Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Asosiy vositalar hisobdan chiqarilishini hisobga olish



Download 0,83 Mb.
bet49/160
Sana14.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#667259
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   160
Bog'liq
Buxgalteriya va moliya kitob

Asosiy vositalar hisobdan chiqarilishini hisobga olish


Quyidagi xo’jalik operatsiyalari natijasida asosiy vositalar ob’ektlarining qiymati xo’jalik yurituvchi sub’ekt aktivlari tarkibidan chiqib ketadi:

  • sotish qilinganida;

  • undan buyon foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko’ra hisobdan chiqarilganida;

  • chet xo’jalik yurituvchi sub’ekt va shaxslarga bepul berilganida;

  • boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav kapitaliga ulush sifatida qo’shilganida;

  • moliyaviy lizing shartnomasiga ko’ra topshirilganida;

  • kamomad yoki yo’qotish aniqlanganida.

Asosiy vositalar chiqib ketganida ularning dastlabki qiymati asosiy vositalarni hisobga olishning tegishli schyotlari kreditidan 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag’i debetiga hisobdan chiqariladi. Asosiy vositalarni chetga sotishdan tushgan tushum 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag’i krediti bo’yicha 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» va 0990-«Boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzlari» schyotlari bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi.
Asosiy vositalar chiqib ketganida ular bo’yicha hisoblangan eskirish summasi 0210-0290-schyotlari debetidan 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag’i kreditiga hisobdan chiqariladi.
To’liq amortizatsiya qilinmagan asosiy vositalarning sotish qilinishidan ko’rilgan foyda (zarar) sotish qilinadigan asosiy vositalarning boshlang’ich (tiklash) qiymati, QQS (faqat QQS to’lovchilari uchun) hamda sotish xarajatlari va tushumlariga to’g’rilangan, oyning 1-sanasiga hisoblangan eskirish o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Misol. «MALIKA» hissadorlik jamiyatida may oyida asosiy vosita hisobdan chiqarildi: balans qiymati 120000 so’m, eskirish qiymati 30000 so’m.
Asosiy vositaning sotish qiymati 80000 so’m. Moliyaviy natijani aniqlab, muomalaga quyidagicha provodka beramiz:

  • dasturiy ta’minotning sotish qiymatiga:

D-t 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» - 200000 so’m K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 200000 so’m.

  • balans qiymati hisobdan chiqarildi:

D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 120000 so’m K-t 0130-«Mashina va jihozlar» - 120000 so’m.

  • eskirish qiymati hisobdan chiqarildi:

D-t 0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi» - 30000 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 30000 so’m.

  • QQS hisoblab yozildi. QQS summasi asosiy vositalarning shartnomaviy qiymati va qoldiq qiymati o’rtasidagi farqdan aniqlanadi. Soliqqa tortiladigan oborot 200- (120-30)=110000 so’mdan iborat.

QQS= 110000*20/100=18300 so’m;
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 18300 so’m K-t 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» - 18300 so’m.

  • Asosiy vositani sotishdan foyda olindi (200000+30000-120000-18300)=91700 so’m:

D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 91700 so’m. K-t 9310-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishidan foyda» - 91700 so’m.
To’liq amortizatsiya qilingan asosiy vositalarni bepul berishdan ko’rilgan zararlar mazkur asosiy vositalarning boshlang’ich (tiklash) qiymati hamda berilgan oydan oldingi oyning 1-sanasiga hisoblab yozilgan va berayotgan taraf tomonidan to’lanadigan QQS summasiga ko’paytirilgan eskirish o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Misol. Boshlang’ich qiymati 70000 so’m bo’lgan stanok boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektga bepul berilgan, eskirish summasi-30000 so’m.
Bunda asosiy vositalarning qoldiq qiymati QQSga tortish ob’ekti bo’lib hisoblanadi, ya’ni 70000-30000=40000 so’m.
Hisoblab yozilgan QQS summasi=40000*20/100=6700 so’m.
Asosiy vositani bepul berishdan ko’rilgan zarar summasi quyidagiga teng: 70000-6700-30000=33300 so’m. Ushbu muomalalarga quyidagicha provodka beramiz:

  • balans qiymati hisobdan chiqarildi:

D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 70000 so’m K-t 0130-«Mashina va jihozlar» - 70000 so’m.

  • eskirish qiymati hisobdan chiqarildi:

D-t 0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi» - 30000 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 30000 so’m.

  • QQS hisoblandi:

D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 6700 so’m K-t 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» - 6700 so’m.

  • Stanokni bepul berishdan zarar ko’rildi (70000-6700-30000)=33300 so’m: D-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» - 33300 so’m

K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 33300 so’m.
Mol-mulkni bepul berishdan ko’rilgan zararlar teskari hisoblash yo’li bilan berayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektda soliqqa tortiladigan bazaga kiritiladi.
Asosiy vositalar boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektnining ustav kapitaliga badal sifatida kiritilishi mumkin.
Misol. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitaliga boshlang’ich qiymati 350000 so’m bo’lgan, 500000 so’m shartnoma bahosiga ega bo’lgan hamda eskirishi 140000 so’m bo’lgan stanokni ulush sifatida kiritdi. Ushbu muomalalarga quyidagicha provodkalar beriladi:

  • Boshlang’ich qiymatni hisobdan chiqarish:

D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 350000 so’m K-t 0130-«Mashina va jihozlar» - 350000 so’m.

  • eskirish qiymati hisobdan chiqarildi:

D-t 0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi» - 140000 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 140000 so’m.

  • shartnomaviy bozor bahosi bo’yicha uzoq muddatli investitsiyalar: D-t 0620-0690-«Uzoq muddatli investitsiyalar» – 500000 so’m

K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» – 500000 so’m.

    1. Download 0,83 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish