Favqulodda hodisalar hisobi quyidagi hisob varaqdarda aks ettiriladi:
9710 "Favqulodda foydalar" 9720 "Favqulodda zararlar". Zararlar singari favqulodda daromadlar ham uchta mezonga muvofiq, bolishi kerak:
juda kamyob (lekin muxim) xodisa bolish;
xojalik yurituvchi subektning odatiy faoliyati bilan xech qanday aloqaga ega bolmaslik;
xojalik yurituvchi subekt rahbariyatining qarorlariga bogliq, bolmaslik.
Ushbu asosiy mezonlarni etiborga olib, shuni ham unutmaslik kerakki. ular juda kup hollarda qanday daromadlarni (zararlarni) Favqulodda (ekstraordinar) deb topish mumkin degan savolga batafsil javob bermaydi. Na soliqka oid, na buxgalteriya qonunlari bu masalani xal etmaydi, holbuki buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarida u ancha anik, tariflangan. Masalan, favqulodda moddalarga quyidagilar: mol-mulkni tortib olish natijalari, yirik baxtsiz xodisalar oqibatlari, joriy etilgan qonunlar yoki meyoriy hujjatlarga muvofiq taqiqlar natijasida yuzaga kelgan zararlar va xokazolar kiritiladi.
Tabiiy ofatlardan keyin inventarlash chogida aniklangan TMZlar etishmasligini aks ettirish favqulodda daromadlar va xarajatlar hisobvaraqalaridan foydalanishga misol bolishi mumkin;
Dt 9720 "Favqulodda zararlar"
Kt 1010 "Xom ashyo va TMZlar".
Soliq va yigimlarni tolash uchun foydani ishlatish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi;
9810 "Daromad (foyda) soligi boyicha xarajatlar"
9820 "Foydadan boshqa soliq va yigimlar boyicha xarajatlar".
9810, 9820-hisobvaraqlar debeti boyicha daromad (foyda) soligi, yagona soliq yalpi tushumdan yagona soliq, infratuzilmani rivojlantirish soligini hisoblab yozish byudjetga tolovlar boyicha qarzni xipobga olishning tegishli hisobvaraqlari bilan korresppndentsiyada aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqlar hisobot yili tugagach, yillik buxgalteriya hisobotinn tuzish chogida 9910-"Yakuniy moliyaviy natija" hisobvaragi debetiga yopiladi.
Buxgalteriya hisobi milliy standartlari pa 21-son BKMSga kora hisobot davri uchun daromad (foyda) soligi boyicha xarajatlar vaqt farqlari soliq samarasining hisobi asosida belgilaiadi.
Biz uchun yangi bolgan bazi bir tushunchalarga tuxtaymiz. Daromad (foyda) soligi boyicha xarajatlar
hisob siyosatiga muvofiq, xiisoblab chiqariladigan daromad (foyda) soligi summasi (9810-hisobvaraq).
Tolanadigan daromad (foyda) soligi - soliq togrisidagi qonunlarga binoan hisoblab chiqariladigan daromad (foyda) soligi summasi (6410-hisobvaraq).
Keyinga koldirilgan soliq majburiyati- soliq solinadigan vaqt farqlariga nisbatan kelgusi davrlarda tolanadigan daromad (foyda) soligi summasi (6250, 7250-hisobvaraqlar).
Keyinga koldirilgan soliq talabi - chegiriladigan vaqt farqdariga nisbatan kelgusi davrlarda koplanadigan daromad (foyda) soligi summasi (0950, 3210- hisobvaraqlar).
Kelgusi davrlarda keyinga koldirilgan soliq talabining hisobi ushbu davrlarda soliq solinadigan daromadning kamayishida ifodalanadi. Keyinga koldirilgan soliq majburiyati kelgusida soliq solinadigan daromadni kupaytiradi.
Masalan, xojalik yurituvchi subektning soliq solinadigan daromadi hisobot davrida 850 ming somni, 3210 -"Vaqt farqlari boyicha muddati kechiktirilgan daromad (foyda) soligi hisobvaragi boyicha saldo 80 ming somni tashkil egadi. Buning manosi shuki, utgan hisobot davrlarida soliq solinadigan daromad balans foydasidan katta bolgan, xojalik yurituvchi subekt esa byudjetga hisob siyosatiga kora hisoblab yozilganidan 80 ming som kop summani tolagan.
Muddati kechiktirilgan daromad (foyda) soligi summasi bolmasa, aytaylik, vaqt farqlari boyicha 3210-hisobvaraqda byudjetga 850 000 x 20% = 170000 som tolanishi kerak edi. Biroq 3210-hisobvaraq boyicha saldo bu summani kamaytiradi va xojalik yurituvchi subekt byudjetga 80000 somni kam tolaydi:
Dt 6410 "Daromad (foyda) soligi boyicha byudjetdan qarz
80 000
Kt 3210 Vaqt farqlari boyicha muddati kechiktirilgan daromad (foyda) soligi" 80 000.
Demak, xojalik yurituvchi subekt unga nisbatan chegirmalar amalga oshirilishi mumkin bolgan, etarlicha soliq, solinadigan daromadni ishlab topgan takdirdagina xojalik yurituvchi subekt soliq, tolovlarini qisqartirish shaklida iktisodiy foyda oladi. Shuning uchun xojalik yurituvchi subekt unga nisbatan chegiriladigan vaqt farqlari ishlatilishi mumkin bolgan soliq solinadigan daromad olishi extimoli mavjud bolganda keyinga koldirilgan soliq, talabini tan olishdan ma-no bor.
Biroq, agar xojalik yurituvchi subekt etarlicha soliq solinadigan daromadni ishlab topmasa, meyoriy hujjatlardan u chegiriladigan vaqt farqlarini keyingi davrlarga otkaza olishi mumkinligi ravshan emas. Agar otkaza olsa, oldindagi kancha davrlarga otkazishi anik, emas.
Bundan shunday xulosa kelib chikadiki, ayniksa chegirilayotgan vaqt farqlarini keyingi davrlarga otkazish imkoniyatlari chegaralangan bolsa, xojalik yurituvchi subektlar soliqlarni rejalashtirishning turli variantlaridan foydalanishlari kerak.
Qaralayotgan holatda soliqlarni rejalashtirish imkoniyatlari - xojalik yurituvchi subekt avvalgi davrlardan otkazilgan vaqt, farqlarini chegirish uchun tegishli davrda soliq solinadigan daromadni yaratish yoki kupaytirish uchun amalga oshirishi mumkin bolgan harakatlardir.
Soliq solinadigan daromad keltiradigan biror-bir boshqa investitsiya olish uchun soliq solinmaydigan daromad (masalan, davlat qimmatli qogozlaridan daromad) keltiradigan aktivni sotish bilan ham yaratilishi mumkin.
Yana bir marta takidlash zarurki, 21-son BHMS vaqt farqlarini aks ettirish qismida soliq qonunchiligi bilan boglanmagan, zero unda vaqt farqlarining soliq hisobi tushunchasi mavjud emas. Shu sababli 21-son BXMS mazkur qismida xozirda buxgalteriya hisobi amaliyotida foydalanilishi mumkin emas. Yaqin orada bunga imkon yaratiladi deb umid kilamiz.
9820-hisobvaraq, xojalik yurituvchi subektlar foydasidan tolanadigan boshqa soliqlarni hisoblab yozishlarni aks ettirish uchun ishlatiladi. Masalan, infratuzilmani rivojlantirish soligi quyidagicha hisoblab yoziladi:
DT 9820 "Foydadan boshqa soliqlar va yigimlar boyicha xarajatlar" Kt 6410 "Byudjetdan tolovlar boyicha qarz".
9910-"Yakuniy moliyaviy natija" hisobvaragi hisobot yilida xojalik yurituvchi subekt faoliyatining Yakuniy moliyaviy natijasini shakllantirish togrisidagi axborotni umumlashtirish uchun muljallangan. Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) faoliyat ushbu turlari boyicha xarajatlar summasiga kamaytirilgan asosiy faoliyat boyicha daromadlar, moliyaviy faoliyat boyicha daromadlar va favqulodda daromadlarning moliyaviy natijasidan jamlanadi. 9910-hisobvaraq debeti boyicha xojalik yurituvchi subekt zararlari (xarajatlari), krediti boyicha esa -foydasi
(daromadlari) aks ettiriladi. Hisobot davri uchun debet va kredit aylanmalarini kiyoslash hisobot davrining Yakuniy moliyaviy natijasini korsatadi. Har bir hisobot davrining oxirida 9910-Yakuniy moliyaviy natija hisobvaragining debet va kredit tomonlari korsatkichlari kushiladi va hisobot davri uchun umumiy balans foydasi (yoki zarari)ni tavsiflaydigan, ushbu hisobvaraq boyicha umumiy saldo hisoblanadi.
Ґisobot yili tugagach, yillik buxgalteriya hisobotini tuzish chogida 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» hisobvaragi yopiladi. Hisobot yilining sof foydasi (zarari) 9910- hisobvaraqdan 8710-"Hisobot yilining taksimlanmagan foydasi (zarari)" hisobvaragining debetiga (zarar) yoki kreditiga (sof foyda) otkaziladi.
Foyda olinganda:
Dt 9910 "Yakuniy moliyaviy natija"
Kt 8710 "Hisobot davrining taksimlanmagan foydasi (koplanmagan zarar)" Zarar kilganda:
Dt 8710 "Hisobot davrining taksimlanmagan foydasi (koplanmagan zarari)" Kt 9910 "Yakuniy moliyaviy natija".
Do'stlaringiz bilan baham: |