Dastlabki qiymat-aktivni xarid qilishda haqiqatda tolangan pul mablaglari yoki uni barpo etishda amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlardir. Xarid qilishning haqiqiy qiymati asosiy vositani xarid qilish va uni ishlatish uchun tayyor holga keltirishda qilingan barcha xarajatlarni, yani: xarid narxi, yuridik yigimlar va boshqa xarajatlarni oz ichiga oladi. Tashkilot tekinga olgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati ekspert yoli bilan bozor narxida baholangan qiymat boyicha tan olinadi. Tekinga olingan asosiy vositani kirim qilingan sanada amal qilgan narx asosida joriy bozor qiymati shakllantiriladi. Amaldagi narx togrisidagi malumotlar ham hujjatlar va ekspert yoli bilan tasdiqlanishi kerak.
Sotish qiymati-asosiy vositalarni bitim paytida manfaatdor taraflar ortasida ayirboshlash mumkin bolgan summadir.
Asosiy vositani pulga xarid qilinsa, uning qiymati kontraktda ikkilamchi bozorda faol ishlayotgan shu singari aktivga aniqlangan bozor narxi boyicha korsatilishi mumkin.
Asosiy vositani xojalik yurituvchi subektning ozi tomonidan yaratilgan va uni yaratish chiqimlarini aniq belgilash mumkin bolgan hollarda asosiy vosita haqiqiy tannarx boyicha aks ettiriladi.
Bazi vaqtlarda asosiy vositalarni qayta baholashga ehtiyoj tugiladi. Asosiy vositalarni qayta baholaganda asosiy vositaning butun zanjiri qayta baholanishi kerak. Qayta baholash natijasida asosiy vositaning balans qiymati kopaygan holda ushbu kopayish avvalgi bahodan oshadigan summada 8510-«Aktivlarni qayta baholash boyicha tuzatishlar» hisobvaragining kreditida aks etirilishi lozim. Qayta baholash natijasida asosiy vositaning balans qiymati kamaygan bolsa, bu kamayish avvalgi bahodan oshadigan summada xarajat sifatida tan olinadi.
Asosiy vositalar harakatini hujjatlarda rasmiylashtirish tartibi
Xojalik yurituvchi subektning asosiy vositalar harakatini hisobga olishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
Asosiyvositalarniqabul-topshirishdalolatnomasi (AV-1 shakl).
Dalolatnoma har bir obekt uchun yozilib, buxgalteriyaga beriladi va asosiy vositani hisobga olish inventar kartochkalariga yozish uchun asos bolib xizmat qiladi.
Tamirqilingan, tiklangan va takomillashtirilgan obektlarniqabul qilish- topshirish dalolatnomasi (AV-2 shakl).
Asosiy vositalarni tugatish togrisidadalolatnoma (AV-3 shakl). 4.Avtotransportvositalarinihisobdanchiqarishdalolatnomasi(AV-4shakl). Asosiyvositalarnihisobgaolishinventarkartochkasi (AV-6 shakl).
.Asosiy vositalarni qabul-topshirish dalolatnomalari va ushbu obekt texnik hujjatlari asosida har bir obektga inventar kartochkasi ochiladi.
Asosiy vositalarni hisobga olish boyichainventar kartochkalari royxati(AV-7 shakl).
Turkum guruhlari boyicha asosiy vositalar harakatini hisobga olish uchun qollaniladi. Kartochka malumotlari asosida asosiy vositalar harakati haqidagi hisobot tolgaziladi.
Asosiyvositalarinventarroyxati(AV-9shakl).
Asosiy vositalar xojalik yurituvchi subektga kelib tushganda rahbar tayinlagan komissiya har bir obekt boyicha alohida qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (yukxat)ni rasmiylashtirishi lozim (AV-1 shakli).
Dalolatnomada obekt tavsifi, turgan joyi, sotib olingan manbai, chiqarilgan yoki qurilgan yili, ishga tushirilgan sana, obektning sinov natijalari, uning texnik shartlarga muvofiqligi va boshqalar korsatilishi lozim.
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish umumiy dalolatnomasi bilan bir turdagi va narxi bir xil xojalik inventari, asboblar, stanoklar olinganligini rasmiylashtirish mumkin. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga pasportlar, ishlatish tartibi, yoriqnomalar ilova qilinadi.
Hisobga qabul qilingan asosiy vositalar har bir obektiga inventar raqami (soni) beriladi, masalan 0001 dan 0999 gacha inventar raqamlari binolarga, 1000 dan 1999 gacha inshootlarga, 2000 dan 2999 ga qadar bolgan raqamlar uzatish qurilmalariga beriladi va hokazo. Berilgan inventar raqami asosiy vositalar obektiga metall jetonni qoqib qoyish, boyoq bilan belgi qoyish va boshqa usullarda belgilab qoyiladi. Bu belgi obekt foydalanishda bolgan jami davr uchun saqlanadi va buxgalteriya hisobining barcha boshlangich hujjatlari hamda registrlarida korsatiladi. Obekt chiqim qilinganda uning inventar raqami yangi kirim qilingan asosiy vositalarga berilmaydi.
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi ilova hujjatlar bilan birga xojalik yurituvchi subekt buxgalteriyasiga topshiriladi. Buxgalteriya
dalolatnoma asosida belgilangan namunadagi inventar varaqasi ochadi (AV-6 shakli). Bu varaqada obekt haqidagi barcha malumotlar qayd etiladi (dastlabki yoki tiklanish qiymati, amortizatsiya ajratmalari meyori, kirim qilingan paytdagi eskirish darajasi). Songra inventar varaqalari asosiy vositalarning tasnif guruhlari boyicha maxsus royxat tuziladi (AV-7 shakli).
Royxatda qayd qilingan varaqalar asosiy vositalar kartotekasida tarmoq tasnif guruhlariga, guruh ichida esa turgan joyi, foydalanish joyi va turlari boyicha guruhlangan tartibda saqlanadi.
Ґarakatsiz asosiy vositalar obektlari varaqalari alohida guruhlanadi. Asosiy vositalarning chiqimi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va bu haqida inventar varaqasiga qayd qilinadi, songra varaqa kartotekadan olib qoyiladi.
Qayta baholangan asosiy vositalar obektlari tiklanish qiymati boyicha varaqaning «tamirlash, modernizatsiyalash» bolimiga yoziladi.
Qayta baholash chogida belgilangan eskirish summasi varaqaning tegishli bolimida korsatiladi.
Asosiy vositalar ishlatiladigan joylarda (xojalik yurituvchi subekt tsexlari, uchastkalari, bolimlari) hisob asosiy vositalarning inventar royxati boyicha olib boriladi (AV-9 shakli). Bunda hamma moddiy javobgar shaxslar bilan belgilangan namunada va ikki nusxada moddiy javobgarlik togrisida shartnoma tuziladi. Shartnomaning bir nusxasi har bir moddiy javobgar shaxsning buxgalteriya (shaxsiy) delosi (hujjatlari majmui)da, ikkinchi nusxasi shu xodimlarning ozida saqlanadi.
Hamma moddiy javobgar shaxslar asosiy vositalarni oz javobgarligiga olganini inventarizatsiya royxatiga imzo qoyib tasdiqlab beradi, asosiy vositalarning keyingi tushumlarida esa birlamchi hujjatlarga imzo qoyadi. Asosiy vositalarning har qanday kochishi (boshqaga berish, tugatish va boshqalar) moddiy javobgar shaxslarning ishtirokida rasmiylashtiriladi.
Olingan, hisobdan chiqarilgan xojalik yurituvchi subekt ichida joyi ozgartirilgan (kochirilgan) asosiy vositalarning inventar varaqalari tegishli qaydlar otkazilganidan keyin oy oxirigacha joy-joyiga qoymay, alohida saqlanadi. Chunki har oyda shu varaqalar asosida asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirish) hisob- kitoblari tuziladi, ularning har bir turi boyicha kirim, chiqim oborotlari jamlanadi va asosiy vositalar harakatini hisobga olish varaqasi toldiriladi.
Asosiy vositalar harakatini hisobga olish varaqasi (AV-8 shakli) joriy yil uchun yanvar oyi boshida ochiladi. Varaqada dastlab asosiy vositalarning borligi, turlari boyicha malumot 1 yanvar holatiga korsatiladi, songra har oyda oy davomidagi oborotlar yozuvidan keyin keyingi oyning 1 kunidagi holat boyicha asosiy vositalarning mavjudligi qayd etiladi. Shu malumotlar asosida asosiy vositalarning harakatining oborot royxati (vedomost)tuziladi. Uning yakunlari asosiy daftardagi yakunlar bilan solishtirilib chiqiladi va shu asosda xojalik yurituvchi subektning asosiy vositalari mavjudligi va ularning harakati togrisida hisobot tuziladi.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi AV-1 va AV-3 shakllaridagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Bu shakllarda chiqim qilinadigan obektlarning dastlabki qiymati va eskirish summasi qayd etiladi. Inventar varaqasi kartotekadan olinib, dalolatnomaga ilova
qilinadi. Asosiy vositalarning turgan orni boyicha inventar royxatida tegishli qaydlar qilinadi.
Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun quyidagi schyotlar ochilgan: