saqlash vazirligi, O`zbekiston Oliy Majlisi, O`zbekiston Milliy universiteti, «Bahor»
kontsert zali, «O`zbekiston» mehmonxonasi, «Sharq gullari» firmasi. xalqaro tashkilot va
oliy davlat tashkilotlari va mansablarining nomlari tarkibidagi har bir so`z bosh harf bilan
yoziladi: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, vazirlar Mahkamasi, Xalqaro Olimpiya
Qo`mitasi; vazirliklar. idoralar, tashkilotlar va korxonalar nomi tarkibidagi birinchi so`z
bosh harf bilan yoziladi: Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Quvasoy sement zavodi; turli
korxonalar, mahsulotlar, inshootlarga berilgan shartli nomlar qo`shtirnoq ichida bosh harf
bilan yoki birinchi qismi bosh harf bilan beriladi: «Istiqlol» saroyi», «Umid gulshani»
oromgohi.
Atoqli otlar tarixiy sana va bayram nomlarini ham bildiradi. Tarixiy sana va
bayramlarning birinchi nomlari tarkibidagi birinchi so`z bosh harf bilan yoziladi: 8-mart –
Xalqaro xotin qizlar kuni, 9-may – Xotira va qadrlash kuni.
Turdosh otlar bir turdagi shaxs, narsa, o`rin-joy, faoliyat-jarayon nomlarini
bildiruvchi otlardir. Turdosh otlar quyidagi ma’noviy guruhlarga bo`linadi: (7-ilova)
Shaxs otlari – kim? so`rog`iga javob bo`lib, shaxslarni yoshiga, yashash joyiga,
mansabiga, ijtimoiy holatiga, nasl-nasabiga qarindoshlik darajasiga ko`ra nomlab keladi.
Masalan: yigit, qiz, ayol, erkak – jins jihatdan; amma, xola, tog`a, amaki - qarindoshlik
darajasiga ko`ra; leytenant, dotsent, polkovnik – unvoni jihatdan; tikuvchi, oshpaz, sartarosh
– kasb-koriga ko`ra; chol, kampir, bola – yoshiga ko`ra; mahalladosh, qishloqdosh –
yashash joyiga nisbatan nomlangan.
Shaxs otlari yasama otlar ham bo`lishi mumkin. Ular shaxs oti yasovchi
qo`shimchalar yordamida yasaladi: sinfdosh, suvchi, dorboz, soatsoz, kitobxon kabi.
-lik qo`shimchasi o`rin-joy bildiruvchi turdosh va atoqli otlarga qo`shilib, shaxsning shu
hududga mansubligini bildiradi, Atoqli otlarga qo`shilgan –lik qo`shimchasi atoqli otni
turdosh otga aylantiradi va kichik harf bilan yoziladi: andijonlik, qishloqlik, amerikalik.
Shaxs nomlari- Hoshimov, O'lmas, Sarvar
Narsa nomlari- "Paxtakor"jamoasi, "Yoshlik" jurnali, "Ufq" romani
O'rin-joy nomlari- Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, Beshbola qishlog'i
Atoqli otlarning turlari
MORFOLOGIYA SAMDAQI AKADEMIK LITSEYI
11
Narsa otlari – nima? so`rog`iga javob bo`lib, jonli va jonsiz narsalarning
nomlarini bildiradigan otlardir. Narsa otlari quyidagi ma’noviy guruhlarga ajraladi:
Hayvon va hasharotlar nomlari – kuchuk, mushuk, sichqon, chumoli, chigirtka
O`simlik nomlari – gul, rayxon, yalpiz, gultojixo`roz
Oziq-ovqat nomlari – piyoz, kartoshka, qovun, non
Kiyim-kechak – shim, yubka, palto, to`n
Idish-tovoq nomlari – qoshiq, kosa, qozon, cho`mich
Ish qurollari nomlari – ketmon, bolta, arra, tesha
Osmon jismlari nomi – yulduz, oy, bulut, quyosh…
Narsa otlarning tub va yasama shakli mavjud: -gich, -,qich, -gi, -qi, - k, –oq, -indi,
-ma, -don, -moq, -m qo`shimchalari asosga qo`shilib yasama narsa otlari yasaydi: o`roq,
taroq, tugma, qirg`ich, guldon, achitqi, tishkovlagich, elak, supurgi.
Faoliyat-jarayon otlari - nima? so`rog`iga javob bo`lib, shaxs va narsalarning
faoliyat jarayonini ifodalovchi otlardir: chorvachilik, tanlov, chopiq, loygarchilik, terim,
ro`shnolik. Faoliyat – jarayon otlari quyidagi qo`shimchalar bilan yasaladi:
-lik sartaroshlik, mehribonlik, to`quvchilik
-chilik g`allachilik, paxtachilik, ipakchilik, pillachilik
-garchilik loygarchilik, mo`lchilik
-uv o`quv, yozuv, chizuv
-im terim, kirim-chiqim
-iq chopiq, qaytariq
O`rin-joy otlari - qayer? so`rog`iga javob bo`lib, o`rin-joy ma’nosini bildiruvchi
otlardir: shahar, tuman, guzar, mahalla, ko`cha, maydon, gulzor, oromgoh, g`arb, shimol.
O`rin-joy otlari o`rin-joy oti yasovchi qo`shimchalar bilan yasaladi:
-zor gulzor, mevazor, tokzor
-loq qumloq, toshloq
-iston qabriston, guliston
-goh sayrgoh, tomoshagoh
-xona qo`riqxona, yotoqxona, oshxona
-ma bostirma, tortma
Turdosh otlar bundan tashqari sezgi a’zolarimiz orqali his qilish –
qilmasligimizga ko’ra aniq va mavhum otlarga ham ajratib olamiz.
Sezgi a’zolarimiz yordamida (quloq-eshitish, ko’z-ko’rish, burun-hid bilish, teri-
sezish, og’iz-tam bilish) bilishimiz mumkin bo`lgan narsalarni bildirgan otlar aniq otlar
deyiladi: kitob, daftar, stol, stul, parta. Aniq otlar birlik va ko`plik shaklda qo`llaniladi.
Birlik va ko`plik ma’nolarini anglata oladi: kitob lar -birdan ortiqlik ma’nosini anglatadi.
Sezgi a’zolarimiz yordamida bilishimiz mumkin bo`lmagan, tafakkur va tasavvur
orqali idrok qilinadigan narsalarni bildirgan otlar mavhum otlar deyiladi: g`am, qayg`u,
Do'stlaringiz bilan baham: |