15-BOB KORXONANING SEGMENTAR HISOBOTI.
Bozor munosabatlari sharoitida biznes segmenti deb ataluvchi yangi atama boshqaruv hisobiga kirib keldi, bu esa korxonaning malum qismini yoki nisbatan mustaqil bolinmasini muayyan vakolatlar va masuliyat berish maqsadida ajratishni bildiradi.
Boshqaruv buxgalteriya hisobi korxonaning tashkiliy tuzilmasiga amal qilgan holda, javobgarlikning turli markazlari majmuidan tarkib topadi. Segmentar hisobotni javobgarlik markazlari (biznes segmentlari) boyicha shakllantirilgan hisobot sifatida tariflash mumkin.
Bozor iqtisodiyoti tarkib topgan mamlakatlarda segmentlar boyicha hisobotni shakllantirish tartibi 14-sonli moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) bilan tartibga solinadi. Bu segmentar hisobot 1993 yildan amal qilib kelmoqda. Unga kora, segmentlarning ikkita, yani xojalik va jugrofiy turlari ajratib korsatiladi.
Jugrofiy segment bu muayyan iqtisodiy muhitdagi tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi va tavakkalchilik va foyda tasiridagi, tavakkalchiliklar va foydadan farq qiluvchi, segmentlarga xos bolgan, boshqa iqtisodiy shart-sharoitlarda amal qiluvchi ajratib chiqariladigan komponentdir.
Tashqi istemolchilar uchun segmentlar boyicha moliyaviy hisobotni tuzish tartibi Hisob siyosati va moliyaviy hisobot nomli Ozbekiston Respublikasining 1- sonli buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) bilan tartibga solinadi va Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan royxatga olingan. Ushbu standartlarning 96-bandida quyidagicha takidlanadi:
Hisob siyosati xususiyatlarining foydalanuvchilar uchun ustuvor jihatlari qaralganda korxona rahbarlarini tavakkalchilikni baholash imkoniyatlari va xojalik subektlarining kelgusidagi pul mablaglari oqimini nazarda tutishlari lozim. Hisob siyosati quyidagilarni oz ichiga olishi, ammo quyidagi axborotlar bilan cheklanmasligi lozim:
96.17. faoliyat turlarini, jugrofiy segmentlarni va xarajatlarni segmentlar ortasida taqsimlashni aniqlash1.
Shuni takidlash maqsadga muvofiqki, yuqorida korsatilgan meyoriy hujjatlarda segmentar hisob va hisobotni muammosi ozining toliq echimini topmadi.
Ozbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining 1-sonli Hisob siyosati va moliyaviy hisobot nomli milliy standarti Ozbekiston Respublikasi Buxgalteriya
1 Ozbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari. - T.: izd. AB i A, 2001, b 34.
hisobi togrisida gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan, Ozbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1996 yil 30 avgustdagi 1-sonli qarori bilan kuchga kiritilgan Qonunda takidlanganki, korxona rahbari hisob va hisobotning ichki xojalik tizimini, xojalik operatsiyalarini nazorat etish tartibini, tashqi istemolchilar uchun moliyaviy hisobotni, soliqlar va moliyaviy hujjatlarning boshqa shakllarini va h.k. larni tashkil etishga majbur (7-modda)2. Ushbu moddaga kora, korxona rahbari buxgalteriya hisobini yuritishni shartnoma boyicha ixtisoslashgan buxgalteriya firmasiga yoki buxgalteriyaning markazlashgan bolimiga (bunga xojalik yurituvchi subekt ham kiradi) topshirish huquqiga ega. Ushbu qonunning 22-moddasiga kora, buxgalteriya hisobini yuritishda maxfiylikka rioya qilinadi, buxgalteriya qaydlari mazmuni bilan tanishishga faqat rahbariyat ruxsati bilan yoki qonunchilikda ruxsat etilgan hollarda yol qoyiladi. Tashqi istemolchilar uchun moljallangan va moliyaviy hisob malumotlari bazasida ishlab chiqiladigan moliyaviy hisobotdan farq qilgan holda segmentar hisobot ichki istemolchilar uchun yaratiladi va maxfiy hisoblanadi. Amaliyot korsatadiki, kopincha shunday hollar ham mavjud boladiki, soliq va boshqa nazorat organlari boshqaruv hisobi va hisoboti malumotlariga togridan- togri kirib borish imkoniyatiga ega boladi.
Moliyaviy hisobotning shunday afzallik tomonini takidlash lozimki, agarda u moliyaviy holatini, uning faoliyati natijalarini tahlil etishda axborot bazasi sifatida qollanilsa, segmentar hisobot malumotlari esa biznesning har bir segmenti ish sifatini baholash imkonini beradi. Segmentlarni ajratishni taqozo etadigan, farq qiluvchi holatlarni, yani kopchilik omillarning mos tushishini 1-jadval boyicha korish mumkin.
2Buxgalteriya hisobi to’¨risidagi O’zbekiston Respulikasi ¡onuni-T.: Xal¢ so’zi, 1996 yil 12 sentyabr.
4-jadval
Xojalik va jugrofiy segmentlarning belgilari boyicha qiyosiy tavsifi
Mezon
|
Segmentlar
|
Xojalik
|
Jugrofiy
|
Segment hosil qilish uchun mezon (Ushbu segmentlarni ajratishni taqozo etadigan, kopchilik omillarning mos tushishi)
|
Mahsulotlar (ish va xizmatlar) ozaro bogliq boladi, agarda quyidagi hollarda
oxshashlik kozga tashlansa:
|
Bir nechta
mamlakatlardan guruh, alohida mamlakat, mamlakat ichidagi
mintaqa quyidagi hollarda:
Bir xildagi oxshash iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlar;
Amalga oshiriladigan operatsiyalarning aynanligi;
Mazkur jugrofiy tumanda operatsiyalar bilan bogliq, favqulodda tavakalchiliklar;
Valyuta nazoratining alohida qoidalari;
Valyuta operatsiyalaridan kutilayotgan tavakkalchiliklar.
|
|
Ularning tavsiflanishida;
|
|
Ishlab chiqarish jarayonlari tavsifida;
|
|
Mijozlar turi va tavsifida;
|
|
Ularni tarqatish usullarida;
|
|
Muayyan faoliyat turlari uchun tartibga soluvchi muhit talablarida (masalan, soliqlar, banklar va sugurtada)
|
Segmentlar boyicha (javobgarlik markazlari boyicha) hisobni tashkil etishga zarurat paydo bolganligi munosabati bilan boshqaruv hisobida uning chegaralarini aniqlashtirish lozim:
Mustaqil hisobot segmenti qanday korinishda bolishi lozim (yani, segmentar hisobot birliklarini ajratish mezoni);
Segmentlararo ozaro hisob-kitoblarga bahoni shakllantirishning qaysi usuli qollanilishi lozim;
Daromadlar va xarajatlar, aktivlar va majburiyatlarni segmentlarga taqsimlash uchun nima asos boladi?
Mustaqil hisobot segmenti shakllanishi shart-sharoitlari sifatida har bir xojalik va jugrofiy segmentning ichki hisoboti ishtirok etishi lozim, bunda quyidagi shartlar talab qilinadi:
Barcha segmentlarning tashqi va ichki daromadlari tashqi va segmentlararo daromadlarning kamida 10% ini tashkil etadi;
Segment foydasi (yoki zarari) barcha segmentlar umumiy natijasining kamida 10% ini tashkil etishi lozim;
Aktivlar barcha segmentlar aktivlar yigindisining kamida 10 % ini tashkil etadi;
Bozor sharoitlarida transfert narx hosil bolishi ham muhim ahamiyat kasb etadi, bunda bitta javobgarlik markazi yuzaga keladi va oz mahsuloti yoki xizmatlarini boshqa javobgarlik markaziga uzatadi, boshqacha aytganda bu jarayon bitta korxona segmentlari ortasida ichki hisob-kitob narxlarini ornatishdir.
Odatda, transfert narxlarni ornatish tamoyili bolib, shunday transfert narxlari xizmat qiladiki, u korxonaga eng yuqori darajadagi marjinal daromadni taminlaydi.
Transfert narxlari boyicha segmentar hisobotni tuzish munosabati bilan, shubhasiz transfert narxlarni hisob-kitob qilishning uchta usulini korib chiqishga togri keladi:
Bozor narxlari asosidagi;
Tannarx (ozgaruvchan yoki toliq) asosidagi, tannarx plyus tamoyili boyicha;
Shartnomaviy transfert narxlar asosidagi, mahsulot (xizmat korsatish) ishlab chiqarishdagi bozor konyukturasi va xarajatlari tasiri ostida.
Do'stlaringiz bilan baham: |