Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya (eskirish) hisoblash tartibi va usullari



Download 0,83 Mb.
bet61/160
Sana14.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#667259
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   160
Bog'liq
Buxgalteriya va moliya kitob

Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya (eskirish) hisoblash tartibi va usullari


«Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son buxgalteriya hisobining milliy standartida amortizatsiyani quyidagi usullarni qo’llash tavsiya etiladi;

  1. To’g’ri chiziqli usul (Straight-line method), bu usulda aktivdan foydalanishning butun davri mobaynida eskirishning doimiy summalarini hisoblab yozishdan iborat bo’ladi. Bu ob’ektning amortizatsiyalanadigan qiymati hizmat qilish muddatlari mobaynida teng ulushlarda hisobdan chiqarib boriladi. Demak, bu usulda nomoddiy aktivlarning har yildagi amortizatsiya summalari bir xil ko’rinishda bo’ladi, qoplanayotgan amortizatsiya bir hil sur’atda ortadi, natijada ob’ektning ichki qiymati bir xil darajada kamayib boradi. Shunga muvofiq to’g’ri chiziq usulida amortizatsiya ajratmalarini hisob-kitob qilish quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:

A q
q ки D(TеF T
TH ) ;


H
s
M
bu erda:
As-amortizatsiya summasi;
Dq-dastlabki qiymati; Tq-tugatilish qiymati;
TF-tugatishdan olingan foyda; TH-tugatilish bo’yicha xarajatlar; HM-hizmat qilish muddati.
Masalan, Mahsulotlar belgisiga bo’lgan guvohnomaning dastlabki qiymati 500000 so’m, undan foydalanish muddati 10 yil. Bu muddat ichida guvohnomaga har yili bir hil me’yorda amortizatsiya hisoblanadi.
Ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, birinchidan, guvohnoma uchun 10 yil davomida amortizatsiya ajratmasi bir hil tartibda hisoblangan, ikkinchidan, qoplanayotgan amortizatsiya summasi ham bir darajada ortib borgan, uchinchidan esa qoldiq qiymati proportsional ravishda kamayib boradi. Ushbu usulda amortizatsiya aktivning hizmat muddatini uzoq davom etishiga bog’liqligiga asoslanadi va amortizatsiya me’yorlari doimiy hisoblanadi.

  1. Bajarilgan ishlar xajmiga mutanosib taqsimlash usuli (Rroduction method) yoki ishlab chiqarish usuli. Bu usul ob’ektning foydaliligi ishlatishning butun davrida uning jami ishlab chiqarish tegishli o’lchov birliklari (natura, qiymat va mehnat o’lchovlari) da baholanishiga asoslangan. Hisob-kitob qilinayotgan amortizatsiya ekspluatatsiya natijasi bo’lib, unda hisobot vaqtlari hech qanday ahamiyatga ega bo’lmaydi.

Amortizatsiya ajratmalari bilan mahsulot birligi o’rtasida bog’liqlik bo’lib, jamg’arilayotgan amortizatsiya (accumulated depriciation) ortib boradi, aktivning qiymati esa aksincha kamayib boradi. Ushbu holda foydalanishning i- yildagi nomoddiy aktiv amortizatsiyasi quyidagi formula bo’yicha hisoblab chiqiladi:

Ai
q( Dq TП)i



;
n

П
1i

bunda Dq - nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati;
Tq foydalanishning oxirgi n-yildagi tugatish qiymati; Pi - n-yildagi ishlab chiqarish;
P –foydalanishning butun davridagi jami ishlab chiqarish; n – ob’ektning hizmat qilish muddati.
Masalan, sanoat mulk ob’ektlaridan foydalanib ( foydalanish uchun huquqiy muhofaza patent) olingan mahsulotlar birligi shartnoma bo’yicha kirimga olingan patentning dastlabki qiymatiga nisbatan aniqlanadi.

  1. Jadallashtirilgan hisobdan chiqarish usuli (Accelerated methods). Bu usulda amortizatsiya to’g’ri chiziqli usulga nisbatan ikki barobar tez hisoblanadi. Aktivning qiymati birinchi yilda oxirgi yilga nisbatan deyarli sezilarli qismi hisobdan chiqariladi. Shuning uchun amortizatsiyaning bu usulini ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda

«Soliq amortizatsiyasi» deb ham yuritiladi. Bunday amortizatsiyadan soliqqa tortiladigan foydani aniqlashda foydalanilishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayonlarining takomillashib borishi nomoddiy aktivlardan foydalanish muddatlarini qisqartirish, ularni muddatida hisobdan chiqarish kerakligini taqazo etadi. Jadalashtirilgan amortizatsiya usulining mohiyati shundan iboratki nomoddiy aktivlardan foydalanishning dastlabki yillarida ular boshlang’ich qiymatining asosiy qismi hisobdan chiqariladi. Bizning fikrimizcha ko’ra bunga:
birinchidan, nomoddiy aktivlardan eng ko’p muddatda foydalanish ularning dastlabki yillariga ko’p to’g’ri keladi;
ikkinchidan, amortizatsiya qilinadigan nomoddiy aktiv tezlikda ma’naviy eskirgan taqdirda uni almashtirish yoki yangisini xarid qilib olish uchun maxsus zahira yaratish maqsadga muvofiqdir;
uchinchidan, amortizatsiya qilinadigan ob’ektlardan foydalanishning oxirgi yillariga to’g’ri keladigan, ularni tuzatishga sarflanadigan harajatlar ulushini ishlab chiqarish tannarxiga ko’paytirmasdan (amortizatsiya summasining bu yillarda kamayishi hisobiga) aks ettirilishi lozim.
Jadallashtirilgan usulda amortizatsiyani hisoblanganda sonlar ya’ni kumulyativ usulini ham qo’llash maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Chunki amaldagi me’yoriy xujjatlarda bu masalaga etarlicha yondoshilmagan.
Amortizatsiya bo’yicha sonlar yig’indisi usulini qo’llash yaxshi samara keltiradi. Sonlar yig’indisi (Sum-of-the-years-digits method) bo’yicha hisobdan chiqarish ya’ni kumulyativ usul aktivni xizmat qilish yillari summasi orqali aniqlanadi va bu summa hisoblash koeffitsientida mahraj bo’lib xizmat qiladi. Koeffitsientning sur’atida aktivning hizmat muddati oxirigacha qolgan yillar soni turadi, bu teskari tartibda ko’rsatiladi. Sonlar yig’indisi-nomoddiy aktivdan foydalanishda yillar mobaynidagi tartib raqamlarini qo’shishdan olingan summa bo’lib, tegishli yilning amortizatsiya me’yori ob’ektning dastlabki qiymati bilan uning likvidlik qiymati o’rtasidagi farqqa ko’paytiriladi. Umumiy formula quyidagi ko’rinishda bo’ladi.


i
A ( n
i 1) ( Dq Tq ) ;
S

bunda – S- jami yillar.
Amortizatsiya boshlanadigan ob’ektlardan foydalanish muddati etarlicha

davomli bo’lgan taqdirda sonlar yig’indisi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish