Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Ustav kapitalining oshirilishi



Download 0,83 Mb.
bet143/160
Sana14.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#667259
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   160
Bog'liq
Buxgalteriya va moliya kitob

Ustav kapitalining oshirilishi


Muassislarning karoriga asosan mavjud muassislarning qo’yilmalari oshishi, yangiliklarni jalb etish, shuningdek xo’jalik yurituvchi sub’ektning taksimlanmagan foydasi hisobiga ustav kapitali oshirilishi mumkin.

Yangi muassisni (a’zo)ni jalb etish.


Yangi a’zo jamiyat muassisi bo’lishi mumkin:

  • Ustav kapitali ulushini bitta yoki bir necha sherikdan sotib olish yo’li orqali;

  • Qo’shimcha kapital qilish yo’li bilan.

Biroq istalgan holda uning nomzodi avvalgi a’zolarning barchasi tomonidan ma’qullanishi lozim.
Birinchi holatda kapital sotib olingan ulushi oldingi muassis kapitali hisobvarag’idan yangisinikiga o’tkaziladi.

Muassislar tarkibidan chiqish.


Muassis tarkibidan chiqishga hamda o’z ulushini olishga qaror qilganda quyidagi provodkalar qayd etiladi:
8330 – «Pay va ulushlar» hisobvarag’i debeti.
6620 – «Chiqib ketayotgan muassislardan ulushlari bo’yicha qarzlar» hisobvarag’i krediti.
Agar muassis chiqib ketayotgan paytda MChJ ma’lum jamg’arilgan foydaga ega bo’lsa, u holda ta’sis hujjatlarida belgilangan nisbatga muvofiq unga ham, mazkur holatda 70% yoki 30% berilishi lozim.
8720 – «Jamg’arilgan foyda» hisobvarag’i debeti.
6620 – «Chiqib ketayotigan muassislarda ulushlari bo’yicha qarzlar» hisobvarag’i krediti.
Muassis chiqib ketayotiganida olgan jamg’arilgan foyda summasidan jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad soliqlarini to’lashlari lozim. Muassisning ustav kapitalidan (8330 hisobvaraqlardan) o’z qo’yilmasini qaytarib olishi xech qanday chegirmalarsiz sof tarzda amalga oshiriladi.
Chiqib ketayotgan muassis oldidagi qarz so’ndirilgan holat quyidagicha aks ettiriladi:
6620 – «Chiqib ketayotgan muassislardan ulushlari bo’yicha qarzlar» hisobvarag’i debeti.
5010, 5110 – «Pul mablag’lari» hisobvarag’i krediti.
Aktsiyadorlik jamiyatlaridagi (korporatsiyalardagi) ustav kapitali yoki aktsiyadorlik kapitali, odatdagidek, chiqarilgan (chiqarilishiga ruxsat etilgan) aktsiyalarning nominal yoki e’lon qilingan qiymatiga teng bo’ladi.
Aktsiya – aktsiyadorlik jamiyati mol-mulkidagi ulushga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi qimmatli qog’oz yoki boshqacha qilib aytganda, karporatsiyaning mol- mulki birligidir. Korporatsiya chiqarish mumkin bo’lgan aktsiyalarning eng yuqori miqdori ustavda belgilanadi.
Aktsiyaning nominal qiymatii – qimmatli qog’ozda ko’rsatilgan qiymati‚
aktsiyadorlik jamiyati kapitalining hajmini belgilaydi va aktsiya emissiya chiqarishga ruxsat etilganligini ro’yxatdan o’tkazishda belgilanadi.
Misol. Aktsiyadorlik jamiyati ta’sis hujjatlarida ko’rsatilishicha‚ oddiy (odatdagi) aktsiyalar soni 20000 dona‚ bir dona aktsiyaning nominal qiymati 100 so’m‚ 2000000 so’mlik summadagi aktsiyalarni chiqarishga ruxsat etilgan. 20000 dona aktsiyadan xozircha 7000 dona sotilgan‚ chiqarilgan aktsiyalarning qolgan 3000 donasi sotilmagan deb tasavvur kilaylik.
Hisobda aktsiyadorlik kapitali tuzilmasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:

  • Chiqarilishga ruxsat etilgan aktsiyalar 20000 dona – 2000000 so’m. Shu jumladan:

  • Sotilganlari 17000 dona – 1700000 so’m; ulardan haqi to’lanmaganlari 700000 so’m‚ haqi to’langanlari 1000000 so’m.

  • Sotilmaganlari – 3000 dona - 300000 so’m

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish