Foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarni hisobga olish
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tasdiqlangandan song xojalik yurituvchi subekt buxgalteriyasiga beriladi, shu dalolatnoma asosida har bir obektga inventar varaqasi ochiladi.
Tegishli shartnomalar asosida xojalik yurituvchi subekt mutaxassislari va chetdan jalb etilgan mutaxassislar kuchi bilan barpo etilgan asosiy vositalar obektlari 0810-«Tugallanmagan qurilish» hisobvaragining krediti bilan korrespondentsiyada 0110-0190-schyotlar debeti boyicha haqiqiy tannarxiga qarab asosiy vositalar sifatida kirim qilinadi.
Qurilish tugallanguniga qadar bino 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar» hisobvaragida hisobga olinmaydi, chunki u hali foydalanishga topshirilmagan. Qurilish tugallanganidan keyin va foydalanishga topshirilganida 0810-schyotda jamlangan barcha xarajatlar summasi 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar» hisobvaragiga otkaziladi hamda keyingi oydan boshlab undan amortizatsiya hisoblanishi lozim.
Misol. «MALIKA» hissadorlik jamiyati tsex binosini oz kuchi bilan qurib, foydalanishga topshirdi. Qurilishga xarajatlangan jami xarajat 20000000 somni tashkil qildi. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar» - 20000000 som K-t 0810-«Tugallanmagan qurilish» - 20000000 som.
Boshqa xojalik yurituvchi subekt va shaxslardan sotib olingan asosiy vositalarni 0830-«Asosiy vositalarni sotib olish», 0840-«Asosiy podani shakllantirish», 0890-«Boshqa kapital qoyilmalar» schyotlarining krediti bilan korrespondentsiyada 0110-0190-schyotlar debeti boyicha kirim qilinadi.
Misol. «MAShAL» masulyati cheklangan jamiyat yangi ishlab chiqarish faoliyati uchun bino sotib oldi, uning xarid qiymati - 2000000 som, broker xizmati uchun 20000 som hamda yurist xizmatiga 15000 som tolagan, hujjatlarni rasmiylashtirishga 25000 som xarajat qilingan. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
bino xarid qilindi:
D-t0820-«Asosiyvositalarnisotibolish»-2060000s K-t 5110-«Pul mablaglari»- 2060000 s.
bino balansga qabul qilindi:
D-t0120-«Binolar,inshootlarvauzatuvchimoslamalar»-2060000s K-t 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» - 2060000 s Foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalar boyicha QQS ularning dastlabki qiymatini kopaytiradi hamda eskirish qiymatini oshirgan holda, xojalik yurituvchi subekt xarajatlariga sekin-asta otkaziladi.
Boshqa xojalik yurituvchi subekt yoki jismoniy shaxslardan tekinga, shuningdek, hukumat organlarining subsidiyasi sifatida olingan asosiy vositalar 8530-
«Tekinga olingan mol-mulk» hisobvaragi bilan korrespondentsiyada 0110-0190- schyotlar debeti boyicha kirim qilingan sanada ekspert yoli bilan, bozor qiymati boyicha belgilangan bahoda aks ettiriladi.
Misol. Transport vositasi bepul olindi. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
D-t0160-«Transportvositalari»; K-t8530-«Tekingaolinganmol-mulk». Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq, bepul olingan asosiy vositalarning qoldiq qiymati (idora ichida beriladiganidan tashqari) foyda (daromad) soligini hisoblash bazasiga kiritiladi va undan soliq undiriladi.
Tasischilar ustav kapitaliga ulush sifatida kiritgan yoki aktsiyalar haqini tolash hisobiga bergan asosiy vositalarni kirim qilish 4610-«Muassislarning ustav kapitaliga ulushlar boyicha qarzlari» hisobvaragi krediti hamda 0110-0190-schyotlar debetida aks ettiriladi.
Misol. Kompaniyaning muassislaridan biri ustav kapitalini shakllantirish boyicha qarzini transport vositasini qoshish yoli bilan uzdi. Qiymati - 2000000 som. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 0160-«Transport vositalari» - 2000000 som K-t4610-«Muassislarqarzlari»-2000000som. Mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmat korsatish yoxud tashkilotni boshqarish uchun foydalanilmayotgan asosiy vositalar obektlarining qiymati buxgalteriya balansidan hisobdan chiqarilishi kerak.