MORFOLOGIYA SAMDAQI AKADEMIK LITSEYI
1
Samarqand-2020
morFoLoGiYa haqida tushuncha;
ot so’z turkumi
1-dars
MORFOLOGIYA SAMDAQI AKADEMIK LITSEYI
2
Tuzuvchilar: Sh. G’aniyev –SamDAQI akademik litseyi ona tili va adabiyot
fani o’qituvchisi
G. Ro’zimurodova- SamDAQI akademik litseyi ona tili va adabiyot
fani o’qituvchisi
Mazkur metodik qo`llanma oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun umumiy
o`rta ta`lim va o`rta maxsus ta`lim ona tili dasturlari va darsliklari asosida
tayyorlangan. Qo`llanma “Ona tili” kursining morfologiya bo`limi haqida umumiy
ma’lumotlar, zamonaviy pedagogik texnalogiyalar asosida turli organayzerlar va
test topshiriqlaridan o`z ichiga olgan.
Bundan tashqari, amaliy daftari ham mavjud bo’lib, u alohida ishlash uchun
mavzular ketma-ketligi asosida turli mashq va topshiriqlardan iborat.
Taqrizchilar: f.f.d N. S. Rahmonov
N. Sh. Shomurodov
Mazkur metodik qo`llanma SamDAQI akademik litseyi pedagogik kengashining
2020-yil ___martda o’tgazilgan 7-sonli bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etildi.
MORFOLOGIYA SAMDAQI AKADEMIK LITSEYI
3
Yoshlarning ong-u tafakkurini ma’rifat asosida
shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
KIRISH
Assalomu alaykum, hurmatli o’quvchi!
Ushbu metodik qo’llanmani maktab, akademik litsey o’quvchilari va oliy o’quv
yurtiga kirish istagi bo’lgan abituriyentlar uchun mo’ljallangan.
“Morfologiya” bo’limi yuzasidan nazariy ma’lumotlar, turli organayzerlar va test
topshiriqlari o’rin olgan.
Bizga ma’lumki, 6-7-sinf ona tili darsligida tilshunoslikning morfologiya bo’limi
o’rgatiladi. O’quvchilar akademik litseyda o’qishini davom ettirar ekan. Morfologiya
bo’limini I bosqich II yarim yillikda maktabdagi bilimlarini mustahkamlaydi va ushbu
bo’lim yuzasidan yanada kengroq bilimga ega bo’lishiga yordam beradi.
Tilshunoslikning bu bo`limida so`zning grammatik ma’nosi va ularni
ifodalovchi grammatik shakllar o`rganiladi.
So`z
tilshunoslikning
ikkita
bo`limida
o`rganiladi:
leksikologiya
va
morfologiyada. So`zning borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni
bildirishi uning atash ma’nosi yoki lug`aviy ma’nosi deyiladi. So`zning bunday ma’nosi
leksikologiyada o`rganiladi.
So`z turkumlari ma’no va vazifasiga ko`ra quyidagi guruhlarga bo`linadi:
1. Mustaqil so`zlar (ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe’l)
2. Yordamchi so`zlar (ko’makchi, bog’lovchi, yuklama)
3. Oraliqdagi so’zlar ( undov, taqlid, modal so`zlar)
Ma’lum bir so`roqqa javob bo`lib, biror gap bo`lagi vazifasida keladigan, atash
ma’nosiga ega bo’lgan so`zlar mustaqil so`zlar deyiladi.
Ma’lum bir so`roqqa javob bo`lmaydigan, biror gap bo`lagi vazifasida
kelmaydigan, atash ma’nosiga ega bo’lmagan so`zlar so`zlar yordamchi so`zlar deyiladi.
Egalik va kelishik qo’shimchalarini olib biror so’roqqa javob bo’ladi, Egalik va
kelishik qo’shimchalarini olganda so’roqqa javob bo’lib gap bo`lagi vazifasida keladigan,
atash ma’nosiga ega bo’lmagan so`zlar oraliqdagi so’zlar (ba’zan alohida olingan so’zlar
deb ham yuritiladi mustaqil so’zlarni ayrim, yordamchi so’zlarning ayrim xarakterlarini
o’zida ifodalagani) deyiladi.
Mustaqil so`zlardan kelishik va egalik qo`shimchalari bilan o`zgarish xususiyatiga
ega bo`lgan so`zlar ismlar deyiladi. ot – narsaning nomi, sifat – belgining nomi, son –
miqdor nomi, olmosh – ismlar o`rnida almashib keluvchi, ularga ishora qiluvchi so`zlar.
Bundan tashqari, fe’lning xoslangan shakllaridan: harakat nomi va sifatdosh, undov, taqlid,
modal so’zlar ham ismlar guruhiga kiradi
MORFOLOGIYA SAMDAQI AKADEMIK LITSEYI
4
MORFOLOGIYA
Tilshunoslikning bu bo`limida so`zning grammatik ma’nosi va ularni
ifodalovchi grammatik shakllar o`rganiladi.
So`z
tilshunoslikning
ikkita
bo`limida
o`rganiladi:
leksikologiya
va
morfologiyada. So`zning borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni
bildirishi uning atash ma’nosi yoki lug`aviy ma’nosi deyiladi. So`zning bunday ma’nosi
leksikologiyada o`rganiladi.
So`zlar atash ma’nosi bilan birgalikda ma’lum grammatik ma’no va bu
ma’nolarni ifodalovchi shakllarga ham ega bo`ladi. So`zning grammatik ma’nosi so`zning
atash ma’nosiga qo`shimcha ma’no bo`lib, bir turkum so`zlar uchun umumiy ma’nodir.
Kitob atash ma’nosi – o`quv quroli
grammatik ma’nosi – predmet, ot so`z turkumi, birlikda, bosh kelishikda…
Har qanday grammtik ma’no ma’lum grammatik shakl orqali ifodalanadi.
Grammatik ma’nolarni ifodalovchi shakllar grammatik shakllar deyiladi. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |