Amortizatsiyani togri chiziqli usulda hisoblash jadvali
Yillar
|
Balans qiymati
|
Yillik
amortizatsiya summasi
|
Jamgarilgan amortizatsiya
|
Qoldiq qiymati
|
1-yil
|
50000
|
9600
|
9600
|
40400
|
2-yil
|
50000
|
9600
|
19200
|
30800
|
3-yil
|
50000
|
9600
|
28800
|
21200
|
4-yil
|
50000
|
9600
|
38400
|
11600
|
5-yil
|
50000
|
9600
|
48000
|
2000
|
Bajarilgan ish hajmiga ko’ra amortizatsiya hisoblash. Bajarilgan ish hajmiga nisbatan amortizatsiyani hisoblash usuli asosiy vositalarning har hisobot yilida bajargan ishining hisobiga asoslangan. Mazkur usul bilan eskirishning har yilgi qiymatini hisoblash uchun jami foydalanish muddati davomida umumiy baholangan ishlab chiqarishni hamda har bir aniq yildagi ishlab chiqarishni oldindan aniqlash lozim. Ishlab chiqarish sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot, ishlangan soatlar miqdori va hokazolar olinishi mumkin.
Xojalik yurituvchi subektda shu davr mobaynida 480000 somlik mahsulot ishlab chiqarildi. 1-yilda - 80000, 2-yilda - 120000, 3-yilda - 100000, 4-yilda 80000, 5-yilda - 100000 ming somlik mahsulot ishlab chiqarildi. Mahsulot birligiga ketgan amortizatsiya xarajatlari quyidagiga teng:
(50000-2000)/480000=0,1 har bir somlik mahsulot uchun
jadval
Bajarilgan ish hajmiga kora amortizatsiya hisoblash jadvali
Yillar
|
Balans qiymati
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
|
Yillik amortizatsi ya summasi
|
Jamgarilg an amortizats iya
|
Qoldiq qiymati
|
1-yil
|
50000
|
80000
|
8000
|
8000
|
42000
|
2-yil
|
50000
|
120000
|
12000
|
20000
|
30000
|
3-yil
|
50000
|
100000
|
10000
|
30000
|
20000
|
4-yil
|
50000
|
80000
|
8000
|
38000
|
12000
|
5-yil
|
50000
|
100000
|
10000
|
48000
|
2000
|
Bajarilgan ish hajmiga kora amortizatsiya hisoblash usuli obektlardan foydalanish muddati, ularning tuzilish xususiyatlari bilan cheklangan hamda mazkur aktivlarning xojalik faoliyati hajmi yilma-yil ozgargan hollarda qollaniladi.
Jadallashtirilgan (tezkor) usullar. Qoldiqli kamayish hamda kumulyativ usullar tezkor usullar bolib hisoblanadi. Tezkor usullar mohiyati shundaki, asosiy vositalardan foydalana boshlaganda hisoblangan amortizatsiya summasi obekt xizmat muddatining yakunida hisoblangan amortizatsiya summasidan ancha yuqori boladi.
Tezkor usullar, xususan, texnologiyalar takomillashtirilishi tufayli kop turdagi uskunalar oz qiymatini yoqotishi (manaviy eskirishi) bilan ham tushuntiriladi. Shunday qilib, eskirishning katta summasini kelgusida emas, balki joriy hisobot davrida hisobdan chiqarish togriroq boladi.
Yangi kashfiyotlar va TMZlar ilgari xarid qilingan uskunaning manaviy eskirishiga olib keladi va uni jismoniy eskirishdan ancha oldinroq almashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. Tezkor usullarning yana bir afzalligi shundaki, tamirlash boyicha xarajatlar, odatda, obektdan foydalanish muddatining boshidagiga nisbatan oxirida koproq bolishi hisoblanadi. Bu esa tamirlash xarajatlarining umumiy summasi va amortizatsiya ajratmalari bir necha yillar davomida amalda doimiy bolib qolishiga olib keladi. Natijada asosiy vositalar obektlarining foydaliligi kop yillar davomida bir xilligicha qoladi.
Ikkala tezkor usulda ham dastlabki yillarda hisoblangan amortizatsiya summalari ancha yuqori boladi, bajarilgan ishlar hajmiga proportsional ravishda eskirish summasini hisoblash usuli esa amortizatsiya hajmining yildan-yilga keskin ozgarib turishi tufayli amortizatsiya ozgarishining aniq tamoyili haqida tasavvur bera olmaydi. Ґar yili amortizatsiyaning keskin ozgarishi asosiy vositalarning qoldiq qiymatida ham oz aksini topadi. Togri chiziqli usulda esa qoldiq qiymat miqdori tezkor usullardagi qoldiq qiymatga nisbatan har doim ancha yuqori boladi.
Asosiy vositalarning har xil turlariga amortizatsiyaning turli usullari qollanilishiga ruxsat etilganligini, biroq bunda bir turdagi asosiy vosita uchun faqatgina bitta usul qollanilishi mumkinligini nazarda tutish lozim.
Soliqqa tortish maqsadida Ozbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga binoan amortizatsiya meyorlari qollanilishi lozim. Xojalik yurituvchi subektning
hisob siyosatiga kora hisoblangan amortizatsiya bilan Soliq Kodeksiga muvofiq hisoblanadigan amortizatsiya ortasidagi farq vaqtinchalik farq deyiladi, u vaqtinchalik farqlar hisobining soliq samarasi yordamida hisobda aks ettiriladi.
Misol. «MALIKA» kompaniyasida faoliyatning dastlabki yilida soliq tolangunga qadar bolgan foyda 250 ming somni tashkil etgan. Bunda hisob foydasi va soliqqa tortiladigan foyda ortasida farq mavjud, hisob siyosatiga muvofiq ishlab chiqarish usulida hisoblangan amortizatsiya 130 ming somni, soliqqa tortish maqsadlari uchun amortizatsiya esa (togri chiziqli usulda)- 100 ming somni tashkil qilganligidan yuzaga keladi. Bu aynan vaqtinchalik farq bolib, soliqqa tortiladigan foyda uni hisobga olganda 250000+(130000-100000)=280000 somga teng. Foyda soligining 20%lik stavkasi boyicha hisoblangan foyda soligi (250000*20%)=50000 somni tashkil etadi, lekin byudjetga (280000*20%)=56000 som tolash kerak boladi, bu ikki miqdor ortasidagi farq vaqtinchalik farqlar boyicha muddati uzaytirilgan foyda soligi hisoblanadi va u qaysi hisobot davrida sondirilishiga qarab bogliq ravishda 0930 yoki 3210-schyotlarida aks ettiriladi.
Ushbu muomalalar boyicha quyidagicha provodkalar beriladi: D-t 9810-«Foyda soligi boyicha xarajatlar» - 50000 som
D-t 0950, 3210-«Vaqtinchalik farqlar boyicha muddati uzaytirilgan daromad soligi»
- 6000 som
K-t 6410-«Foyda soligi boyicha byudjetga qarzlar» - 56000 som.
Xojalik yurituvchi subektning hisob siyosatiga muvofiq hisoblangan amortizatsiya Soliq Kodeksi boyicha amortizatsiyadan yuqori bolgan holatda mazkur farq summasiga soliq boyicha muddati uzaytirilgan qarz yuzaga keladi. Yuqorida keltirilgan misolning aksini korib chiqamiz, bunda hisob foydasi 280000 somni, soliqqa tortiladigan foyda esa 250000 somni tashkil qilgan.
Buxgalteriya yozuvi quyidagicha boladi:
D-t 9810-«Foyda soligi boyicha xarajatlar» - 56000 som
K-t 6410-«Foyda soligi boyicha byudjetga qarzlar» - 50000 som
K-t 6250, 7250-«Soliqlarga oid vaqtinchalik farqlar boyicha muddati uzaytirilgan majburiyatlar» - 6000 som.
Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash. Kamayib boruvchi qoldiq usuli aktivdan foydalanish muddatida amortizatsiya summasining doimo kamayib borishini ifodalaydi. Ushbu usulda eskirish meyori asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga kopaytiriladi. Odatda, bu usulda amortizatsiya meyori ikki hissa qilib olinadi.
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |