Boshqa jismoniy va yuridik shaxslargatugatish hollarida:
Dt9220 Kt0400Nomoddiyaktivning boshlangichqiymatiboyichahisobdan chiqarilishi Dt 0500 Kt 9220 hisoblangan eskirishDt 9220 Kt 6710,6520 Tugatishga oid xarajatlar Dt 9430 Kt 9220 Tugatishdan korilganzarar Dt 1040 Kt 9320 Temir tersaklarning kirimqilinishi
Boshqa jismoniy va yuridik shaxslargatekinga berish hollarida:
Dt 9220 Kt 0400 Boshlangichqiymati summasiga Dt 0500 Kt9220Eskirish summasiga Dt9220 Kt6410 QQSsummasiga Nomoddiy aktivlarning sotilishi va tekinga berilishiga oid oborotlar QQSga tortiladi. Tekinga berish vaqtida QQS tolovchisi bolib, uni beruvchi tomon hisoblanadi (qabul qiluvchi tomon foyda soligini tolaydi).
Xojalik yurituvchi subektlar odatda huquqiy himoya qilinadigan va litsenzion shartnomalar bilan rasmiylashtiriladigan nomoddiy aktivlar obektlarini emas, balki ulardan foydalanishga oid huquqni sotadilar. Bunday hollarda nomoddiy aktivlar qiymati va ularning eskirish summasi ozgarmaydi va sotish hisobvaragi boyicha faqatgina tegishli nomoddiy aktivlar obektlariga bolgan huquqni sotishdan tushgan tushum summasigina aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobini tashkil etish va uni yuritish muhim masalalardan bolib, «Buxgalteriya hisobi togrisida»gi Qonun hamda «Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son milliy standart talablari asosida amalga oshiriladi. Nomoddiy aktivlarni togri hisobga olish va doimiy ravishda nazorat qilinib turilishi kerak. Xojalik yurituvchi subektlaridagi nomoddiy aktivlar quyidagi manbalardan qabul qilinadi:
pul mablaglari evaziga;
kreditlar hisobiga;
sotib oluvchi korxona kapitali aktsiyalariga almashish orqali;
Boshlangich xujjatlar asosida nomoddiy aktivlar qaysi manbalardan kelishib tushishidan qatiy nazar qabul qilish hujjatlari boyicha kirimga olinishi lozim. Nomoddiy aktivlarni kirim qilishda ularning huquqiy egaligini tasdiqlovchi (muhofaza etuvchi xujjatlarga) alohida etibor berilishi kerak. Ushbu xujjatlar nomoddiy aktivlarni hisobga olishga asos boladi. Ushbu monografiyada nomoddiy aktivlarni buxgalteriya balansida aks ettirish masalalari ilmiy va nazariy jihatdan chuqurroq tadqiq etildi.
Pul mablaglari evaziga xarid qilingan nomoddiy aktivlarning qiymati ularni sotib olish, yigimlar, soliq va boshqa xarajatlardan tashkil topadi. Kreditga olingan nomoddiy aktivlarning qiymati, quyidagilardan tashkil topadi:
Sotib olishning pul olchovidagi bahosi (bozor qiymati);
Qarzdorlik summalari boyicha kelajakda tolanishi lozim bolgan pul tolovlarining tegishli bolgan bozordagi foiz stavkasi boyicha diskontlashgan qiymat.
Diskontlashgan qiymat shunday tushunchaki, u kelgusi aktivlarning kirimi yoki chiqimining bugungi qiymati deb baholanadi. Agarda qarzdorlik hujjati foizsiz va aktivning joriy pul qiymatini aniqlash imkoni bolsa, unda puldagi qiymatidan kop tolanadigan summa foiz boyicha xarajatlar korinishida tan olinadi va butun
qarzdorlik davrlari boyicha taqsimlanadi. Agar, nomoddiy aktivlarning puldagi qiymatini aniqlash imkoni bolmasa, foiz boyicha umumiy xarajatlarni aniqlashda va bu aktivning joriy qiymatini hisoblash uchun ustunlikka ega bolgan foiz stavkasidan foydalaniladi. Shunday qilib, nomoddiy aktivlar puldagi qiymatiga ekvivalent bolgan bahoda ifodalanishi mumkin.
Korxona aktsiyalari evaziga almashtirish orqali kirimga olinadigan nomoddiy aktivlar quyidagicha tartibda hisoblanishi kerak: korxona kapitalining aktsiyalari nomoddiy aktivlarni sotib olish maqsadida chiqarilgan taqdirda, nomoddiy aktivlar yoki ularning haqiqiy bozor qiymati boyicha yoki chiqarilgan aktsiyalarning bozor qiymati boyicha ularning qaysi biri haqqoniy va obektivligiga qarab aks ettiriladi.
Xojalik yurituvchi subektlar biron bir subektga ishlab chiqarish faoliyatini ragbatlantirish maqsadida nomoddiy aktivlarni xadya sifatida berishi ham mumkin. Hadya qilingan nomoddiy aktivlar hisobi faqat haqiqiy qiymati boyicha baholash tamoyiliga qatiy rioya qilingan holda ifodalanadi. Xadya qilingan nomoddiy aktivlarning qiymati mavjud bolmasa, unda, nomoddiy aktivlar qiymati etkazib berish xujjatlaridagi qiymat asosida baholanadi.
Nomoddiy aktivlar va xususiy kapital schyotlari hadya qilishda aktivning joriy bozor qiymatini haqiqiy baholash natijasida kopayib boradi. Xususiy kapital schyotining kopayishi xadya qilingan nomoddiy aktiv va korxona kapitalining kopayishini ifodalaydi. Shuningdek, hadya tariqasida olingan amortizatsiyalanadigan nomoddiy aktivlar hisob registrlarida aks ettirilgan baholar asosida oddiy usulda amortizatsiya qilinishi kerak.
Davlat granti asosida olingan nomoddiy aktivlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishda quyidagi mezonlar asos qilib olinishi kerak deb hisoblaymiz;
joriy xarajatlar yoki daromadlarga taaluqli bolgan yordam summasi davrining sof foydasini aniqlashda hisobgat olinishi lozim;
kelgusi davrlarga taaluqli bolgan yordam summasi muddatini uzaytirish kerak va daromadlarga olish u bilan bogliq bolgan xarajatlar paydo bolganda amalga oshirilishi lozim;
nomoddiy aktivlarni olish bilan bogliq yordam yoki nomoddiy aktivning amortizatsiyasi olib tashlangan holdagi boshlangich bahosidan chegirib tashlanishi kerak.
Masalan, tovar belgisi uchun guvohnomaga egalik qilinganda (Sotib olish qiymati-300000 som) uning qiymatini 40 foizi davlat tomonidan ajratilgan granti hisobiga qoplanadi. Guvohnomadan foydalanish muddati 10 yil (oz kuchini yoqotish muddati).
Biz yuqoridagi har ikki usulni, yani sof qiymat va muddatini uzaytirish usullari hisob-kitob qilish tartibini buxgalteriya jurnal yozuvlarida quyidagicha aks ettiramiz: