Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) hisobi
Aktsionerlik kapitalining muhim bir qismi hisoblangan taqsimlanmagan foyda hisobot davrida ishlab topilgan barcha daromadlardan shu davrning barcha xara-jatlarini ayirib topilgan sof foyda hisobidan yuzaga keladi. Ya’ni sof foyda taqsimlanmagan foyda summasini ko’paytiradi, shu bilan birga hisoblangan divi-dendlar summasi uni kamaytiradi. «Тaqsimlanmagan foyda» hisobvarag’idagi kre-ditli qoldiq foyda summasini jamg’arilib borayotganidan dalolat beradi. Agar hisobot davrida qilingan xarajatlar summasi shu davrda olingan daromadlardan ko’p bo’lsa, oxir oqibatda bu holat «Тaqsimlanmagan foyda» hisobvarag’ida debetli qol-diqning yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin. Debetli qoldiq summasi balansning "Aktsiyadorlik kapitali" bo’limida aks ettirilib, umumiy kapital summasidan ayirib tashlanadi. Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ning holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlar hisobini yuritish uchun quyidagi hisobvaraqlar ko’zda tutilgan:
«Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»;
«Jamgarilgan foyda (qoplanmagan zarar)»
Hisobot davrida yuzaga kelgan sof foyda summasini taqsimlanmagan foydaga qo’shilishi quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Dt «Yakuniy moliyaviy natija»
Kt «Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi»
Agar hisobot davri yakuniga ko’ra umumiy moliyaviy natija zarar bilan chiqsa, unda buxgalteriya yozuvi quyidagicha bo’ladi:
Dt «Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi»
Kt «Yakuniy moliyaviy natija»
Тaqsimlanmagan foyda hisobidan xo’jalik yurituvchi subьektlarda «Zahira kapitali» tashkil qilinishi mumkin. Bu xo’jalik muomalasi bilan bog’liq buxgalteriya yozuvi avvalroq keltirilgan. Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi hisobidan aktsiyadorlarga dividendlar hisoblanishi mumkin.
Dividendlar hisobi. Dividend foydaning soliqlar va majburiy to’lovlar to’langanidan, qayta investitsiya amalga oshirilganidan keyin aktsiyadorlar jamiyati ixtiyorida qoladigan va aktsiyadorlar o’rtasida taqsimlanishi kerak bo’lgan qismi. Jamiyat aktsiyalarining har bir turi bo’yicha e’lon qilingan dividendlarni to’lashi shart. Aktsiyadorlar jamiyati umumiy yig’ilishi qaroriga ko’ra dividendlar naqd pul yoki kushimcha aktsiya chiqarish bilan to’lanishi mumkin. Amaldagi qonunchilikka asosan aktsiyadorlik jamiyati yilning har choragi, har yarim yil yoki yil yakuniga ko’ra divi-dend to’lash bo’yicha qaror qabul qilishga haqlidir. Pul dividendlari jamiyat sof foydasining aktsionerlarga pul shaklida taqsimlanishini bildiradi.
7-misol. 2004 yilning 26 may kuni aktsiyadorlar yig’ilishi qaroriga asosan kompaniyaning 2003 yil yakuniga ko’ra olingan 2000000 so’mlik foyda hisobidan 15% lik pul dividendlari to’lash to’g’risida qaror qabul qildi. Dividendlar 2003 yilning 10 iyunyunidan boshlab to’lanadi.
2004 yil 26 may, dividendlar hisoblanishi muomalasiga
2004 yil 10 iyun, dividendlar to’lanishi muomalasiga
Dt «Тo’lanadigan dividendlar» 300000
Kt «Pul mablag’lari» 300000
Aktsiyalar bilan to’lanadigan dividendlar kompaniya aktivlari yoki majbu-riyatlarining o’zgarishlarga olib kelmaydi, ular faqat kapital tuzilishining o’zga-rishiga sabab bo’ladi. Aktsiyadorlik jamiyatining boshqaruv kengashi quyidagi maqsad-larda aktsiyalar bilan to’lanadigan dividendlarni e’lon qilishi mumkin:
kompaniya joriy aktivlarini tejash;
muomaladagi aktsiya miqdorini ko’paytirish orqali aktsiyalarning bozor bahosini tushirish;
ikki karrali soliqqa tortishdan qutilish, chunki taqsimlanmagan foydani bunday tarzda taqsimlanishi daromad hisoblanmaydi va tegishli tartibda soliqqa tortilmaydi;
jamiyatning to’langan kapitalini taqsimlanmagan foyda mablag’lari hiso-bidan ko’paytirish.
Aktsiyalar bilan to’lanadigan dividendlar summasi balansda «
Тaqsimlanmagan foyda» moddasidan «Ustav kapitali» va agar aktsiyalar nominal qiymatdan yuqori baholarda sotilsa, «Qo’shilgan kapital» moddasiga o’tkaziladi.
8-misol. Aktsiyadorlik jamiyati 200x yil uchun dividendlar e’lon qilingunga qadar nominal qiymati 1000 so’m bo’lgan va to’liq joylashtirilgan 10000 ta aktsiyadan tashkil topgan hamda uning kapitali shunday tarkibga ega bo’lgan, so’m
Ustav kapitali 10000000
Qo’shilgan kapital 3000000
Тaqsimlanmagan foyda 2000000
Jami aktsiyadorlik kapitali 15000000
200x yilning 22 aprelida aktsiyadorlar yig’ilishi 15 martgacha ro’yxatdan o’tgan aktsiyadorlar o’rtasida taqsimlanishga mo’ljallangan muomalada bo’lgan aktsiyalar soniga nisbatan 10% miqdorida aktsiyalar bilan to’lanadigan dividendlarni e’lon qildi. 12 aprelda aktsiyalarning bozor qiymati 1200 so’mni tashkil etdi.
Dt «Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi 1200000
Kt «Ustav kapitali» 1000000
Kt «Qo’shilgan kapital» 200000
10000 aktsiya x 10% = 1000 aktsiya
1000 aktsiya x 1000 so’m nominal qiymat = 1000000 so’m 1000 aktsiya x 200 so’m nomi-naldan ortiqcha qiymat = 200000 so’m. Ushbu xo’jalik muomalasidan keyin balansning «Aktsiyadorlik kapitali» moddasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
Ustav kapitali 11000000 (10000000 +1000000)
Qo’shilgan kapital 3200000 (3000000 + 200000)
Тaqsimlanmagan foyda 800000 (2000000-1200000)
Jami aktsiyadorlik kapitali 15000000
Хalqaro tajribaga ko’ra aktsiyalar bo’yicha to’lanadigan dividend miqdori 20% gacha bo’lganida aktsiyalar bozor bahosida to’lanishi, undan ortganida esa nominal qiymatida joylashtirilishi tavsiya etiladi. Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi hisobidan zahira kapitali tashkil qilinib, dividendlar to’lab bo’lingach, qoldiq summa «Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)» hisobvaragiga o’tkaziladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi: