Egalik kategoriyasi. Bu kategoriyaning ko'rsatkichlari quyidagilar: -(i)m, -(i)miz, -(i)ng, -(ing)iz, -(i)si. Egalik affiksi tarkibida beriluvchi -lar shaxs haqida emas, balki egalik qilinayot-gan narsa/predmet haqida ma'lumot tashigani uchun, shu narsaning ko'pligiga ishora qilganligi tufayli uni bu kategoriya bilan bog'lab bo'lmaydi. Masalan, ...Antey kuchni erdan oladi, Said Ahmad ...ularning maqtovlaridan. Maqtovlari so'zshaklidagi -lar maqto-vning ko'pligini ko'rsatmoqda.
Bu kategoriya shaxs va son ma'nosi bilan uzviy bog'lan-gan. Shu boisdan egalik kategoriyasi (qisq. EK) ning barcha ko'rsatkichlarida bir vaqtning o'zida shaxs ma'nosi ham, son ma'nosi ham ifodalanadi. Holbuki bu ma'nolar ushbu kategoriya-dan tashqarida ham mavjud (masalan, kishilik olmoshlarida, kesimlik kategoriyasida, shuningdek, otning son kategoriyasida va h.). Aslida shaxs-son ma'nosini ifodalash uchun kishilik olmoshlari xoslangan. Ulardan boshqa lisoniy birliklardagi shaxs-son ma'nosi olmoshlar zotiy mohiyatining tajallilaridir. Demak, EKning zotiy mohiyatini shaxs-son ma'nosining qo'llanilishi bilan bog'liq o'ziga xos holatlardan tashqaridan qidirmoq lozim bo'ladi.
EK asosidagi sintaktik qurilmalar rang-barang ma'nolarni anglatadi. Bu rang-baranglik shaxs-son, aniqlik/noaniqlik kabi tajalH ma'nolar, tobe so'zning kelishik shakli, birikuvchi so'zlar-ning semantikasi kabi omillar bilan bog'liq bo'ladi. Masalan, g'amim so'zshakli kontekst bilan bog'liq ravishda ikki xil ma'no anglatadi: g'amimni edim -g'amimni eding.
Shu boisdan EK ning faqat sintaktik xususiyatlari uning
mohiyatiga daxldor. Zero, EK UGMsidagi kategorial ma'no sintak-
ik tabiatli bo'lib, undan anglashiladigan turli ma'nolar yondosh va
namroh ma'nolardir. Xususan, «shaxs-son» ma'nosi EK uchun
yondosh, shaxs-son kategoriyasi uchun kategorial ma'nodir.
EK ning sintaktik (kategorial) mohiyati «keyingi mustaqil
owning oldingi ifodalangan (a) yoki ifodalanmagan (b) mustaqil
0 zga sintaktik munosabatini ko'rsatishdir. Masalan, a) mening
lfn, mening borganim, kelishning azobi; b) sevinchim, ishing;
EK qaratqich kelishigi va bosh kelishik shakli bilan zich
ur>osabatda bo'ladi. Aniqrog'i, egalik affiksi bilan shakllangan so'zdan oldingi, unga tobe so'z qaratqich (a) yoki bosh kelishikda (b) bo'lishi mumkin: a) mening kitobim, kitobning varag'i; b) mart oyi, dam olish kuni, qish payti. Keyingi birikuvlardagi bosh kelishik shaklini belgisiz qaratqich kelishigi sifatida tan olish ham uchrab turadi.
Ko'nnadiki, egalik ma'nosi uch xil usul bilan ifodalanadi:
Morfologik usulda egalik ma'nosi egalik shakli bilan ifodalanadi, ammo qaratuvchi so'z keltirilmaydi: kitobim, o'qiga-ning, taq-tuqi.
Morfologik-sintaktik usul. Bunda egalik subuekti qaratqich kelishigida, egalik obuekti egalik shaklida bo'ladi: mening kitobim, sening o qiganing, bolg 'aning taq-tuqi, gulning qizili.
Sintaktik usul. Bunda egalik subuekti qaratqich kelishigida, egalik obuekti egalik shaklisiz bo'ladi: bizning uy, sizning ko 'cha. Modal ma'no EK uchun nokategorial, ya'ni hamroh ma'no bo'lib, u o'zining grammatik kategoriyasiga ega emas. I shaxs birlik, III shaxs qo'shimchalaridan boshqalari modal ma'no ifodalaydi. «Sizlash», «sensirash», «kamsitish», «kesatish», «hurmat» kabi qator ma'nolar modal ma'nolardir. Bu, ayniqsa, ko'plikda yaqqolroq ko'zga tashlanadi. Akamning kitoblari, dadamning mashinalari kabi.
Egalik qo'shimchalarining xususiy qo'llanishlarida «butun - qism» ma'nosining yuzaga chiqishini ham kuzatish mumkin: o 'quvchilaming bin, talabalarning a lochisi, odamlarning o 'qigani kabi.
EK ning UGMsi kategorial va yondosh ma'nolar asosida bir necha OGMlarga ajraladi:
«Qarashlilik/mansublik»: Ilhomning kitobi, bolaning otasi, qo 'yning boshi.
«Foil-harakat»: Adibaning kulishi, sening qarishing.
«Aniqlanmishni aniqlovchiga bog'lash»: qovun bozori, go 'sht do 'koni.
Bu OGMlarning har biri bog'lanayotgan so'zlarning xususiyatlariga bog'liq ravishda qator XGMlarda yuzaga chiqishi mumkin: bolaning otasi, gulning bargi, Mohigulning kitobi, qizlarning bittasi. Masalan, bola va ota orasida qarindoshlik munosabati bo'lganligi sababli ulaming ilbdalovchilari bo'lgan
la va ota so'zlari egalik shakli bilan bog'langanda XGM rindoshlik» tjO'ia(jj_ Ilhomning kitobi birikuvida uch xil XGM mzaga chiqadi: «Ilhom yozgan kitob», «Ilhomga qarashli kitob», «Ilhom haqidagi kitob».
EK ning ikkinchi OGMsi bog'liq qurshovda - aniqlanmish vazifasida harakat nomi, sifatdosh, ba'zan fe'llardan yasalgan otlar kelgan so'z birikmalarida voqelanadi. Bunday birikmalarda aniqlanmish harakat-holat ma'nosida, qaratqichli aniqlovchi esa foil/subuekt ma'nosiga ega bo'ladi: Sitoraning kelishi, Muniraning aytgani kabi.
Xulosa
EK ning uchinchi OGMsi so'z binkmalari tuzish, so'zlararo sintaktik aloqani o'rnatish uchun xizmat qiladi. Misollar: Astrobodning bir kuni biryilga teng. (Oyb.) Oygulningyo 'qligidan
bo'ldi.
EK shakllarining sintaktik vazifa bajarishi - otli birikmalar hosil qilish vazifasi asosida tadqiqotchilar turkiy tillar so'z birik-malari tizimida ham, gap qurilishida ham alohida qurilish -possesiv (qarashlilik) qurilishi mavjudligim qayd etadilar va possesiv qurilish nominativ qurilishga qarama-qarshi qo'yiladi. Haqiqatan ham, istagan turdagi gap qaratuvchi binkma variantiga ega bo'lishi mumkin: qizlardan bitta - qizlarning bittasi, molga qul - molning quli, vatan uchun kurash - vatan kurashi, qizil gul -gulning qizili.
EK ning sintaktik funksiyasi ayrim so'zlar tarkibida butunlay so'nib ketadi: kechasi, o 'mi, qaysi kabi.
Kelishik kategoriyasi. Kelishik kategoriyasi (qisq. KK) morfologik kategoriyalar sirasida ustuvor sintaktik tabiati bilan ajralib turadi. U EK bilan birgalikda sintaktik shakllarning so'z birikmasiga xos guruhmi tashkil etib, gapga xos kesimlik katego-riyasidan farqlanadi. KKning UGMsi «sintaktik qunlmalarda oldingi so'zni keyingi so'zga bog'lash»dir. Bu bilan u EK ga qarama-qarshi tursa, ko'makchilar, fe'lning o'zgalovchi katego-nyasi, bog'lovchilar va ko'makchilarga yaqin turadi. Ammo ular-dan farqli jihatlarga ega. Ko'makchilardan morfologik ko'rsatkich vi0 shimcha) ekanligi bilan farqlanadi. Ko'makchilar grammatik ITla no ifodalash, so'zlarni bir-biriga bog'lash vazifasini bajarsa-da, ular leksik birliklar hisoblanadi. O'zgalovchi kategoriya shakllan- dan barcha mustaqil so'zlarni sintaktik aloqaga kiritish, so'zlarning lug'aviy ma'nosiga ta'sir etmasligi bilan ajraladi. Holbuki o'zgalovchi kategoriyasi faqat fe'lga xos va fe'llarning lug'aviy ma'nosiga ta'sir etishi bilan lug'aviy-sintaktik mohiyatga ega. Shuning uchun ular «fe'l kelishiklari» deb ham yuritiladi. Bog'lov-chilardan esa tobe aloqa uchun xizmat qilib, so'z birikmalariga xosligi hamda grammatik ko'rsatkich (qo'shimcha) ekanligi bilan farqlanadi.
KK olti shaklli sistema bo'lib, ularning har biri o'ziga xos ma'noviy va sintaktik xususiyatlar yaxlitligidan iborat. KK shakllan sistemasi quyidagi jadvalda aks etgan ( 2-jadval ).
Do'stlaringiz bilan baham: |