Oyning oxirgi sanasiga
Kreditorlik qarzini qayta baholash (3000x(625-620)
15.000
3190
6310
9620
6310
3
Sondirish sanasiga kreditorlik qarzini qayta baholash
(5000x(730-725)
15.000
3190
6310
9620
6310
4
Marketing xizmatlari sotishsi aks ettiriladi
1575.000
4010
9030
4010
9030
5
Korsatilgan xizmatlarga QQS hisoblab yozildi
315.000
4010
6410
4010
6410
6
Bonak hisobga olindi
1860.000
6310
4010
6310
4010
7.
Kursdagi manfiy tafavut moliyaviy natijalarga hisobdan chiqarildi:
-jamgarish usuli bilan;
-bevosita kiritish usuli bilan.
5000
15000
9620
3190
9620
4010
Pul ekvivalentlari, yoldagi pullar schyoti
Pul ekvivalentlari-bu pul mablaglariga oxshaydigan, lekin boshqacha turkumlanadigan aktivlardir. Ular kassa veksel (kassa veksellari bu muomalaga chiqarilgan, keyin bir yildan kam muddatga qaytariladigan davlatning foizsiz majburiyatlaridir. Tolash qiymati bilan chiqarilish qiymati ortasidagi farq xaridorning foiz daromadi boladi. Kassa veksellari bir yil ichida va undan ortiq muddatda tolanadigan davlat majburiyatlari hisoblanib, agar ular joriy moliyaviy yil davomida tolanmasa, qisqa muddatli investitsiya sifatida turkumlanmaydi), tijorat veksellari (qisqa muddatli veksel bu korporatsiyalar tomonidan chiqarilgan ozining qisqa muddatli pul mablaglariga bolgan ehtiyojlarini moliyalashtiruvchi mablaglardir) va depozit sertifikatlaridan (tezda talab qilib olish mumkin bolmagan depozit sertifikatlari yoki bank depozitlari, muomaladan chiqarish yoli bilan tolanishi mumkin) iborat. Ekvivalentlar kassa schyotida hisobga olinadi va kopincha pul ekvivalentlarini hisoblashish vositalariga aylantirish ehtiyoji yoq.
Pul ekvivalentlari hamda yoldagi pul mablaglarining holati va harakati togrisidagi malumotlarni qayd qilish, umumlashtirish maqsadida 5600-«Pul ekvivalentlari va yoldagi pul mablaglari» schyotlaridan foydalaniladi. Ushbu schyotlar aktiv schyotlar bolib pul mablaglari schyotlarining guruhiga mansubdir. Pul ekvivalentlari 5600 schyotda nominal qiymati hisobida olib boriladi.
Yoldagi pul mablaglari, deganda tovar va mahsulotlarni sotish natijasida kassaga olingan naqd pulning bankdagi pul mablaglariga otkazish uchun inkassatorlarga topshirilgan, ammo bank tomonidan qabul qilinadigan tasdiqlanmagan naqd pul mablaglari kiradi. Ushbu malumotlarni qayd qilish va umulashtirish quyidagi schyotlar amalga oshiriladi:
5610 «Yoldagi pul ekvivalentlari(turlari boyicha)»
5620 «Yoldagi pul mablaglari(turlari boyicha)»
Ushbu mablaglar va muomalalarni tegishli schyotlarda qayd qilish quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi:
Tushgan naqd pullarni topshirganda - bankning pattalari , aloqa bolimlarining pattalari, inkassatorlarga topshirilganligini tasdiqlovchi kuzatuv qaydnomasining nusxasi va hokazolar;
Bosh subekt yuborgan mablagga sanasi, topshiriqnoma nomeri, miqdori, bank yoki aloqa bolimining nomi korsatilgan bildirishnomani olish.
Pul ekvivalentlarining hisobi har bir pul ekvivalenti (pochta markasi, davlat bojxona markasi, veksel va hokazo) boyicha alohida- alohida yuritiladi.
Xojalik yurituvchi subektlarda, ayniqsa, xizmat korsatuvchi sohalarda kassaga qabul qilingan naqd pullar masul xodimlar(inkassatorlar) orqali bankdagi pul mablaglari schyotiga topshirish uchun yuboriladi. Ushbu muomalalarni mahsulotlarni sotishdan olingan naqd pullarni(tushumlarni) topshirishni qayd qilish, yani saqlanish joyidan ketgan (inkassatorlarga topshirilgan) lekin yonaltirilgan joyiga kelib tushmagan naqd pullarni hisobga olish 5620-«Yoldagi pul mablaglari» schyotida olib boriladi. Ushbu schyot tranzit schyoti hisoblanib, u pul mablaglarining harakati va holati ustidan doimiy nazoratni ornatishda boglovchi bosqichini bajaradi.
5620 «Yoldagi pul mablaglari» schyotining debet tomonida kassadan inkassatorlarga topshirilgan naqd pullar aks ettiriladi va shu vaqtda 5010 va 5020 schyotlarining krediti tomonida qayd qilinadi. Ushbu mablaglar bankdagi tegishli pul mablaglari schyotlariga qabul qilingandan keyin esa 5620 «Yoldagi pul mablaglari» schyotining kreditidan pul mablaglarini schyotlarining 5110, 5210 debetiga otkaziladi.
Ushbu mablaglar hisobidan qisqa va uzoq muddatli kreditlar va boshqa shaxslarga bolgan qarzlar tolansa tegishli 6910-«Bankning qisqa muddatli kreditlari», 7510-«Bankning uzoq muddatli kreditlari, 6940-«Qisqa muddatli qarzlar» va 7690-«Boshqa uzoq muddatli tolovlar» schyotlarining debetida qayd qilib boriladi.
Ushbu schyotni bosh subekt ozining qaramogidagi mustaqil balansga otkazilgan bolinmalariga pul mablaglarini otkazishda ushbu mablaglar hisobot davrining oxirida tegishli schyotlariga otkazilmaganda qollaydi.
Shuningdek, mustaqil balansga otgan bolinmalarning pul mablaglari bosh subektga otkazilayotganda shunga oxshash holatlar vujudga kelsa, schyotni yuqorida keltirilgan tartibda qollaydilar.
Yuqoridagi schyotlarda mablaglardan qayd qilish uchun quyidagi hujjatlar asos bolib xizmat qiladi:
Kirim qilingan naqd pullarni topshirayotganda bankning va aloqa bolimining pattasi, bankning inkassatorlariga naqd pullarni topshirayotganda kuzatuvchi qaydnomaning nusxasi va boshqalar;
Bosh xojalik yurituvchi subekt ozining bolimlariga berilayotgan summalari boyicha otkazish uchun pul mablaglari qabul qilgan bank yoki aloqa bolimining nomi va summasi va avizo(xabarnoma)ning sanasi, tolov topshiriqnomasining nomeri korsatiladi.
Pul ekvivalentlari va yoldagi pul mablaglarining analitik hisobi ularning har bir turi boyicha ayrim olgan holda yuritiladi.
Yoldagi pul mablaglarining holati va harakatini schyotlarida aks ettirishning quyidagi chizmasi keltirilgan.