Iqtisodiyotni yuksalish davrida bozor raqobatiga javob beradigan mahsulot (ishlar, hizmatlar)larni ishlab chiqarishda eski mulk orniga yangisini sotib olish, eskisini sotish hisobiga daromadlar olish har bir tadbirkorning muhim vazifasidir.
Nomoddiy aktivlar quyidagi sabablarga kora hisobdan chiqariladi: - toliq amortizatsiyalanganda:
qisman amortizatsiyalanganda:
sotilganda:
tekinga berilganda:
ustav sarmoyasiga qoshilganda.
Bu «Nomoddiy aktivlar» buxgalteriya hisobi milliy standartining 47-48 bandlarida va «Nomoddiy aktivlarni baholash, Intellektual mulkni baholash» standartlarida ham oz ifodasini topgan. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishning moliyaviy natijalari balansdagi va soliqqa tortiladigan foydaning miqdoriga bevosita tasir korsatadi.
Nomoddiy aktivlar hisobdan chiqarilganda hisobdan chiqarish dalolatnomasi (NMA-3 shakl) tuziladi. Uni xujjatda nomoddiy aktivlarni xojalikdan chiqarish sababi, balans qiymati, amortizatsiya meyori, amortizatsiyaning jami qiymati korsatiladi. Nomoddiy aktivlar belgilangan hizmat muddatlari davomida amortizatsiyalanib boradi va hizmat muddati tugagandan song toliq amortizatsiyalanib hisobdan chiqariladi.
Bu aktivlar boshqa aktivlardan farqli olaroq toliq amortizatsiyalangandan song ulardan qayta foydalanilmaydi va qoldiq qiymati nolga teng boladi.
Nomoddiy aktivlar toliq amortizatsiyalanganda hisobdan chiqarish quyidagi buxgalteriya yozuvlari orqali amalga oshiriladi;
Debet:9220«Boshqaaktivlarningsotilishivaturlichiqimi»schyoti Kredit: 0410-0490 «Nomoddiy aktivlar» schyoti. Tadqiqot natijalari shuni korsatdiki, nomoddiy aktivlar boyicha «Schyotlar rejasi»da malum yangi schyotlar kiritish zaruriyati kelib chiqmoqda. Bizning fikrimizcha schyotlar rejasiga alohida «Patentlarni sotilishi va hisobdan chiqarilishi» (9230) deb nomlangan schyotni kiritish maqsadga muvofiq bolar edi, Natijada bir vaqtning ozida patentning amortizatsiyalanish qiymati buxgalteriya yozuvlarida alohida aks etgan bolur edi. Buni quyidagicha ifodalash mumkin:
Debet:0510-«Patentningamortizatsiyasi»schyoti Kredit:9230-«Patentlarnisotishvahisobdanchiqarilishi»schyot Patentlarni hisobdan chiqarishda «Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi» (NMA-3 shakl) bilan birga tomonlar ortasida tuzilgan shartnomalar ham asos boladi. Nomoddiy aktivlarni sotish yani realizatsiya qiymati bu-bitim (shartnoma) tuzilayotgan paytida manfatdor taraflar ortasida ayirboshlash mumkin bolgan summa hisoblanadi. Nomoddiy aktivlar xizmat muddati davomida hisobdan chiqarilib, uchinchi bir yuridik yoki jismoniy shaxslarga sotilganda olingan daromad yoki zarar nomoddiy aktivning balans (qoldiq) qiymati osishidagi tafovut sifatida belgilanadi. U «Moliyaviy natijalar togrisidagi hisobot»da (2-shakl) daromad yoki xarajat sifatida tan olinadi. Yangi schetlar rejasiga muvofiq nomoddiy aktiv obektlarni sotishdan olingan daromad (foyda) «Boshqa aktivlarning sotilishi va turli
chiqimdan olingan foyda» (9320) schyotining «Nomoddiy aktivlarning sotilishi va turli chiqimdan olingan foyda» (9321) schyotida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet:9220«Boshqaaktivlarnisotilishivaturlichiqimlari»schyoti Kredit: 9320«Boshqa aktivlarning sotilishi va turli chiqimdan olingan foyda» schyoti
Nomoddiy aktivlarning sotilishi jarayonida olingan foydani togri hisobga olish maqsadida 9321 schetning «Nomoddiy aktivlarning sotilishi va turli chiqimidan olingan foyda» schyotini taklif etamiz.
Nomoddiy aktivlarni sotilishidan korilgan zararlarni (9432) «Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va turli chiqimi boyicha zararlar» schetida aks ettiriladi: