Qoshimcha adabiyotlar
Ozbekiston Respublikasi moliyaviy qonunlari. Axborotnoma 2003 - 2005yil sonlari.
Bozor pul va kredit jurnali 2003-2005 sonlari.
Soliqlar va bojxona xabarlari gazetasi 2003-2005 yil sonlari.
BOB. ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI
Asosiy vositalarni hisobga olish vazifalari, ularni turkumlash va baholash.
Asosiy vositalar-bu uzoq muddat ozining tabiiy korinishini saqlab turadigan, asta-sekin eskiradigan va ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga oz qiymatini asta-sekin otkazadigan mehnat vositalaridir.
Iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishda xojalik yurituvchi subektlar moliya- xojalik faoliyatini amalga oshirishda asosiy vositalarning orni nihoyatda kattadir. Asosiy vositalar xojalik yurituvchi subektning ishlab chiqarish jarayonida juda katta rol oynaydi, chunki ular barcha xojalik yurituvchi subekt tayanadigan va xojalik yurituvchi subektning ishlab chiqarish quvvatini baholash mezoni bolgan ishlab- chiqarish texnika bazasini tashkil etadi.
«Asosiy vositalar» nomli 5-son BҐMSga asosan, asosiy vositalar uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ortiq vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida ham amal qiladigan, shuningdek, ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
Xojalik yurituvchi subektlarda asosiy vositalarni hisobga olish quyidagilarni taminlashi lozim:
asosiy vositalarning olinishi, hisobdan chiqarilishi, joyi ozgartirilishini hisobda togri va oz vaqtida aks ettirish;
asosiy vositalarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruhlarga bolib, ularni hisobga olishni tashkil qilish;
asosiy vositalarni joriy hisobda va buxgalteriya balansida tegishli andozalarga va meyoriy hujjatlarga asosan togri va oz vaqtida baholash;
ularni sotib olinganidan keyin hisobdan chiqarilishiga qadar turgan joyi (foydalanish joyi) boyicha mavjudligi va asralishini, ayrim hollarda ularning asralishi uchun masul bolgan shaxslar boyicha nazorat qilish;
asosiy vositalarning eskirishini togri va oz vaqtida hisoblab chiqish va uni hisobda togri aks ettirish;
tamirlash boyicha xarajatlarni aniqlash va bu maqsadlar uchun ajratilgan vositalarning oqilona ishlatilishini nazorat qilish;
eskirgan, xojalik uchun oshiqcha bolgan asosiy vositalarni oz vaqtida hisobdan chiqarishni taminlash;
hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar boyicha moliyaviy natijalarni togri va oz vaqtida aniqlash.
Hisob va rejalashtirishda asosiy vositalar malum guruhlarga bolinib hisobga olinadi va rejalashtiriladi. Chunki asosiy vositalarni hisobga olish, rejalashtirishni togri tashkil qilishning muhim sharti bolib, ularni ilmiy jihatdan turkumlash va baholash hisoblanadi.
Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab ishlab chiqarishning asosiy vositalariga va ishlab chiqarishga taalluqli bolmagan obektlarga bolinadi.
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va unga xizmat qiladigan mehnat vositalari ishlab chiqarishning asosiy fondlari deb ataladi. Ularning ishlab chiqarish jarayonida qatnashishdagi roli har xil, bazilari, masalan, mashinalar, uskunalar, asbob-uskunalar ishlab chiqarishda mehnat qurollari sifatida qatnashadi, bazilari esa ishlab chiqarish jarayonining toxtovsiz ishlab turishini taminlaydi, masalan, inshootlar, yana boshqalari esa, ishlab chiqarish uchun zarur bolgan sharoit yaratib beradi. Masalan, ishlab chiqarish binolari, yollar va boshqalar.
Ishlab chiqarish jarayonida togridan-togri qatnashmaydigan obektlarga uy- joy-kommunal xojaligi vositalari, sogliqni saqlash muassasalarining asosiy vositalari (kasalxona, ambulatoriya, poliklinika), madaniyat va maorif muassasalariga qarashli obektlar (zavod klublari, teatrlar, kutubxona, bolalar muassasalari) va boshqalar kiradi.
Iqtisodiyot tarmoqlarining turkumlanishiga muvofiq asosiy vositalar quyidagi xalq xojalik tarmoqlari va faoliyat turlariga bolinadi: sanoat, qishloq xojaligi, transport, aloqa, qurilish, savdo va boshqalar. Masalan, sanoat xojalik yurituvchi subektlarida «Sanoat» tarmogiga sanoat mahsuloti ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bogliq bolgan hamda xojalik yurituvchi subektning transport moddiy- texnika taminoti, ombor xojaligi va boshqa bolimlarining asosiy vositalari kiradi.
Sanoat xojalik yurituvchi subektlari balansida aks ettiriladigan yordamchi qishloq xojalik bolimiga qarashli obektlar «qishloq xojalik tarmogi», uy-joy- kommunal xojaligiga qarashli obektlar «Aholiga maishiy xizmat korsatish» va
«Uy-joy-kommunal xojaligi» tarmogiga kiradi.
Demak, sanoat korxonalaridan tashqari, boshqa xalq xojaligi tarmoqlariga qarashli obektlar ham foydalanishda bolishi mumkin. Shu nuqtai nazardan sanoat korxonalarining asosiy vositalarini sanoat ishlab chiqarishi va boshqa xalq xojaligi tarmoqlarining ishlab chiqarish fondlariga bolish mumkin. Xalq xojaligi tarmoqlarining asosiy vositalari oz foydalanish nuqtai-nazaridan quyidagi guruhlarga bolinadi:
Bino;
Inshoot;
otkazuvchi qurilmalar;
Mashina va uskunalar;
Do'stlaringiz bilan baham: |