Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Moliyaviy faoliyatdan olingan moliyaviy natija hisobi



Download 0,83 Mb.
bet151/160
Sana14.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#667259
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   160
Bog'liq
Buxgalteriya va moliya kitob

Moliyaviy faoliyatdan olingan moliyaviy natija hisobi.


Moliyaviy faoliyat daromad va xarajatlarini shakllantirish tartibi 2-son "Asosiy xo’jalik faoliyatidan daromadlar", 6-son "Lizing hisobi", 12-son "Moliyaviy investitsiyalar hisobi" Buxgalteriya hisobi milliy standartlari va «Xarajatlar tarkibi to’g’risida»gi Nizom bilan tartibga solinadi.


Moliyaviy faoliyat bo’yicha daromad va xarajatlar to’g’risidagi axborotni aks ettirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
9510 "Royalti ko’rinishida daromadlar" 9520 "Dividendlar ko’rinishida daromadlar" 9530 "Foizlar ko’rinishida daromadlar"
9540 "Valyuta kurslaridagi farqlardan daromadlar" 9550 "Uzoq muddatli ijaradan daromadlar"
9560 "Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar" 9590 "Moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar"
9610 "Foizlar ko’rinishida xarajatlar"
9620 "Valyuta kurslaridagi farqlardan zararlar"
9630 "qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish xarajatlari" 9690 "Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar"
9610- hisobvaraqda esa royalti bo’yicha to’langan (hisoblab yozilgan) summalar yuritiladi. Bu hisobvaraq hisob-kitoblar va pul mablag’larini hisobga olish hisobvaraqlari bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi.
Masalan, oluvchi tarafda royalti bo’yicha daromad hisoblab yozildi: Dt 4850 "Olinadigan royalti”
Kt 9510 "Royalti ko’rinishida daromadlar” uni olish chog’ida:
Dt 5110 "Hisob-kitob hisobvarag’i" Kt 4850 "Olinadigan royalti".
To’lovchi xo’jalik yurituvchi sub’ektda royalti bo’yicha summalar to’lanishi: Dt 9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar"
Kt 5110 "hisob-kitob varagi”
9520-hisobvaraqda boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ulushbay ishtirok etishdan olingan daromadlar va xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli aktsiyalar bo’yicha dividendlar aks ettiriladi.
Masalan, dividendlar ko’rinishida daromad aks ettirildi:
Dt 4840 "Olinadigan dividendlar"
Kt 9520 " Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar " uni olish chog’ida:
Dt 5110 "Hisob-kitob varagi”
Kt 4840 " Olinadigan dividendlar"
Hisob-kitob hisobvaraqda uzoq muddatli va joriy investitsiyalar bo’yicha foizlar
ko’rinishida daromadlar‚ 9610-hisobvaraqda esa banklar‚ mahsulot etkazib beruvchilar kreditlari va zaemlar bo’yicha foizlarni to’lash xarajatlari aks ettiriladi.
Masalan, berilgan zayomlar bo’yicha foizlar hisoblab yozilgan:
Kt 9530 "Foizlar ko’rinishida daromadlar" Dt 4830 "Olinadigan foizlar"
Ularni olish chog’ida:
Dt 5110 «Hisob-kitob hioobvarag’i» Kt 4830 "Olinadigan foizlar .
To’lovchida foizlarni hisoblab yozish (olingan zayomlar bo’yicha) Dt 9610 "Foizlar ko’rinishida xarajatlar"
Kt 6920 "Hisoblab yozilgan foizlar". To’lash chog’ida:
Dt 6920 "Hisoblab yozilgan foizlar" Kt 5110 "Hisob-kitob varagi".
Foizlar bo’yicha hisoblab yozilgan xarajatlar zayom (kredit)ning balans qiymatiini kupaytirgan eski hisobvaraqlar rejasidan farqli ravishda hisobvaraqlarlar rejasida zayom va kreditlar (6800, 7800-hisobvaraqlar) foizlar bo’yicha qarzdan alohida hisobga olinadi (6920-hisobvaraq), ya’ni zayom (kredit)ning balans qiymatii hisoblab yozilgan foizlar miqdoriga o’zgarmaydi.
9540-hisobvaraqda valyuta hisobvaraqlari bo’yicha musbat kurs farqlariga doir, shuningdek xorijiy valyutalardagi operatsiyalar bo’yicha daromadlar, 9620- hisobvaraqda esa manfiy kurs farqlari va xorijiy valyutalardagi operatsiyalar bo’yicha zararlar aks ettiriladi.
Masalan, valyuta hisobvarag’i bo’yicha musbat kurs farqi aks ettirildi: Kt 5210 "Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari"
Dt 9540 "Valyuta kurslaridagi farqlardan daromadlar" Valyuta hisobvarag’i bo’yicha manfiy, kurs farqi:
Dt 9620 "Valyuta kurslaridagi farqlardan zararlar” Kt 5210 "Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari"

«Buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarda xorijiy valyutidagi operatsiyalarni aks ettirish tartibi to’g’risida»gi Nizomga ko’ra (1085-son, 2001 yil 16 noyabr) xo’jalik yurituvchi sub’ektlar balansning valyuta moddalarini har oyda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo’yicha valyuta hisobvarag’idan bank ko’chirmalari asosida, kurslar farqida hosil bo’lgan musbat farqni -"Kelgusi davrlar daromadlari" hisobvarag’iga, manfiy farqi - "Kelgusi davrlar xarajatlari" hisobvarag’iga kiritish bilan amalga oshiradilar.


Balansning valyuta mablag’larini har oyda qayta baholash natijasida jamg’arilgan musbat va manfiy kurs farqlari quyidagi tartibda moliya- xo’jalik faoliyati natijalariga kiritiladi:
-xorijiy valyutadagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo’yicha - ularni undirish hamda (hisobdan chiqarish)ning borishiga karab:
qolgan hollarda - balansning tegishli valyuta moddalari bilan xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishning borishiga qarab. Balans valyuta moddalarini so’m ekvivalentida qayta baholash hisobot oyining oxirgi kunidagi Markaziy bank kursi bo’yicha amalga oshiriladi.
Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning valyuta hisobvarag’ida 100 ming dollar bor. Oldingi oyning oxirgi kunida Markaziy bankning kursi 1 dollarga 600 so’mni, hisobot oyining oxirgi kunida esa 1 dollarga 610 so’mni tashkil etdi.
hisobot oyi uchun kurs farqi quyidagicha aniklanadi: (610-600) x 100 000=1000 000 so’m.
Ya’ni kurs farqi summasi balans valyuta moddalarining qayta baholashgacha va undan keyingi qiymatilarini qiyoslash yo’li bilan aniqlanadi.
Balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiritiladi:

  • kassadagi, bankdagi depozit va ssuda hisobvaraqlaridagi valyuta mablag’lari, shu jumladan akkreditivlar;

  • xorijiy valyutadagi pul hujjatlari;

-xorijiy valyutada ifodalangan qiska muddatli va uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar;
-debitorlik va kreditorlik qarzlari, xorijiy valyutada olingan kredit va zayomlar.
Quyidagilar qayta hisoblanmaydi:
-xo’jalik yurituvchi sub’ektning xorijiy valyutaga xarid qilingan mol-mulki (asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, tovar moddiy boyliklari);
-ustav kapitali hajmlari va xo’jalik yurituvchi sub’ekt, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi xo’jalik yurituvchi sub’ekt muassislari (ishtirokchilari) ulushlarining nisbati.
Masalan, uskuna xorijiy valyutaga xarid qilingan, uning qiymatii valyutada 800 ming dollarga teng. Uskunaning qiymatiini milliy valyutada hisoblash uchun ushbu operatsiyani ro’yxatdan o’tkazish sanasidagi ayirboshlash kursi kabul qilinadi. Ushbu uskunani olish paytida kursning 1 dollar uchun 900 so’mga tengligini hisobga olib, uning qiymatii 720 000 ming so’m deb baholanadi, maxsulot etkazib beruvchidan kredi-torlik qarzi ham ana shuncha summaga baholanadi. Uskuna qiymatii valyuta kursi uzgarganida uzgarmasligi kerak, lekin maxsulot etkazib beruvchidan kreditorlik qarzi summasi har bir oy oxirida, uni undirib bo’lishga kadar, kayta hisoblab boriladi. Aytaylik, hisobot oyining oxirgi kunida kurs 1 dollar uchun 910 so’mni tashkil etdi, ya’ni, kreditorlik qarzi summasi so’m ekvivalentida endi 720000 ming so’mni emas, balki 728 000 ming so’mni tashkil etadi.
- Ushbu manfiy kurs farqi (720000 - 728000) kelgusi davrlar xarajatlari sifatida aks ettiriladi;
Dt 3290 "Boshqa muddati kechiktirilgan xarajatlar" 8000
Kt 6010 "Mahsulot etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar" 8000.
To’lash paytida kurs 1 dollar uchun 915 so’mni tashkil etdi, ya’ni mahsulot etkazib beruvchiga xo’jalik (800 x 915)=732 000 ming so’m o’tkazildi.
Bu holda bir hisobot davri doirasidan chiqmaydi manfiy kurs farqi darhol zararlarga kiritiladi:
Dt 6010 «Maxsulot etkazib beruvchilar valyuta moddalari bilan xo’jalik operatsiyalarini pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar» 728 000
Dt 9620 "Valyuta kurslaridagi farqlardan zararlar»4000
Kt 5210 "Mamlakat ichidagi valyuta xusobvaraklari" 732 000.
Ilgari 3290-hisobvaraqda aks ettirilgan kurs farqi ham to’lash paytida zararlarga hisobdan chiqariladi:
Dt 9620 "Valyuta kurslaridagi farqlardan zararlar» 8000 Kt 3290 "Boshqa muddati kechiktirilgan xarajatlar" 8000.
Jami: mazkur operatsiya bo’yicha valyuta kurslaridagi farqlardan zararlarning umumiy summasi 12000 ming so’mni tashkil etadi.
«Chet el valyutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to’g’risida» Nizomga ko’ra (Adliya vazirligi tomonidan 2001 yil 16 noyabrda 1085-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) zarar ko’rishga yo’l qo’ymaslik maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga kreditorlik qarzini undirish (hisobdan chiqarish)ning uzil-kesil muddatiga qadar mazkur qarz bo’yicha jamg’arilgan manfiy kurs farqini ularni qoplash uchun etarli bo’lgan daromadlar doirasida moliya-xo’jalik faoliyati natijalariga hisobdan chiqarishga ruxsat beriladi.
9550-hisobvaraqda, garchi moliyaviy lizing o’z tabiatiga ko’ra uzoq muddatli ijaradan anchagina farqlansada, shuningdek moliyaviy lizing shartnomasi bo’yicha mol-mulki uzoq, muddatli ijaraga berishchdan daromadlar aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida lizing operatsiyalarini aks ettirish masalasi juda murakkabligi uchun biz faqat ayrim jixatlarga tuxtaymiz.
"Lizing hisobi" 6-son BXMSga ko’ra lizing beruvchi bilan lizing oluvchi o’rtasida xo’jalik va boshqa faoliyatni mustakil amalga oshirish maqsadida ko’char va ko’chmas mulkdan vaqtincha foydalanish huquqini lizing oluvchiga taqdim etish to’g’risida lizing bitimi (shartnomasi, kontrakti) tuzish natijasida barpo etilgan xo’jalik qarz munosabati hisoblanadi.
Lizing shartnomasi bo’yicha bir taraf - lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) - boshqa taraf - lizing oluvchi (ijarachi)ning topshirigiga ko’ra - uchinchi taraf ~ ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) bilan undan o’z mablag’lari hisobiga lizing oluvchi uchun mol-mulk xarid qilish uchun bitim tuzish majburiyatini oladi, lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing to’lovlarini to’lash majburiyatini oladi.
Moliyaviy lizingning moxiyatini tushunish uchun, xo’jalik yurituvchi sub’ektga yuk avtomobili kerak deb faraz qilaylik, u bevosiga sotib olinganda xo’jalik yurituvchi sub’ektga 10 000 ming so’mga tushgan bulardi. o’z mablarlari bulmasa, xo’jalik yurituvchi sub’ekt bankdan kredit (yoki boshqa manbalardan) olishi mumkin. Kredit olib, avtomobil sotib olinsa, xo’jalik yurituvchi sub’ekt balansida uzoq, muddatli aktiv asosiy vosita va uzoq, muddatli majburiyat - 10000 ming so’m summasida bankdan qarz paydo bo’ladi. Moliyaviy lizingn hisobga olib, biz unga uzoq muddatli qarz va aktivni xarid qilish ko’rinishini ham beramiz.
Bu misolni bir oz boshqacha kurib chikamiz va xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy lizing shartnomasi bo’yicha qiymatii 30 000 ming so’m bo’lgan yuk avtomobilini oldi deb faraz k,ilaylik, avtomobilni uning uchun lizing oluvchi uchinchi tarafdan o’z mablag’lariga sotib olgan. Bunda uning ijaraga olingan har bir yili uchun turt yil mobaynida lizing shartnomasi bo’yicha lizing beruvchiga 10800 ming so’m to’lash zarur. Demak, butun lizing davri uchun 4 x 10800 = 43200 ming so’m to’lash lozim. Haqiqatda shunday bo’ladiki. lizing beruvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektga 30 000 ming so’m miqdorida (avtomobil narxi) zayom beradi. uni foizlar bilan birga teng ulushlarda k,aytarish kerak. Lizing to’lovlari summasi (43200) bilan lizingga olingan aktiv miqdori (30000) o’rtasidagi farq, moliyaviy lizingning foizli elementi bo’ladi va lizing oluvchi uchun xarajat (zayom taqdim etganlik uchun to’lov), lizing oluvchi uchun esa daromad hisoblanadi.
Ushbu aktiv bo’yicha eskirishni hisoblab ezish har qanday boshqa aktiv kabi amalga oshiriladi. har bir lizing to’lovi ikki turli to’lov sifatida hisobga olinadi: to’lovning bir qismi qarz asosiy summasini (30000 ming so’m) undirishdan iborat bo’ladi, binobarin, balansida majburiyat kamayadi. To’lovning boshqa qismi “kredit” dan foydalanganlik uchun foiz hisoblanib, balansda emas, balki moliyaviy natijalar to’g’risida hisobotda aks ettiriladi, bunda xo’jalik yurituvchi sub’ektning foydasini kamaytiradi.
Har bir lizing to’lovi qarz koldigiga foiz stavkasi o’zgarmas bo’lib qoladigan qilib (bu esa uzoq muddatli qarz, hisobining asosiy tamoyillaridan biridir), ushbu ikki qismga bulinadi. Foiz stavkasining miqdori moliya bozori kon’yukturasiga, inflyatsiya darajasi va majburiyatni bajarmaslik mumkinligi bilan bog’lik xatar darajasiga bog’liqdir. Yuk avtomobili misolida stavka 16,5 foiz miqdorida belgilangan.
Barcha uzoq muddatli majburiyatlar singari, lizing bo’yicha majburiyatlar ham joriy muddatli - ya’ni joriy davrda to’lash lozim bo’lgan qarz summasi - va uzoq, muddatli majburiyatlarga bo’linishi kerak. 6950-“Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qism” hisobvarag’i lizing oluvchining joriy muddatli, 7910-"To’lanadigan uzoq, muddatli ijara" hisobvarag’i esa uzoq muddatli majburiyatlarni aks ettiradi, ular asosiy qarzni to’lashni o’z ichiga oladi. Lizing bo’yicha foizlar, yuqorida ta’kidlanganidek, balansda aks ettirilmaydi. Ularni hisoblab yozish lizing to’lovlarini taqsimlash jadvaliga muvofiq, amalga oshiriladi.
Xullas, avtomobilni moliyaviy lizing shartnomasiga ko’ra opishda buni oluvchida quyidagi tarzda aks egtirish lozim:
Dt 0310 "Uzoq. muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar" 30 000 Kt 6950 "Uzoq, muddatli majburiyaglar –joriy qism” 4950
Kt 7910 "To’lanadigan uzoq muddatli ijara"25050.
Lizing to’lovlari joriy qismining hisob-kitobi pulning vaqt qiymati tamoyilidan foydalangan holda "Lizing hisobi" 6-son BXMSga ko’ra amalga oshiriladi.
6950 hisobvaraq krediti bo’yicha joriy to’lovning hisoblab yozilgan summasi, debeti bo’yicha esa - lizing beruvchiga to’langan summa aks ettiriladi.
Xarajatlarni foizlar bo’yicha hisoblab yozish (30 000 dan 16,5%):
Dt 9610 "Foizlar ko’rinishida xarajatlar" 4950
Kt 6920 "Hisoblab yozilgan foizlar" 4950.
Har yili amalga oshiriladigan to’lov (10800 ming so’m) ikki qismdan ~ qarzning asosiy summasini so’ndirish va foizlar to’lashdan iborat bo’ladi:
Dt 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy k,ism"4950 Dt 6920 "Hisoblab yozilgan foizlar'' 4950
Kt 5110 "Hisob-kitob varagi" 10800.
Kt 4810 "Uzoq muddatli ijara bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar"
4950
Kt 9550 "Uzoq muddatli ijaradan daromadlar" 1650.
9560 hisobvaraqda qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta
baholashni o’tkazishdan. daromadlar aks ettiriladi. qimmatli qog’ozlarni qayta baholash bilan bog’liq xarajatlarni 9690-"Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar" hisobvarag’ida aks ettirish mumkin.
Masalan, qisqa muddatli qimmatli qog’ozlar qayta baholandi
Dt 5810 "Qimmatli qog’ozlar"
Kt 9560 "Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar".
Uzoq muddatli investitsiyalar qayta baholanganda qayta baholashdan daromad rezerv sarmoya hisobvaraqlarida aks ettiriladi:
Dt 0610 "Qimmatli qog’ozlar"
Kt 8510 'Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar".
Biroq 12-son BXMS 22-bandiga ko’ra bozor qiymatii bo’yicha qayta baholangan qimmatli qog’ozlar sotilishi chog’ida rezerv sarmoya hisobvaraqlarida aks ettirilgan kushimcha baholashning butun summasi joriy davr daromad (yoki taksimlanmagan foydani kupaytirish) sifatida aks ettiriladi;
Dt 8510 "Mol-mulkni kayga baholash bo’yicha tuzatishlar"
Kt 9560 "qimmatli qog’ozlarni kayga baholashdan daromadlar". qimmatli qog’ozlar narxi tushirilganda:
Dt 9690 "Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar" Kt 5810 "qimmatli qog’ozlar".
Uzoq muddatli qimmatli qog’ozlarning bozor qiymatii kamayganida uni ushbu qimmatli qog’ozlar bo’yicha avvalgi qayta baholash doirasida rezerv sarmoyani kamaytirish hisobiga kompensatsiyalash mumkin. Ushbu qimmatli kog’ozlar bo’yicha yaratilgan rezervdan oshib ketadigan narxni tushirish summasi xarajat sifatida tan olinadi.
Masalan, qimmatli qog’ozlarning bozor qiymati 60 ming so’mga kamaydi, avvalgi qayta baholash hisobiga yaratilgan rezerv esa 50 ming so’mni tashkil etadi:
Dt 8510 "Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" 50 000
Dt 9690 "Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar" 10 000.
Kt 0610 "Qimmatli qog’ozlar" 60000
9630-hisobvaraqda qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarkatish bilan bog’liq, xarajatlar pul mablag’lari va hisob-kitoblarni hisobga olish hisobvaraqlari bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi.
Masalan, qimmatli kog’ozlarni chiqarish bo’yicha xarajatlar to’landi:
Dt 9630 "Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarkatish bo’yicha xarajatlar" Kt 5110 "Hisob-kitob varagi".
9590-hisobvaraqda moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar aks ettiriladi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish