Tashkiliy xarajatlar-xojalik faoliyatni tashkil qilinishi vaqtida yuz bergan xarajatlardir. Unga bevosita tegishli bolgan xarajatlar (masalan, yuridik, buxgalteriya, kantselyariya va harakatlanish xarajatlari) tashkiliy xarajatlar sifatida kapitallashtiriladi. Faoliyatning birinchi yilida jami summalarni xarajatlarga kiritish xarajatning daromad bilan muvofiq kelmasligiga olib keladi.
Eng ommaviy tarqalgan va oddiy aktivlar bolib gudvill (firma bahosi) hisoblanadi. U ozida firmaning aniqlanadigan aktivlaridan olinishi kotilayotgan daromadlariga qoshimcha ravishda daromadlarning kopayishiga olib keluvchi firmaning imidji natijasida yuzaga kelgan qimmatlikni aks ettiradi.
Gudvill, faqat, bir xojalik yurituvsi subekt ikkinchisini sotib olgan hollardagina royxatdan otkaziladi. U sotib olish dalilisiz ham amal qilishi mumkin, biroq buxgalteriya hisobida, bir korxona boshqasini sotib oladigan bolsa eki ularning qoshilishi yuz beradigan bolsagina tan olinadi.
Xojalik yurituvchi subektlarning nomoddiy aktivlari tarkibida 0400-son schyotida quyidagilar aks ettiriladi: patentlar, litsenziyalar, aqliy mulk, savdo markalari (bunga firma markalari va nashr etiladigan nomlar ham kiradi), mutlaq huquqlar, kompyuterlarning dasturiy taminoti, mu alliflik huquqlari, mijozlarning royxatlari, litsenziyalar, marketing huquqlari, import kvotalari, tashkiliy xarajatlar (yangi xojalik yurituvchi subektni tashkil qilish xarajatlari, yani boshlangich xarajatlar), nou-xau, bozor togrisidagi bilimlar, gudvill (firma bahosi), texnikaga oid konikmalar va h.k.
0500-son buxgalteriya hisobvaragining kreditida nomoddiy aktivlarning yigilib boradigan amortizatsiyasi hisobga olinadi.
Nomoddiy aktivlar korxonaning aktivi korinishida, agar u:
aktiv talabini qondirsa;
olchash imkoniga ega bolsa;
oz ahamiyatiga ega bolsa;
ishonchli bolsa;
kelgusida iqtisodiy foyda keltirsa;
aniq (yani, undan u ishlatiladigan ishlab chiqarishdan alohida ajratilgan holda foydalanilishi mumkin) bolganidagiia tan olinadi.
Aktiv, agar xojalik yurituvchi subekt undan kelgusida olinadigan alohida sotish, almashtirish yoki taqsimlash imkoniga ega bolsagina, bolinishi mumkin.
Quyidagilar nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy qoidalari bolib hisoblanadi:
xarid qilish, vaqtida gi tannarx qoidasi;
korilgan zararlar va mazkur xarajatlarning qilinishi natijasida olinadigan daromadning bir vaqtning ozida aks ettirilishini talab qiluvchi foydalanish davridagi muvofiqlik qoidasi;
hisobdan chiqarish vaqtida, yani chiqib ketishlardan korilgan foyda yoki zarar hisobdan chiqarish vaqtida aktivning olingan tolov va balans qiymati ortasidagi farqqa teng deb tan olinganidagi daromadni tan olish qoidasi.
Nomoddiy aktivlar quyidagicha baholanishi mumkin:
tomonlar kelishuvi bahosi boyicha;
ularni tasischilar ustav kapitaliga ulush hisobidan kiritganda;
nomoddiy aktivlar obektlarini tayyorlik holatiga keltirish va sotib olish haqiqiy xarajatlari bahosi boyicha - boshqa tashkilotlar va shaxslardan sotib olinganda;
ekspert yoli bilan belgilangan baho boyicha - boshqa korxona va shaxslardan bepul olinganda.
Nomoddiy aktivning bahosi amal qilish muddati mobaynida yoki muvofiqlik qoidasiga binoan nomoddiy aktivning taxmin qilinayotgan xizmat qilish muddati mobaynida muntazam ravishda hisobdan chiqarib borilishi lozim. Mazkur jarayon nomoddiy aktivlarning amortizatsiya qilinishi deb ataladi.
7-son BHMS ning 39-bandida nomoddiy aktivning amorti-eatsiya qilinadigan qiymati muntazam asosda quyidagi tarzda taqsimlab borilishi lozim bolgan amortizatsiya qilish mud-datlari belgilangan:
uning foydali xizmat korsatish muddati mobaynida (biroq xojalik yurituvchi subektning faoliyat korsatish muddati doirasida);
foydali foydalanish muddatlarini aniqlash imkoni bolmagan 5 yil hisobida (biroq, xojalik yurituvchi subekt- ing faoliyat muddati doirasida).
Nomoddiy aktivning iqtisodiy xizmat korsatish muddatini belgilash odatda qiyin bolgani sababli, uning xizmat korsatish muddatini aniqlash uchun quyidagi omillar hisobga olinishi lozim:
xizmat korsatishning eng kop muddatini cheklashi mumkin bolgan yuridik, tartibga soluvchi va shartnoma qoidalari;
moljal qilinayotgan xizmat qilish muddatini ozgartirishi mumkin bolgan yangilash yoki muddatni uzaytirishga oid shartlar;
xizmat qilish muddatini kamaytirish mumkin bolgan eskirish, talab va boshqa xil iqtisodiy omillar;
kotilayotgan ish muddati yoki xodimlar guruhiga muvofiq kelishi mumkin bolgan xizmat qilish muddati;
nomoddiy aktivning mavjud raqobatbardoshligini cheklashga qodir raqobatchilar va boshqa subektlarning kotilayotgan hatti-harakatlari;
turli xizmat korsatish muddatlaridagi kopgina alohida aktivlarning asosi bolishi mumkin bolgai nomoddiy aktiv.
Do'stlaringiz bilan baham: |