar
u o‘zining o‘ziga xosligiga talab qilsa bu ahmoqonalikdir”. Marshall o‘zining klassik
va me’yoriy naflilik maktablarining vaziyatlarini murosaga kelitirshga harakat qilgan
talab va taklif tahlillariga bo‘lgan tanqidlardan xafa bo‘ldi. Uning fikricha u faqatgina
tinchlikni emas balki haqiqatni ham izlagan. Bundan tashqari uning talab va taklif
tahlillari Jevons, Menger va Valras bu mavzuda yozishni boshlashidan oldin
shakllantirilgan edi.
Marshall mahsulotning narxini me’yoriy naflilik belgilab beradimi yoki ishlab
chiqarish harajatlari degan savol ustidagi baxs-munozaralarni vaqtning ta’siri va
iqtisodiy omillarning o‘zaro bog‘liqligi haqida aniq tushunchaga ega bo‘lish orqali
hal qilanadi degan fikrda edi. Pirovard tovarlarning talab egri chizig‘i pastga va
o‘ngga siljib boradi, yani odamlar ko‘p miqdordagi tovarlarni arzon narxlarda sotib
oladi. Taklif egri chizig‘ining shakli tahlillar ostidagi vaqt davriga bog‘liq bo‘ladi.
Qancha vaqt qisqa bo‘lsa, narx aniqlashdagi talabning ahamiyati shunchalik muhim
boladi, qancha vaqt uzunroq bo‘lsa, taklifning ahamiyati ko‘proq muhim bo‘lib
boradi. Uzoq muddatda o‘zgarmas harajatlar sharoitida taklif butunlay egiluvchan
bo‘ladi, shuning uchun narx faqatgina ishlab chiqarish harajatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Shunday bo‘lsada narxni talab aniqlaydimi yoki taklif degan mavzuda bahslashish
foydasizdir. Marshall omil oddiy narsa emasligini va har qanday o‘zgarishga
faqatgina bitta omil ta’sir etadi deyish noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatish uchun quyidagi
o‘xshashlikni keltirdi:
“Biz tovarning qiymatini naflilik shakllantiradimi yoki ishlab chiqarish
harajatlarimi degan muammoni bir bo‘lak qog‘ozni qaychining tepadigi tig‘i
kesadimi yoki pastdagisi degan muammoga o‘xshatishimiz mumkin. Qaychining bir
tig‘i ushlab turilgan holda kesish boshqa tig‘i tomonidan ta’sir qilishi aniq, biz
ehtiyotsizlik bilan kesish ikkinchi tig‘i tomonidan bajarilyapti deyishimiz mumkin,
ammo bu holat qat’iy to‘g‘ri emas va bu shunday bo‘lgandagina to‘g‘ri hisoblanadi
lekin ilmiy jihatdan faqatgina bir tig‘i qog‘ozni kesyapti deyish noto‘g‘ri”.
Marshall o‘zining me’yoriy tahlili ko‘p iqtisodchilar tomonidan noto‘g‘ri
qo‘llanishini ta’kidlagan. U boshqa iqtisodchilar go‘yo meyoriy qiymat (narx, foyda
yoki unumdorlik) butun qiymatning hammasini
belgilab beradi deb hisoblaydilar deb yozadi.
Masalan,
pirovard
tovarning
narxini
tahlil
qilayotganda, me’yoriy naflilik yoki me’yoriy harajat
bahoni belgilaydi deyish to‘g‘ri emas. Meyoriy
tahlilchilar “biz butun bahoni keltirib chiqaruvchi
kuchlarning harakatini o‘rganish uchun me’yoriy
tahlildan foydalanishimiz kerak” deb taklif bildiradi.
Me’yoriy naflilik yoki me’yoriy harajatlar narxni
174
belgilamaydi, ularning qiymati narx bilan birga me’yoriy miqdorlarga ta’sir etuvchi
omillar tomonidan aniqlanadi. Bu yerda, Marshall yana o‘zining nazarini to‘g‘ri
o‘xshashlik bilan ko‘rsatib berdi. Jevons narx aniqlaydigan elementlarni ya’ni foyda,
narx va bahoni alohida o‘rganishga harakat qildi. Lekin u yagona omil topaman deb
adashdi. U jarayonni zanjirli jarayon deb bildi, ya’ni ishlab chiqarish harajatlari
mahsulot taklifini keltirib chiqaradi, taklif me’yori naflilikni aniqlaydi va me’yoriy
naflilik narxni belgilaydi deb o‘ylagan. Marshall bu elementlar o‘zaro bir-biriga ta’sir
qilishini e’tibordan chetda qoldirdi deb o‘ylab adashganligini ta’kidlaydi. Agar biz
kosaga uchta koptokni joylashtirsak, biri me’yoriy naflilik, ikkinchisi ishlab chiqarish
harajatlari va yana biri narx bo‘lsa, har qaysi koptokning vaziyati boshqalarining
vaziyatini keltirib chiqaradi deyish noto‘g‘ri. Ammo, koptoklar o‘zaro biri
boshqasining vaziyatini aniqlashi to‘g‘ri. Shuning uchun, talab, taklif va narx bir
biriga me’yoriy miqdorlarda o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi va bir-biriga nisbatan o‘zlarining
tegishli bahosini aniqlaydi.
Marshall o‘zining narx nazariyasini Rikardoning qiymat nazariyasi hamda
me’yoriy naflilik yoki ishlab chiqarish harajatlari mahsulot narxini aniqlaydimi kabi
munozaralarni solishtirishga I ilova hamda V kitobning oxirgi paragrafida harakat
qildi. Marshall o‘zining narx nazariyasini tubdan Rikardonikiga o‘xshaydi deb
ta’kidlaydi. Marjinalistlar norozi
bo‘lishiga qaramasdan, u Rikardo
talabning
ahamiyatini
anglab
yetgan ammo unga kam etibor
bergan chunki uning ta’sirini
tushunish oson deydi, u o‘zini
narxni aniqlashda taklif tarafini
tahlil qilishga bag‘ishlagan deb
aytadi.
Marshall
Rikardoning
qiymatning ishlab chiqarish harajatlari nazariyasida ishchi kuchi va kapital
harajatlariga bo‘linganligini topdi. Iqtisodiy nazariyaning ko‘p tarixchilari buni
Rikardo hususidagi sahovatli talqin deb hisoblaydilar. Marshallning fikricha, qiymat
nazariyasida Rikardoning asosiy kamchiligi vaqtning ta’sirini ochib bera
olmaganligidadir, o‘zining fikrlarini aniq ifoda qila olamsligi esa bu muammoni
yanada kuchaytirgan. Marshall Jevons va boshqa marjinalistlarning Rikardoning
qiymat nazariyasini to‘liq tor mor ettik, faqatgina talabga e’tibor berish orqali to‘g‘ri
nazariyani ishlab chiqdik degan ta’kidlarni rad etgan. U o‘zining qo‘shgan hissasini
Rikardo fikrlarining davomi va kengaytirilgan varianti sifatida ko‘rdi, Marshall
o‘zining ishlanmalarida Rikardoning qiymat nazariyasining asosiy tamoyillarini
o‘zgarishsiz qoldirganligini his qildi. Biz Marshallning qiymat nazariyasini
baholashga uning boshqa fikrlarini ko‘rib chiqqandan keyin qaytamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |