Rezerv kapitali schyotlarida xojalik yurituvchi subekt tasis hujjatlarida odatdagidek uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda yuzaga keladigan inflyatsion rezervlarga muvofiq foyda hisobiga tashkil qilinadigan rezerv hisobi uchun moljallangan.
8510«Aktivlarni qayta baholash boyicha tuzatishlar» schyoti qayta baholash natijasida aktivlar qiymatini oshishini hisobga oladi.
Asosiy vositalarni qayta baholash, odatda, hukumat qaroriga kora nomoddiy aktivlar qimmatli qogozlar va boshqa uzoq muddatli investitsiyalarni bozor qiymatigacha qayta baholash aktivning bozor qiymatini aniq belgilashi mumkin bolgan sharoitda xojalik yurituvchi subekt hisob siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda qayta baholashni shunday amalga oshirish kerakki har bir hisobot sanasidagi aktivning balans qiymatii uning bozor qiymatiidan keskin farqlanmasin.
Misol. Kompaniyaning qimmatli qogozlari 800 ming somlik balans qiymatiiga ega. Ularning hisobot davri oxiridagi bozor qiymati 880 ming somga oshgan.
Agar xojalik yurituvchi subekt oz investitsiyalarini qayta baholangan qiymati boyicha hisobga olsa u holda qayta baholashdan olingan daromad rezerv sarmoya schyotlarida aks ettirilishi lozim.
0610 «Qimmatli qogozlar» hisobvaragi debeti 80000 som.
8510 «Aktivlarni qayta baholash boyicha tuzatishlar» hisobvaragi krediti 80000 som.
Agar navbatdagi hisobot davriga kelib bu qimmatli qogozlarning bozor qiymatii kamaysa unda mazkur qimmatli qogozlar boyicha avvalgi qayta baholash doirasida rezerv sarmoyaning kamaytirish hisobiga uni qoplash mumkin. Bu qimmatli qogozlar boyicha tashkil etilgan rezervdan oshuvchi narxning pasayish summasi xarajat sifatida tan olinadi.
Asosiy vositalarni (xukumat qaroriga binoan) qayta baholash summasi shuningdek oz kapitalining oshishi sifatida aks ettiriladi.
Balans qiymatidan yuqori bahoda boshqa xojalik yurituvchi subekt ustav kapitaliga mol-mulkni kiritish chogida ham «Rezerv sarmoya» schyotida qollaniladi.
TMB kabi joriy aktivlarni qayta baholash buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillarini («extiyotkorlik» yoki «konservatizm» tamoyillari) zid keladi hamda
«Tovar moddiy rezervlar» 4 son BHMSga muvofiq TMZ tannarxi va sof foyda qiymatiidan eng kam baho boyicha baholanadi. Biroq agar garchi TMZni qayta baholash amalga oshirilgan bolsa qayta baholash summasi ularni sotish (yoki ishlab chiqarishga jalb etish) tadbirlari boyicha xojalik yurituvchi subektning daromadiga qoshiladi.
Faqatgina favqulodda holatlarda (rezervlarni bahosini pasiyishida rezervlarga zarar etishida ularning eskirishida) TMB bahosi pasayadi hamda shuningdek oz kapitali schyotlarga tasir korsatmaydi.
8520 «Rezerv kapitali» hisobvaragida turli rezervlar hisobga olishda foydalaniladi.
Aktsiyadorlik jamiyatlari rezerv kapitali ustavda belgilangan miqdorda unga kadar har yili sof foydadan ajratmalar yuli bilan shakllantiriladi:
8710 «Hisobot davridagi taksimlanmagan foyda (koplanmagan zarar)» hisobvaragi debeti.
8510 «Rezerv kapitali» hisobvaragi krediti.
Rezerv kapitali uning zararlarini qoplash imtiyozli aktsiyalar boyicha dividentlar tolash aktsiyadorlar talablariga kora aktsiyalarni sotib olish jamiyat obligatsiyalarini sondirish qarzni hisobdan chiqarish hamda boshqa sondirish imkoniyatlari mavjud bolmaganda boshqa maqsadlar uchun moljallangan.
Masalan hisobot davrida foyda majud bolmaganda imtiyozli aktsiyalar boyicha dividentlar tolanadi:
8510 - «Rezerv kapitali» hisobvaragi debeti.
6610 «Tolov uchun dividendlar» hisobvaragi krediti.
Xojalik yurituvchi subekt tugatilayotganda turli debitorlarning qarzlari hisobdan chiqariladi.
8510 - «Rezerv kapitali» hisobvaragi debeti.
4010 «Buyurtmachi va xaridorlardan olinadigan hisobraqamlar» hisobvaraqlari krediti.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi xojalik yurituvchi subektlarda tasis hujjatlarida belgilangan miqdorlarda rezerv kapitalini tashkil etish ham qonun hujjatlarida nazarda totilgan. Adliya vazirligidan 1997 yil 29 dekabrda royxatdan otkazilgan. «Yuridik shaxslardan undiriladigan daromad (foyda) soligini hisoblash va tolash tartibi togrisida»gi 382 son yoriqnomaga muvofiq xorijiy investitsiya ishtirokidagi xojalik yurituvchi subektlar uchun soliqka tortiladigan daromad rezerv fondiga 20% gacha miqdorda ajratmalar summasiga mazkur fond ustav kapitalining 25% i miqdoriga etgunga qadar kamaytiriladi.
Tasis hujjatlariga va hisob siyosatiga muvofiq turli maqsadlarga uchun rezerv fondi boshqa xojalik yurituvchi subektlarda ham tashkil etilishi mumkin.
Rezervlarni tashkil qilish bilan bogliq bolgan muomalalar 2010, 2310, 2510, 9400 schyotlarning debetida va 8910 «Kelgusi davr xarajatlari va tolovlar rezervi» schyotining kreditida aks ettiriladi.
Tashkil etilgan rezerv hisobidan qoplangan xarajatlar summasiga 8910
«Kelgusi davr xarajatlari va tolovlar rezervi» schyoti debetlanib, 2310
«Yordamchi ishlab chiqarish», 6710 «Mehnat haqi boyicha xodimlar bilan hisob kitoblar» schyotlari kreditlanadi.