8530 «Imtiyozli aktsiyalar» hisobvaragi imtiyozli aktsiyalar qismida ularning nominal qiymati boyicha aktsiyadorlik kapitalining holati va harakati haqidagi malumotlarni jamlaydi. Imtiyozli aktsiyalarning taxliliy hisobi xuddi oddiy aktsiyalar hisobi kabi amalga oshiriladi.
8530«Payvaquyilmalar»hisobvaragi aktsiyadorlik jamiyatlaridan tashqari boshqa hamma tashkiliy-huquqiy shakldagi xojalik yurituvchi subektlar: davlat va xususiy korxonalar, shirkatlar va sherikchilikda xojalik yurituvchi subektlar uchun ustav kapitalining holati va harakati haqidagi malumotlarni jamlashga moljallangan.
Davlat korxonalarida esa bu ustav fondi deb nomlanadi, u davlat tomonidan xojalik yurituvchi subektga ajratilgan asosiy va oborot vositalar majmuidan iborat.
Ulushli kapitali xojalik faoliyatini amalga oshirish uchun shirkat azolar tomonidan kiritilgan ulushlar jamidir.
Ustavkapitali tasis hujjatlarida belgilangan doiradagi faoliyatni taminlash uchun xojalik yurituvchi subektni tashkil etish chogida uning mulkiga muassislar (azolar) qoshgan ulushlarining jamini (nominal qiymati boyicha hissalari, aktsiyalar) pul birligida ifodalashdir.
Shunday qilib, tashkil etilgan xojalik yurituvchi subektning ustav kapitali uning muassislari tomonidan qoshilgan mablaglaridan toplanib boradi. U bir vaqtning ozida muassislarning jamoaviy mulki hamda yuridik shaxs bolgan xojalik yurituvchi subektning mulki hisoblanadi. Bu nuqtai nazardan qaraganda ustav kapitali bir tomondan xojalik yurituvchi subektning oz mablaglari fondi, boshqa tomondan esa har bir muassisning mulki sifatida namoyon boladi.
Ustav kapitalini shakllantirish tartibi Ozbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va tashkiliy-huquqiy shakliga muvofiq tasis hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ustavni royxatga otkazish paytida elon qilingan ustav kapitalining butun miqdori quyidagi provodka orqali ifodalanadi:
4610 «Ustav kapitaliga badallar boyicha mulkdorlar qarzlari» hisobvaragi debeti.
8310 (8312, 8313) «Ustav kapitali» hisobvaragi krediti.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq xojalik yurituvchi subekt mulkdorlar xojalik yurituvchi subekt royxatidan otkazilgandan keyin bir yil mobaynida oz ulushlarini toliq qoshishlari shart.
Xojalik faoliyatining 3 ta asosiy tashkiliy-huquqiy shakli mavjud: yakka egalik, xojalik jamiyatlari va shirkatlari aktsiyadorlik jamiyati (korporatsiya).
Yakka egalikdagi ustavni royxatga otkazish chogida royxatga olingan ustav kapitali (UK) hajmi yozuvida kayd etiladi:
4610 «Ustav kapitaliga badallar boyicha mulkdorlarning qarzi» hisobvaragi debeti.
8510 «Ustav kapitali» hisobvaragi krediti.
Bunda 8330 hisobvaraqda xojalik yurituvchi subekt yagona mulkdor ulushining miqdori aks ettiriladi. Xususiy korxona amaldagi qonun hujjatlariga kora oz ustavini ustav kapitali miqdorini malum qilmasdan ham royxatdan otkazish huquqiga ega.
Ustav kapitaliga ulushlarning kelib tushishi ustav kapitali hisob varagiga tasir korsatmaydi, balki muassis qarzini sondiradi. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ustav kapitaliga badallar daromad hisoblanmaydi va soliqqa tortilmaydi.
Muassis ustav kapitaliga turli aktivlarni kiritish mumkin, biroq ularning turlari albatta koxona ustavida aks ettirilishi shart. Maslan, agar koxonaning ustav kapitali faqatgina pul mablaglari hisobiga toldiriladi deb ustavda yozilgan bolsa, u holda muassis ustav kapitaliga asosiy vositalarni kirita olmaydi. Bu hol ustav koidasining buzilishi sifatida tavsiflanadi.