Moliyaviy risklar nazariyasi



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana06.02.2020
Hajmi1,35 Mb.
#38865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
UMK MRN 2018


53 
 
Bu  masalaning  dolzarbligi,  asosan,  ko’pgina  yirik  vakolatli  banklar  aktivlarining  asosiy 
qismini valyuta sohasiga yo’naltirilganligi,  ya'ni  xorijiy valyutadagi aktivlardan iboratligi bilan 
izohlanadi.  O’zbekiston  Respublikasi  hududida  valyuta  operatsiyalarini  amalga  oshirish 
tamoyillari va valyuta qimmatliklari bilan ishlash tartibi O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 
7  maydagi  «Valyutani  tartibga  solish  to’g’risida»gi  Qonuni  bilan  aniqlanadi.  Ushbu  qonun 
talablariga  muvofiq,  O’zbekiston  hududida  xorijiy  valyuta  bilan  bog’liq  barcha  hisob-kitoblar 
faqat  vakolatli  banklar  orqali,  ya'ni  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  valyuta 
operatsiyalarini o’tkazishga ruxsat beruvchi litsenziyasiga ega bo’lgan tijorat banklari tomonidan 
amalga  oshiriladi.  Bunday  litsenziyaga  ega  bo’lgan  tijorat  banklari,  vakolatli  banklar 
hisoblanadilar. 
Tijorat  banklarining  valyuta  faoliyatlarini  tartibga  solishda  ochiq  valyuta  pozitsiyasining 
yuritilishi haqidagi hisobot muhim vvin tutadi. Bu hisobot tahlil qilinishining zarurati, Markaziy 
bank tomonidan respublikadagi mavjud vakolatli banklarning valyutaviy risklarini kamaytirishga 
qaratilgan siyosati bilan izohlanadi. Chunki, Markaziy bank tomonidan vakolatli banklarga chet 
el  valyutasi  bilan  bog’liq  operatsiyalarga  limit  o’rnatiladi.  Bu  tartib  bo’yicha  bankning  o’z 
mablag’lariga nisbatan 20 foizgacha valyuta sotib olishi va sotishiga ruxsat bor. Bir valyuta turi 
bo’yicha  bu  ko’rsatkich  5  foiz  qilib  belgilangan.  Limit  o’rnatishning  asosiy  sababi,  vakolatli 
banklarning  valyutaviy  risklarini  kamaytirishdir.  Chunki,  vakolatli  banklar  barcha  aktivlarini 
chet el valyutalariga kuysa, va bu valyutalarning kursi jahon valyuta bozorida tushib ketsa, bank 
aktivlari  kamayishi  va  xatto  bank  bankrot  bo’lishi  mumkin  (bu  o’z  navbatida,  mamlakat 
iqtisodiyotining  sekin-astalik  bilan  inqirozga  yuz  tutishiga  olib  keladi).  Shuning  oldini  olish 
maqsadida, bu limit barcha vakolatli banklar uchun joriy qilingan.   
Valyuta pozitsiyasiga limit, har bir davlatda, uning iqtisodiyotining holati va mamlakatning 
moliyaviy  tizimining  o’ziga  xosligidan  kelib  chiqib  o’rnatilishi  ma'lum.Quyida  keltirilgan 
ma'lumotlar bunga  yorkin dalil  bo’ladi.Dunyoning  ayrim davlatlarida ochiq  valyuta pozitsiyasi 
quyidagicha miqdorda belgilangan: 
1. Avstriya: (1997 yil 31 dekabr holatiga) bir valyuta turi bo’yicha kun davomida 30 foiz 
va umumiy valyuta pozitsiyasi bo’yicha 50 foiz qilib belgilangan. 
2. Xitoy: (1998  yil 31 yanvar holatiga) kun davomida moliya institutlari xorijiy  valyutani 
oldi-sotdi qilishlarida kapitalga nisbatan 20 foiz hajmdan oshirmasliklari lozim. Shu bilan birga, 
kunning  oxirida,  ya'ni  valyuta  pozitsiyalarini  so`ndirishda  kapitalga  nisbatan  1  foiz  miqdorda 
ochik limit saqlashiga ruxsat etilgan. 
3.    Buyuk  Britaniya:  (1997  yil  31  dekabr  holatiga)  bu  yerda  ochiq  valyuta  pozitsiyasiga 
qat’iy  limit  o’rnatilmagan.  Lekin,  faqat  foizsiz  depozitlarning  0,35  foizi  Angliya  bankida 
saqlanishi ko’zda tutilgan. 

54 
 
4. Avstraliya: (1998 yil 31 mart holatiga) 1998 yil 27 martdan ochiq valyuta pozitsiyalariga 
limitni o’rnatish tashqi valyuta bozorida ishtirok etuvchi dilerlarga vakolat berilgan. 
5.  Shvetsiya: (1997 yil 31 dekabr holatiga) bir valyuta turi bo’yicha kun davomida 15 foiz 
va umumiy valyuta pozitsiyasi bo’yicha 30 foiz qilib belgilangan. 
6.  Vetnam:  (1997  yil  31  dekabr  holatiga)  kapitalga  nisbatan  umumiy  valyuta  pozitsiyasi 
bo’yicha 15 foiz limitbelgilangan. 
7.  Litva: (1997  yil 31 dekabr holatiga) bir valyuta turi bo’yicha ochiq valyuta pozitsiyasi 
bankning  kapitaliga  nisbatan  20  foiz  va  umumiy  valyuta  pozitsiyasi  bo’yicha  30  foizdan 
oshmasligi belgilangan. 
8.  Yevropaning ba'zi davlatlarida: (1997 yil 31 dekabr holatiga) ochiq valyuta pozitsiyalari 
Yevropa Hamjamiyatining direktivalari bilan tartibga solinadi. 
O’zbekiston  Respublikasida  hozirgi  vaqtda  amalda  Markaziy  bank  boshqaruvining  1998 
yilning  28-martida  392-  son  bilan  qabul  qilingan  «Ochiq  valyuta  pozitsiyasini  yuritilishi 
qoidalari» amal qiladi. 
Yuqorida  qayd  etilgan  tartibda,  bir  qator  o’z  echimini  topmagan  masalalar  uchraydi. 
Xususan,  qoidaning  2-bandi  bo’yicha:  ochiq  valyuta  pozitsiyasining  limit  miqdori  juda  kam 
o’rnatilgan.  Ya'ni,  barcha  xorijiy  valyuta  pozitsiyasi  bo’yicha  20  foiz,  aniq  bir  valyuta  turi 
bo’yicha  esa,  5  foiz.  Ushbu  foiz  miqdorlarini  qayta  qurish  kerak.  Chunki,  respublika  vakolatli 
banklari asosan, ikki valyuta (evro kiritilishigacha bo’lgan davrda asosan bitta - AQSH dollari) 
bilan ishladi. Demakki, ular o’z valyuta pozitsiyalarini maksimal darajada 10 foiz qiladilar. Yana 
boshqa bir valyutalar inobatga olinsa, bu ko’rsatkich eng ko’pi bilan 12-14 foizni tashkil qiladi. 
Ya'ni,  ulaming  pozitsiya  imkoniyatlari  cheklanadi.  Mazkur  vaziyatni  yaxshilash  uchun: 
birinchidan,umumiy valyuta pozitsiyasi miqdorini yana 5-10 foizga oshirish kerak. Chunki, joriy 
operatsiyalar  bo’yicha  konvertirlash  masalasi  to’la  hal  qilinsa,  banklar,  jumladan  ulaming 
mijozlari  hisoblangan  korxona  va  tashkilotlar  (mulk  shaklidan  qat’iy  nazar)  xalqaro  jahon 
bozoriga,  ya'ni  integratsiya jarayoniga jadal  kirishib  ketadilar. Demakki,  umumiy  pozitsiyaning 
miqdorini kamligi bu jarayongaxalakit berishi mumkin; ikkinchidan, har bir valyuta turi bo’yicha 
pozitsiya limitiniyana 5 foizga oshirish kerak. 
Mazkur tartib bo’yicha hisobot bir oyda bir kunda tuzilishi ham maqsadga muvofiq emas. 
Chunki,  joriy  valyuta  operatsiyalari  bo’yicha  mavjud  cheklashlar  olib  tashlansa,  banklar  ushbu 
limitni buzmaslik uchun hisobot tuzilishi sanasida qisqa pozitsiya qilishlari, va aksincha boshqa 
kunlar  mobaynida  pozitsiyani  uzun  qilib  limitni  buzishlari  mumkin.  Shu  sababli,  mazkur 
hisobotni  taqdim  etilish  muddatini  yana  bir  bor  qayta  qurish  kerak  yoki  ushbu  chegarani 
vakolatli banklar har kuni ushlashlarini belgilab kuyish lozim. 
 

55 
 
6-mavzu: Foiz va inflatsiya riski 
Reja: 
1.  Foiz riski tushunchasi va uni baholash. 
2.  Foiz stavkasini boshqarish usullari. 
3.  Inflatsiya riski va uni baholash. 
1.Foiz riski tushunchasi va uni baholash 
Foiz  riski  o‘zida  foiz  stavkalari  darajasining  o‘zgarishi  natijasida  moliyaviy  yo‘qotishlar 
ehtimolini aks etiradi.   
Bazel Qo‘mitasi foiz riskining paydo bo‘lishi quyidagi omilarni aniqladi:   
1) Narhlar  o‘zgarishini  riski.  Bunda  foiz  riski  aktiv  va  passivlarning  to‘lov  muddatlari 
bo‘yicha balanslashtirilmaganligi orqali aniqlandi;   
2) Egri daromad o‘zgarishi riski.  Aktiv va passivlar bo‘yicha foiz stavkalari o‘zgarishida 
vaqtlar bo‘yicha mos kelmasligi natijasida olinayotgan daromad tengligining buzilishi; 
3) Bazaviy  risk.    Moliyaviy  instrumentlarni  qayta  baholash  vaqtida  olingan  va  to‘langan 
foizlarni boshqarishda noaniq korrelyasiya o‘tkazish;   
4) Opsionlar  bilan  bog‘liq  risklar.  Aktiv  va  passivlar  muddatlari  bo‘yicha  o‘zgarishi 
opsion bitimlarda foiz risklarini keltirib chiqaradi.   
Tijorat  banklarida  foiz  riski  deganda  bankning  sof  foydasi  qisqarishi  riskidan  to  foiz 
stavkalari darajasining o‘zgarishi natijasida uning kapitali qiymatining yo‘qolishigacha, natijada 
jalb qilingan mablag‘larning o‘rtacha qiymati joylashtirilgan mablag‘lar qiymatidan oshib ketishi 
holatiga  olib  kelish  jarayonini  tushunish  kerak.  Bunday  holatda  foiz  riski  kredit  tashkiloti 
moliyaviy holatining foiz stavkasining salbiy o‘zgarishiga duchor bo‘lishi darajasini aks ettiradi. 
Bankning foiz riskini qabul qilish normal holat bo‘lib, u qo‘shimcha foyda olishda manba 
sifatida  xizmat  qiladi.  Foiz  riski  odatda  pul  bozorining  kelgusi  holati  haqida  noto‘g‘ri  axborot 
olish, shuningdek, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi, ya’ni inflyasiya, budjet defitsiti 
hajmi, YAIM va boshqa ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi natijasida paydo bo‘ladi.   
Foiz riskini baholashda foiz marjasidan foydalaniladi.   
Foiz  marjasi  daromad  keltiruvchi  aktivlar  bo‘yicha  foiz  daromadlar  bilan  bankning 
majburiyatlari  bo‘yicha  foizli  xarajatlari  o‘rtasidagi  farq  tushuniladi.  Foiz  marjasi  quyidagi 
formula orqali aniqlanadi: 
 
   
 
 
 
   
 
 
 
 
Bu yerda: M
haq
 - foiz marjasining haqiqiy hajmi;   
               D
f
  - foizli daromad;  
               X
f
  - foiz to‘lovlari bo‘yicha xarajatlar; keltiruvchi aktivlar;  

56 
 
               A
d
  - foizli daromad keltiruvchi aktivlar. 
Foiz marjasi quyidagi yo‘nalishlarda tahlil qilinadi:  
  haqiqiy  foiz  marja  bilan  uning  bazasi  bilan  solishtirish,  natijada  foizlar  bo‘yicha 
daromadning o‘sishi yoki kamayishini aniqlash mumkin;  
  foiz marjaning standartlarga yoki bank qoidalariga mos kelishini nazorat qilish
  qaysi  turdagi  daromad  (xarajat)  foiz  marjasining  o‘zgarishiga  ta’sirini  aniqlash  uchun 
uning tarkibini tahlil qilish;  
  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilish  uchun  foiz  marjasining  o‘zgarishi  chegaralarini 
aniqlash. 
Foiz marjasining hajmiga ta’sir qiluvchi omillarga kredit qo‘yilmalarining tarkibi va hajmi 
hamda  ularning  manbasi,  to‘lovlar  muddati,  foiz  stavkalarining  foydalanilishi  va  ularning 
harakati kiradi.   
Ta’minlangan  va  yuqori  riskli  ssudalarni  uzoq  va  qisqa  muddatlarda  joylashtirish, 
shuningdek kreditlash hajmi daromad qo‘yilmalarni aniqlaydi. Foiz marjasining hajmiga kredit 
qo‘yilmalari  va  ularning  to‘lov  vaqtlari  bo‘yicha  manbasi  nisbati,  shuningdek  foiz  stavkalarini 
ko‘rib chiqish muddatlari ta’sir qiladi. Bizda asosan o‘rnatilgan (kredit to‘liq qaytarilmaguncha 
o‘zgarmaydi) foiz stavkalar qo‘llaniladi. shu shartlar doirasida aktivlar va passivlar to‘rt guruhga 
bo‘linadi:  
  bozor shartlarining o‘zgarishida foiz stakalarining to‘liq ko‘rib chiqilishi bo‘yicha aktiv 
va passivlar;  
  uch oy davomida to‘liq boshqariladigan aktiv va passiv;  
  uch oydan ko‘proq muddatda ko‘rib chiqilidagan stavkalar bo‘yicha aktiv va passiv;  
  o‘rnatilgan stavkalar bo‘yicha aktiv va passivlar.  
Birinchi ikki guruh bankning foiz marjasi o‘zgarishini sezuvchi majburiyatlar va aktivlarni 
aks  ettiradi.  Ularning  nisbati  foiz  riskini  aniqlash  imkonini  beradi  (APS).  APS  quyidagi 
yondashuvlarda boshqariladi:  
  yuqori  likvidlikni  ta’minlash  maqsadida  stavkalarning,  muddatlarning,  aktivlarning 
diversifikatsiyasini qo‘llab-quvvatlash;  
  foiz  stavkaning  o‘zgarish  bosqichlariga  bankning  aktiv  va  passivlarini  boshqarish 
strategiyasini mos tanlash. 
Masalan,  past  foiz  stavkalarning  o‘sishi  kuzatilganda  majburiyatlar  bo‘yicha  mablag‘lar 
muddatini  oshirish,  o‘rnatilgan  foiz  stavkalardagi  kreditlar  hajmini  kamaytirish,  investitsiya 
muddatlarini qisqartirish, uzoq muddatli qarzlarni jalb qilish va kredit limitlarini yopishga to‘g‘ri 
keladi.  Aktiv  va  passivlar,  foiz  stavkalarning  muddatlariga  bog‘liq  holda  foiz  marjasining 
o‘zgarishi quyidagicha ifodalanadi: 

57 
 
            
bu erda: M - foiz marjasi;  
               I - foiz stavkalarining o‘zgarishining kutilishi. 
Foiz  siyosatini  erkin  yuritilishi  uchun  bank,  uning  xizmatlari  qiymati  koeffiitsenti  qaysi 
chegaralarda  olib  borilayotganligini  bilish  kerak.  Ushbu  ko‘rsatikch  ta’minlanmagan  xarajatlar 
hajmini  aks  ettiradi.  Bu  ko‘rsatkich  minimal  foiz  marjasi  (M
min
)  ko‘rinishida  aniqlanadi,  ya’ni 
xarajatlarni  qoplash  imkonini  beruvchi,  lekin  foyda  olib  kelmaydigan  aktivlar  va  passiv 
operatsiyalar bo‘yicha minimal stavkalarni ko‘rsatadi. U quyidagicha aniqlanadi: 
 
   
 
 
 
   
 
 
 
 
 
 
       
bu yerda: A
x
 - harakatdagi bank aktivlari;  
               X
t
 - bank faoliyatini ta’minlovchi xarajatlar;  
               X
b
 - bankning boshqa xarajatlari;  
               N - ko‘rilayotgan hisobot davridagi choraklar soni.   
Mo‘ljallanayotgan  foiz  marjasi  (M
m
)  -  mazkur  ko‘rsatkich  orqali  bank  kredit 
shartnomasiga  kirishdan  oldin,  xarajatlarni  qoplashgina  qolmay,  balki  rejalashtirilgan  foydani 
olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, u quyidagicha aniqlanadi: 
 
 
            
   
   
   
 
bu yerda:  
0,1  QR  -  majburiy  zaxiralar  fondini  shakllantirish  bilan  bog‘liq  jalb  qilingan  resurslarga 
qo‘shimcha (jalb qilingan resurslar qiymatining 10% i qo‘shiladi).   
P
min   
          -  minimal  risklar  bo‘yicha  bankning  aktiv  operaitsyalarining  minimal  foydalilik 
me’yori. 
2. Foiz stavkasini boshqarish usullari 
Bank  boshqaruvining  asosiy  maqsadi  foiz  marjasini,  ya’ni  daromad  keltiruvchi  aktivlari 
bo‘yicha  foizli  daromadlari  bilan  uning  majburiyatlari  bo‘yicha  foizli  xarajatlari  o‘rtasidagi 
farqni boshqarish (nazorat) dan iborat. Undan tashqari spredga,  ya’ni aktivlar bo‘yicha olingan 
o‘rtacha  tortilgan  stavkalar  bilan  majburiyatlar  bo‘yicha  to‘langan  o‘rtacha  tortilgan  stavkalar 
o‘rtasidagi farqga e’tibor qaratiladi. Foiz stavkasini boshqarishda GEP (nomutanosiblik) hisobga 
olinadi  -  u  bankning  fiksirlangan  va  suzib  yuruvchi  stavkalardagi  aktiv  va  passivlarining 
balanslashmaganligini ko‘rsatadi - BA/P.  
Inflyasiya  sharoitida  foiz  stavkalari  prognoz  qilish  juda  qiyin,  shuning  uchun  risklarni 
boshqarishda  bankda  aktiv  portfellarning  muddatlari  bo‘yicha  balanslashtirishga  qaratilishi 
kerak.  Bu  ham  juda  mushkul,  agar  bank  aktiv  va  passiv  balanslarida  suzib  yuruvchi  va 
fiksirlangan stavkalarga ega bo‘lsa. Shuning uchun foish stavkalarni baholash juda muhim. Aktiv 

58 
 
va  passiv  portfellarning  muddatlari  bo‘yicha  balanslashtirish  foiz  spredini,  ya’ni  foiz  riskini 
aniqlashda  yordam  beradi.  Agar  balanslashmagan  muddatlar  munosabati  katta  daromadni  talab 
qilsa, bank xodimlari aniqlanmagan risk spredini ma’qul ko‘rishadi. Jalb qilingan mablag‘larning 
balanslashganligini balanslashmaganlik bilan solishtirib ko‘ramiz: 
5-jadval 
I variant (balanslashgan) 
Stavkalar 
Muddat, 
kunlarda 
Kreditlar 
bo‘yicha foiz 
stavkasi 
Jalb qilingan 
mablag‘lar 
bo‘yicha foiz 
stavkasi 
Spred 
Joriy bozor 
90 
180 
20 
25 
15 
20 


Prognoz qilinishi (90 
kundan keyin) 
90 
17 
12 

 
II variant (balanlashmagan): 180 kunga muqobil kreditlash strategiyasi:   
a)  qarzlarni 180 kunga jalb qilish, spred 5%; 
b) qarzlarni 90 kunga jalb qilish (yana 90 kunga uzaytirish sharti bilan) spred ½ (10+13) = 
11,5%.   
Bizning  misolda  qisqa  muddatli  stavkalarni  aniq  prognoz  qilinganligi  tufayli  180  kunlik 
kreditlash uchun balanslashmagan boshqaruvni tashkil etishni taqozo qildi,  ya’ni foiz marjasini 
kengaytirish  lozim.  Berilgan  ma’lumotlarga  ko‘ra,  II  variant  bo‘yicha  spred  11,5%  ni,  I 
variantdagi 5% lik emas. Bu BA/P ni to‘g‘ri prognoz qilish hisobiga erishildi. Qarz mablag‘larini 
ikki mustaqil bosqichli shartnoma bo‘yicha 180 kunga jalb qilish qaror qilindi: boshida 90 kunga 
jalb qilish keyin esa uni 90 kunga yana yangilash. Bu holatda spred 180 kunlik balanslashmagan 
kreditga 11,5% ni tashkil qilib, quyidagi tarzda namoyon bo‘ldi:   
1-bosqich:  
180 kunlik kreditlar bo‘yicha stavka = 25%;   
mablag‘larni sotib olish (birinchi 90 kun) = 15%; 
spred = 10%;  
2-bosqich:  
180 kunlik kreditlar bo‘yicha stavka = 25%;  
mablag‘larni sotib olish (ikkinchi 90 kun) = 12%;  
spred = 13%.   
Spred 180 kunlik kreditga 11,5% ni tashkil qiladi.   
BA/P  ijobiy  va  salbiy  bo‘ladi.  Ijobiy  BA/P  da  o‘zgaruvchan  stavkalardagi  aktivlar 
o‘zgaruvchan  stavkalardagi  passivlardan  yuqori  bo‘ladi.  Ijobiy  BA/P  da  foiz  stavkasining 

59 
 
pasayishi foiz marjaning pasayishiga olib keladi va aksincha. Salbiy BA/P da o‘zgaruvchan foiz 
stavkalardagi  passivlar,  o‘zgaruvchan  foiz  stavkalardagi  aktivlardan  oshib  ketadi.  Bu  holatda 
foiz stavka pasaysa marja o‘sadi, foiz stavka oshsa marja kamayadi. 
3.Inflatsiya riski va uni baholash 
Inflyatsiya  makroiqtisodiy  beqarorlikning  ko’rinishlaridan  biri  bo’lib,  hozirgi  davrda 
barcha mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan holat hisoblanadi.  
“Inflyatsiya”  -  atamasi  (lotincha  inflation  –  shishmoq,  kengaymoq)  ilk  bora  Shimoliy 
Amerikada  1861-1865  yillardagi  fuqarolar  urushi  davrida  qo’llanilib,  muomalada  qog’oz 
pullarning haddan ortiq ko’payib ketishini ifodalagan edi.  
Iqtisodiy  adabiyotlarda  esa  bu  atama  XX  asrda,  birinchi  jahon  urushidan  keyin  keng 
tarqaldi.  Inflyatsiya  tushunchasi  juda  serqirra  bo’lib,  iqtisodiy  adabiyotlarda  uning  ko’plab 
izohlari  mavjud.    Ma’lumki,  inflyatsiya  darajasiga  asosan  omonatchilar,  xoh  u  yuridik  shaxs 
bo’lsin,  xoh  u  jismoniy  shaxs  bo’lsin,  o’zlarining  vaqtincha  bo’sh  pul  mablag’larini  tez 
sur’atlarda  hamda  katta  daromad  keltiradigan  sohalarga  yo’naltiradilar.  Agarda  mamlakatdagi 
inflyatsiya  darajasi  yuqori  sur’atda  bo’lsa  omonatchilar  o’z  mablag’larini  turar-joy,  xorijiy 
valyuta,  oltin,  avtomobillar  sotib  olishga  harakat  qiladilar  hamda  ular  tijorat  banklarining 
xizmatidan voz kechadilar. 
Inflyatsiya  –  bu  pul  massasining  tovar  aylanmasi  ehtiyojlariga  nisbatan  ortib  ketishi 
natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining usishidir.  
Inflyatsiya  –  bu  muomala  sohasining  pul  belgilari  bilan  milliy  xo’jalik  haqiqiy 
ehtiyojlaridan ortiqcha miqdorda to’lib ketishi.  
Inflyatsiya  –  bu  iqtisodiy  tizimda  narx  o’sishining  barqaror  tendensiyasi  orqali 
ifodalanuvchi makroiqtisodiy hodisa.  
Inflyatsiya – bu:  
-  muomalada  mavjud  bo’lgan  naqd  qog’oz  pullar  yoki  naqd  bo’lmagan  qog’oz  pul 
hajmining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan tashqari ko’payib ketishi; 
 - pullarning xarid qobiliyatining pasayishi;  
 - uzoq davr mobaynida narxlarning umumiy usishi. 
Bu  ta’riflardan  ko’rinib  turibdiki,  inflyatsiya  tushunchasini  yoritishda  bir  tomonlama 
yondoshishga  yo’l  qo’yilib,  uning  mazmunini  to’la  va  yetarli  darajada  ochib  bera  olinmagan. 
Inflyatsiyani tug’ri tushunish uchun pulning qadrsizlanishini va uning sabablarini bilish muhim 
ahamiyatga  egadir.  Pulning  qadrsizlanishi  faqatgina  qog’oz  pullargagina  xos  bo’lgan  hodisa 
emas,  u  hamma  pullarga,  jumladan  metall  (oltin)  pullarga  ham  xosdir.  Oltin  pul  quyidagi  ikki 
holatda qadrsizlanadi:  

60 
 
1) oltin qazib olish texnologiyasi takomillashib, yangi texnikalarni qo’llagan holda mehnat 
unumdorligining  oshishi  va,  binobarin,  oltin  qiymatining  pasayishi  natijasida.  Agar  boshqa 
tovarlar  qiymati  o’zgarmagan  holda  oltin  qiymati  ikki  barobar  pasaygan,  deb  faraz  qilsak,  u 
holda  tovarlar  odatdagi  hajmlarining  muomalasi  uchun  ikki  barobar  ko’proq  oltin  pul  kerak 
bo’ladi. Demak, bu holatda tovarlar narxi oshib, oltin pulning qadrsizlanishi ro’y beradi.  
2) ba’zi  iqtisodchilar metall pullarning qadrsizlanishini  qadimdan ma’lum bo’lgan metall 
pullarni  soxtalashtirish  jarayoni  bilan  ham  bog’laydilar.  Qadimgi  Gretsiya,  Rim  imperiyasida 
eramizga  qadar  va  keyinchalik  boshqa  davlatlarda  ham  oltin  va  kumush  tangalar  tarkibiga 
nisbatan  arzon  metallar  aralashtirish  yoki  ularning  og’irligini  o’zgartirish  orqali  soxtalashtirish 
holatlari  uchrab  turgan.  Bu  esa  metall  pullarning  o’z  qadrini  yuqotishini  keltirib  chiqargan. 
Boshqa holatlarda oltin yoki kumush pullar muomalada bo’lgan chog’da ularning qadrsizlanishi, 
ya’ni  inflyatsiya  jarayoni  ro’y  bermaydi.  Iqtisodiyotdagi  tovar  va  xizmatlar  hajmidan  ortiqcha 
bo’lgan pul massasi – oltin va kumush tangalar xazinaga aylanadi.  
Aksincha,  iqtisodiyotda  tovarlar  ko’payib,  muomala  vositasini  bajarish  uchun  pul 
yetishmagan taqdirda ularni osonlik bilan jamg’arma tarkibidan chiqarib, muomalaga kiritilgan. 
Bu esa boshqa sharoitlar o’zgarmagan holda oltin va kumush pullar inflyatsiyaga uchramasligini 
anglatadi.  Real  qiymatga  ega  bo’lmagan  qog’oz  pullarning  muomalaga  kirib  kelishi  esa 
inflyatsiyaning  kelib  chiqishi  uchun  asosiy  manba  hisoblanadi.  Chunki  qog’oz  pullarni 
jamg’arma  sifatida  muomaladan  chiqarish  kam  samarali  va  ishonchsiz  vosita  bo’lib,  ular 
pullarning  ortiqchaligi  sharoitida  ham  muomalada  qoladilar.  Natijada  muomalada  ortiqcha 
qog’oz  pullarning  ko’payishi  mavjud  yalpi  talabni  yanada  kuchaytirib,  narxlarning  o’sishini 
tezlashtiradi.  
Inflyatsiya bozor xo’jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish nomutanosibliklari 
tug’diradigan  murakkab  ijtimoiy-iqtisodiy  hodisadir.  Biroq,  shuni  ham  nazarda  tutish  kerakki, 
alohida  tovar  bozorlaridagi  talab  va  taklif  nisbatining  harqanday  buzilishi  ham  inflyatsiyani 
keltirib  chiqaravermaydi.  Shuningdek,  iqtisodiyotdagi  davriy  o’zgarishlar,  masalan,  talabning 
mavsum bilan bog’liq holda oshishi yoki tabiiy ofatlar natijasida tovarlarga talabning kuchayishi 
keltirib chiqargan narxlarning o’sishi inflyatsiyani anglatmaydi.  
Bu narxlar ma’lum muddat o’tgach, bozordagi talab va taklif nisbati muvozanatga kelgach, 
yana  pasayishi  mumkin.  Yuqoridagilardan  xulosa  qilib  inflyatsiyaga  quyidagicha  ta’rif 
berishimiz  mumkin:  inflyatsiya  deb  pul  muomalasi  qonunlari  buzilishi  bilan  bog’liq  holda 
qog’oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi. 
Bu  yerda  qog’oz  pul  miqdorining  nisbatan  ortib  ketib,  uning  qadrsizlanishiga  pulning 
ortiqcha  emissiya  qilinishi,  pul  emissiyasi  o`zgarmasdan,  uning  aylanish  tezligining  oshishi, 
muomaladagi pul miqdori o’zgarmasa ham tovar ishlab chiqarish va xizmat kursatish hajmining 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish