Nomoddiy aktivlarni qabul qilish va hisobdan chiqarish tartibi hamda ularni hujjatlarda rasmiylashtirish
Tarmoq korxonalardagi xojalik muomalalarini, moddiy javobgar shaxslardagi qiymatliklarni, shuningdek boshqa yuridik shaxslar bilan olib boriladigan hisob- kitoblarni hisobga olish va tahlil qilishni taminlash uchun buxgalteriya hujjatlaridan keng foydalaniladi. Iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodchi olimlar tomonidan buxgalteriya hujjatlari va hujjatlashtirish haqida turli fikrlar bildirilgan.
Jumladan, prof. M.Ostonaqulov «Buxgalteriya hisobida hujjat deb huquqiy asosga ega bolgan, malum rekvizitli ish qogozga aytiladi» deb tariflaydi.2
M.Umarova tomonidan esa quyidagi fikr bildirilgan: Hujjatlashtirish-bu korxona xojalik faoliyatini kuzatib borish, hisobga olinadigan xojalik muomalalarini nazorat qilish va aks ettirishning asosiy usulidir.3
A.Karimov va A.Ibragimov tomonidan quyidagi fikrlar bildiriladi:
«Buxgalteriya hisobida muhim ahamiyatga ega bolib, har qanday sodir bolgan xojalik muomalasi hujjatlarda rasmiylashtirilishi kerak. Hujjatsiz buxgalteriya hisobida yozuvlar amalga oshirilmaydi. U yuridik asosga ega bolib, korxona faoliyatiga baho berishda buxgalteriya hisobi malumotlarining ishonchliligini taminlaydi».4
V.Kojinovning fikriga kora, «Hujjatlashtirish-bu hujjatlar majmuasi bolib, korxona xojalik faoliyati togrisida toliq va uzluksiz malumotlar bilan taminlaydi. Har qanday hujjat-xojalik muomalalarini yozma ravishda qayd etishi kerak. Uning yuridik kuchga ega bolishi rekvizitlari bilan belgilanadi».5
Tarmoq korxonalarining moliya-xojalik faoliyatlarida sodir boladigan muomalalar mazmuni, tayinlanishi va shakliga kora turli xil hujjatlar qollashni talab etadi. Unda buxgalteriya hujjatlari tayinlanishi, muomalarni qayd etish tartibi, muomalalarni qamrab olish, yozuvlarning soni va tuziladigan joyiga qarab tasniflanadi. Buxgalteriya hisobida hujjatlashtirish asosida boshlangich hisob shakllanadi.
Boshlangich hisob hujjatlarini toldirilishi, xojalik muomalalarini sodir bolgan joylarida aks ettirish, shuningdek ularni togri aniq tuzilishi va buxgalteriyaga oz vaqtida topshirilishini amalga oshiradi va nazorat qiladi.
Buxgalteriya hisobi tizimidagi yangi obekt nomoddiy aktivlarning dastlabki hisobini tashkil etish, korxonalarning moliya-xojalik faoliyatlarida buxgalteriya hisobi ishlarini togri olib borish, xarajatlarni tannarxga yoki davr xarajatlariga qoshish, moliyaviy natijalarni aniqlash imkonini beradi.
Tarmoq korxonalarda nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatini shakllantirish tartibini quyidagicha ifodalash mumkin (Jadval).
2 Ostona¢ulov M. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. T.: Mehnat-1994 yil. 296-bet.
3 Umarova M., Eshboev.O., Axmadjanov.K. Buxgalteriya hisobi. T.: Mehnat-1999 yil. 20-bet. 4 Karimov A., Ibragimov A. Xorij sarmoyalari buxgalteriya hisobi. T.: Ozbekiston 1999 yil. 13-bet.
5 Kojinov V.Ya. Buxgalterskiy uchet, 1 Federativnaya Knigo Torgovaya Kompaniya. M.: 1998
g. 39-str.
Nomoddiy aktivlarning sotib olish manbalari baholash darajasiga bogliq boladi.
Nomoddiy aktivlarning baholari quyidagi turlarga bolinadi: shartnoma bahosi, kelishilgan baho, bozor bahosi, balans bahosi. Mulkning, dastlabki qiymati harajatlarga bevosita bogliq. Bu esa oz navbatida qoshma korxonalarda nomoddiy aktivlarni togri guruhlanishini taqazo qiladi.
Jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |