Xojalik yurituvchi subekt faoliyatining moliyaviy natijasini tariflovchi asosiy korsatkich bolib, balans (yalpi) foyda va zarari hisoblanadi.
Moliyaviy natijani aniqlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54 sonli qarori bilan «Mahulot (ishlar , xizmatlar )ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to grisidagi Nizom»ning yangi qaytadan ishlab chiqilgani tasdiqlanib 1999 yilning 1 yanvaridan boshlab amalga tadbiq etildi.
Ushbu Nizomning ahamiyati katta bolib, u soliqqa tortiladigan foyda bilan buxgalteriya schyotida (balans foyda) hosil boladigan foyda farqini aniqlash imkoniyatini beradi.
Xarajatlar tarkibi togrisidagi Nizom bir tomondan xojalik yurituvchi subektlarga hisobot davri ichida sodir bolgan xarajatlar va daromadlar togrisidagi aniq malumotlarni olish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan soliq qonunlariga binoan soliq organlariga hisobotlarni tuzib topshirish imkoniyatini beradi.
Xojalik yurituvchi subekt balans foydasini aniqlash uchun sotishdan tushgan tushumdan olib tashlanadigan xarajatlar royxati ushbu Nizomning asosiy matnida keltirilgan. Bundan keyin xojalik yurituvchi subekt buxgalteriya hisobi schyotlarida korsatilgan foydani soliq qonunchiligiga binoan tuzatib (korrektirovka qilib), soliqqa tortiladigan foydani aniqlaydi. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi foydani soliq qonunchiligiga binoan tuzishga misol qilib normadan ortiq xarajatlangan safar xarajatlari, reklama xarajatlari va boshqalarni keltirish mumkin.
Demak, soliqqa tortiladigan bazani hisoblab chiqish uchun bu xarajatlar (1 va 2 ilovaga binoan) ni soliqqa tortiladigan foydaga qaytadan qoshish kerak. Buning natajasida xojalik yurituvchi subekt quyidagi malumotlarga ega boladi:
qancha va xojalik yurituvchi subektning qaysi bolinmalaridan ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqaruv faoliyati natijasida foyda olindi;
xojalik yurituvchi subektning yakuniy faoliyatiga davlatning soliq siyosati qanchalik tasir qilganligi;
yakuniy natijada xojalik yurituvchi subekt byudjetga qancha pul otkazib berishi.
«Xarajatlar tarkibi togrisida»gi Nizomda aytilganidek, ishlab chiqarish xojalik faoliyati natijasida xojalik yurituvchi subekt tomonidan daromad quyidagi asosiy bolimlar boyicha aks ettiriladi:
sotishdan olingan sof tushum;
asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar (operatsion daromadlar);
moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
favqulodda foyda.
Moliyaviy natija quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi: