Bunda: SF yilning sof foydasi;
YaF mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda; AFF asosiy faoliyatdan olingan foyda;
AFZ asosiy faoliyatdan olingan zarar;
UF umumxojalik faoliyatidan olingan foyda; oZ umumxojalik faoliyatidan olingan zarar; STF soliq tolangunga qadar foyda;
STZ soliq tolangunga qadar zarar.
Maxsulot sotishdan olingan yalpi foyda esa oz navbvtida quyidagicha aniqlanadi:
YaF = MT - QQS Akts IT
Bunda:
YaF maxsulot sotishdan olingan yalpi foyda; MT maxsulot (ish, xizmat) lar sotishdan tushum; QQS - qoshilgan qiymat soligi;
Akts aktsiz soli gi;
IT sotilgan mahsulot (ish, xizmat) larning ishlab chiqarish tannarxi.
Asosiy faoliyatdan korilgan foyda yoki zarar esa quyidagicha aniqlanadi:
AFF=YaFDXBDBZ Bunda:
AFF asosiy faoliyatdan olingan foyda; YaF yalpi foyda;
DX davr xarajatlari;
BD asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; BZ asosiy faoliyatdan korilgan boshqa zararlar.
Umumxojalik faoliyatidan olingan moliviy natija quyidagicha aniqlanadi:
UF = AFF + MD MX
Bunda:
UF umumxojalik faoliyatidan olingan foyda; AFF asosiy faoliyatdan olingan foyda;
MD moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; MX moliyaviy faoliyat xarajatlari.
Soliq tolangunga qadar foyda esa quyidagicha aniqlanadi:
STF = UF + FF FZ
Bunda:
STF soliq tolangunga qadar foyda;
UF umumxojalik faoliyatidan olingan foyda; FF Favqulodda foyda;
FZ favqulodda zarar.
Moliyaviy natijalarning shakllanishi yangi schyotlar rejasining 9 bolimidagi quyidagi tranzit schyotlarda hisobga olinadi:
9000 «Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar» 9100 «Sotilgan maxsulotlarning tannarxi»
9300 «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» 9400 «Davr xarajatlari»
9500 «Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar» 9600 «Moliyaviy faoliyat boyicha xarajatlar» 9700 «Favqulodda foyda (zarar) lar»
9900 «Yakuniy moliyaviy natija»
Xarajatlar tarkibi to grisidagi Nizomdga «Sotishdan sof tushum» tushunchasi kiritilgan. Sotishdan olingan sof tushum yangi schyotlar rejasi boyicha 9000 «Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar» schyotining kreditidan olinadi. unga tovarlarning qaytarilishi, xaridorlar uchun berilgan chegirmalar va boshqalar kiritilmaydi.
Xojalik yurituvchi subektlar xarajatlar, daromadlarning hisobini yuritish va yakuniy moliyaviy natijalarni aniqlash uchun yangi schyotlar rejasida quyidagi schyotlar ajratilgan: