🤷 Qanday qilib telefonga bog'liqlikni kamaytirish mumkin?
📲
Hech kimga sir emaski, hozirgi kunda deyarli barcha inson o'z telefoning "quli"ga aylanib ulgurgan.
Statistik ma'lumotlarga qaraganda o'rtacha inson har kunining 5 soatini telefoni uchun bag'ishlaydi va
afsuski ushbu vaqt katta ehtimol bilan befoyda narsalar uchun sarflanadi.
Sizga savol: Bir soatda telefoningizni necha marotaba tekshirasiz? 5 martta? 10 martta? undan ham
ko'proq?
Bilasizmi? ushbu doimiy takrorlanuvchi odat sizni kuningizni qanchalik o'zgartirib yuborishi mumkin?
Keling sanab chiqamiz!
1) Sizni samaradorligingizni keskin kamayishiga olib keladi.
2) Qilishingiz kerak bo'lgan ishlarni kechiktirishingizga sabab bo'ladi.
3) va sizni noqulay his qilishingizga va vaqtingizdan unumli foydalanmaganingiz uchun afsuslanishingizga
majbur qiladi.
Xo'sh, Biror martta bo'lsa ham ushbu savolni o'zingizdan so'rab ko'rganmisiz?
Agar men telefonda ko'p vaqtimni sarflamasdan, uni boshqa foydaliroq ishga sarflasam, hayotimda
qanday o'zgarishlar sodir bo'ladi?
Telefondan o'zingizni uzoqlashtirib, qarshingizdagi maxsus bir vazifaga o'zingizni bag'ishlashingiz uchun
biz sizga foydali maslahatlarni berib o'tamiz!
1) Ertalab turishingiz bilanoq, telefoningizga tegishga shoshilmang! Uning o'rniga sizning
kayfiyatingizni ko'tarib sizga ilhom beradigan iqtiboslarni o'qishni odat qiling!
2) Sizni hadeb bezovta qiladigan habarlarni o'chirib qo'ying!
"Sobsheniya", "telefon qo'ng'iroqlari", "telegram xabarlarini" o'chiring, chunki ular sizni kuningiz
davomida bir necha bor bezovta qilishi aniq!
3) Sizga kerak bo'lmagan va foyda bermayotgan mobil ilovalarni telefoningizdan o'chirib yuboring!
Buni aniqlashda o'zingizdan birgina savolni so'rasangiz kifoya.
Ushbu ilovadan manfaat olayabmanmi yoki yo'q? Ushbu savol qurilmangizdagi ilovalarni "filter"
qilishingizga ko'maklashadi.
4) Har kuni telefoningizda qancha vaqt sarflashingizni aniq belgilab oling
.
Misol: Agar "Telegram"da qandaydir savolga javob berishingiz kerak bo'lsa, telefoningizda "Timer"ni
yoqib qo'ying va iloji boricha kamroq vaqni belgilang, "Timer" sizga habar berishi bilanoq, Telefoningizni
o'chirib, ishlashga kirishing!
5) Ushbu yomon odatni takrorlamaslik uchun, uning o'rniga sizni samarador qiluvchi odat toping va
uni shakillantiring!
Misol uchun: Kitob o'qishni odat qiling, bu sizni dunyo qarashingizni kengaytiradi, telefon esa yo'q.
O'zingiz bilan gaplashishga harakat qiling: Men qayerga qarab ketyabman, maqadlarimga erishish
uchun qancha vaqt va energiya sarflayabman? kabi savollarni o'zingizga berganingizdan so'ng sizda o'z-
o'zidan ilhomanish hissi paydo bo'ladi va siz darhol foydali ish qilishga kirishasiz! 🤗
Foydali postlar uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling
: @datauz