Moliyaviy risklar nazariyasi



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana06.02.2020
Hajmi1,35 Mb.
#38865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
UMK MRN 2018


4-masala.  Quyidagi  ma’lumotlar  asosida  aksiyadorlik  jamiyatining  uzoq  muddatli  bank 
krediti  olishda  kreditga  layoqatlilikni  aniqlash  uchun  qo‘shimcha  ko‘rsatkichlaridan  aylanma 
mablag‘lar aylanuvchanlik koeffitsiyentini hisoblang: 
  asosiy vositalar qoldiq qiymati: 365,0 ming so‘m; 
  tovar moddiy zaxiralari va xarajatlari: 10600,0 ming so‘m; 

45 
 
  debitorlik qarzlari: 430,0 ming so‘m; 
  pul mablag‘lari:2,0 ming so‘m; 
  uzoq muddatli majburiyatlar: 345,0 ming so‘m; 
  joriy majburiyatlar: 10700,0 ming so‘m; 
  o‘z mablag‘lari manbalari: 435,0 ming so‘m; 
  mahsulotlarni sotishdan kelgan sof tushum: 9350,0 ming so‘m. 
Yechish:Aylanma mablag‘lar aylanuvchanlik koeffitsiyenti quyidagicha  hisoblanadi: 
                             
 
   
 
       
     
        
Javob: 0,85. 
Tijorat  banklari  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  bilan  kredit  munosabatlarini  mustaqil 
ravishda o‘rnatadilar. Xo‘jalik yurutuvchi subyektlar tijorat banklaridan kredit olish uchun kredit 
buyurtmasini  beradilar.  Shu  kredit  buyurtmasiga  asosan  tijorat  banklari  qarz  oluvchining 
moliyaviy ahvolini tahlil qiladilar. Bu jarayon quyidagi bosqichlardan iborat: 
  kredit olish uchun berilgan kredit buyurtmasini ko‘rib chiqish va bo‘lajak qarz oluvchi 
bilan suhbatlashish; 
  qarz oluvchining kredit qobiliyatini va qarz berish bilan bog‘liq xatarlarni baholash; 
  kredit narxini belgilash; 
  kredit shartnomasini tayyorlash va uni tuzish. 
Mijozlarning  kreditga  layoqatliligi  bo‘yicha  sinflarga  bo‘lish  va  korxonalar  reytingini 
aniqlash. 
Tijorat banklari ichki kredit siyosati asosida chiqarilgan yo‘riqnoma bo‘yicha korxonalarni 
kreditga layoqatliligi asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib: qoplash koeffitsiyenti, likvidlik koeffitsiyenti va 
o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyentlari hisoblanadi (2-jadval). 
Agar  korxona  1-sinfga  kiritilsa,  unda  umumiy  asoslarda  kreditlanadi.  Ularga  nisbatan 
kredit berishning imtiyozli tartibi ham nazarda tutilishi mumkin, ya’ni ishonchli krediti berilishi, 
qo‘shimcha  ma’lumotlar  va  hisob-kitoblarsiz  kredit  berilishi  hamda  boshqa  imtiyozlar  taqdim 
etilishi mumkin. 
2-jadval 
Korxonalarning kreditga layoqatlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinflarga bo‘linishi 
T/r 
Nomi 
1-sinf 
2-sinf 
3-sinf 

Qoplash koef. (Q.k) 
Q.k


10,5
Likvidlik koef.(L.k) 
L.k

1,5 
1< L.k<1,5 
0.5
Muxtoriylik koef.(M.k) 
M.k

60% 
30%< M.k<60% 
15%>M.k<30% 
 

46 
 
Agar  korxona  2-sinfga  kiritilsa,  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  manfiy  qo‘shimcha 
ko‘rsatkichlarga  ega  bo‘lsa,  beqaror  (barqaror  emas)  deb  hisoblash  lozim,  bunday  korxonalar 
bilan  kredit  shartnomalari  tuzilganida  uning  faoliyati  va  kreditning  qaytarilishi  ustidan 
nazoratning  qo‘shimcha  choralari  ko‘zda  tutilishi  kerak.  Xususan,  garov  huquqi 
qattiqlashtirilishi,  foiz  stavkalari  oshirilishi,  kafolatlar  berilishi  hamda  kreditdan  foydalanish 
miqdorlari va muddatlari cheklanishi kerak. 
Agar korxona 3-sinfga kiritilsa, bu korxonalarga faqat favqulodda hollarda yuqori tashkilot 
kafolatlari  yoki  oshirilgan  foiz  stavkasini  undirish  bilan  mol-mulk  garovga  qo‘yilgandagina 
kreditlanadi. Kreditga layoqatlilikni mustahkamlash  yo‘llari deganda, bu iloji boricha asosiy va 
qo‘shimcha  ko‘rsatkichlarning  yuqori  bo‘lishini  ta’minlash.  Demakki,  har  bir  ko‘rsatkich 
bo‘yicha  yuqorilikka  erishishdir.  Buning  uchun  korxona  barqaror  ishlab  chiqarish  jarayonini 
birinchi galda tashkil etishi lozim. Pul mablag‘larining ortishi korxonaning birlamchi to‘lovlarni 
oshirish  uchun  kerak.  Real  kredit  riskini  aniqlash  uchun,  yeng  avvalo,  kredit  sarf  qilinishi 
mo`ljallanayotgan loyihani yashashga qobiliyatliligi kafolatlanishi lozim.  
3-jadval 
Risk koeffitsientini aniqlash tartibi
17
 
 
Ko`rsatkichlar 
O`lchov 
birligi 
Variantlar 
I 
II 
1. 
Bankning o`z mablag`lari 
mln. so`m 
10000 
60000 
2. 
Ehtimol qilinayotgan yo`qotishlarning 
maksimal summasi 
mln.so`m 
6000 
24000 
3. 
Risk koeffitsenti (2:1) 
Koef. 
0,6 
0,4 
Ko`rinib turibdiki, II variant bo`yicha kapital qo`yish (yoki kredit berish) riski  I variantga 
nisbatan  1,5  marta  kam  (0,6:0,4+1,5).  Risk  koeffitsentini  to`g`ri  taxminlash  beriladigan  kredit 
summasini  optimallashtirish  yo`llarini  ishlab  chiqishga,  kredit  risklarini  minimallashtirishga  yordam 
beradi.  
Mijozning  kreditga  layoqatliligini  aniqlash  bosqichida  beriladigan  kredit  bo`yicha  risk 
darajasini  quyidagi  kreditlash  jarayonini  tavsiflovchi  chizmaga  asoslanib  xomcho`t  qilish 
mumkin (3-chizma). 
Halokatli  risk  aniq  yo`qotishlar  muqarrarligini  va  bankning  foydasi  mulkiy  zarar  bilan 
yakunlanishini ifodalaydi. 
Kreditlarni  shu  tariqa,  ya`ni  risk  zonalari  bo`yicha  turkumlash  kreditning  xavfli  zonaga 
tushishining  oldini  olish,  kredit  risklarining  darajasini  kamaytirishga  imkon  yaratadi.  Risksiz 
zonada  yo`qotishlar  yo`q,  ya`ni  uning  darajasi  «0»ga  teng.  Bu  holda  foyda  darajasi  yuqori 
                                                           
17
Y.Abdullayev, T.Qoraliyevavboshqalar. “Bank ishi”. O‘quv qo‘llanma. T: Iqtisod moliya. 2010. 

47 
 
bo`ladi.  Bo`lishi  yehtimol  qilinadigan  risk  oldindan  aniq  bo`lgan,  yuqori  darajada  xavf 
tug`dirmaydigan risk bo`lib, uning darajasi sezilarsiz, doimo olinadigan foydadan past bo`ladi. 
Kritik  risk  zonasi  yo`qotishlar  bo`lish  xavfi  borligini  ifodalaydi,  olinadigan  foydadan  bir 
qismining  biron  jarayon  uchun  yo`naltirilganligini  va  shu  mablag`larning  qaytib  kelishida  xavf 
borligini ifodalaydi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3-chizma. Kreditlash jarayoni va riskli holatlarni aniqlash chizmasi
18
 
Banklar mablag`lar yo`qligi tufayli yuzaga keladigan to`lovga qobiliyatsizlik, moliyaviy va 
xo`jalik  faoliyatini  davom  ettirish  imkoniyatiga  yega  bo`lmaslik  kabi  risklardan  yehtiyot 
bo`lishlari lozim. Agar bank berilgan kredit talabnomasini yaxshilab tahlil qilmasdan, juda katta 
miqdorda kreditlar bergan bo`lsa, ularning qaytmaslik ehtimoli mavjud bo`lsa, bunday «yomon» 
kreditlar bankka katta zarar keltirishi mumkin. 
Bundan  tashqari,  bank  portfelining  bozor  narxi  pasayib  ketsa,  uni  sotishda  bank  katta 
yo`qotishlarga  uchraydi.  Bankning  moliyaviy  ahvoli  yomonlashib  borayotganini  bilgan 
investorlar va omonatchilar o`z mablag`larini qaytarib olishni boshlaydilar.  
Bankning  bunday  ahvolga  tushishi  natijasida,  bank  faoliyatini  tartibga  soluvchi  organlar 
uni to`lovga qobiliyatsiz deb e`lon qilishga majbur bo`ladilar. 
                                                           
18
Y.Abdullayev, T.Qoraliyevavboshqalar. “Bank ishi”. O‘quv qo‘llanma. T: Iqtisodmoliya. 2010. 
 
1 
Kredit olish arizasi 
2 
Mijozning kreditga layoqatliligi va uning 
samaradorligini baholash 
3 
Kredit, garov, kafolat shartnomalarini 
tuzish, kreditni sug`urtalash 
4 
Kredit berish 
5 
Kreditdan foydalanish monitoringini tashkil 
qilish 
6 
Kredit va u bo`yicha foizlar o`z 
vaqtida to`lanadi 
7 
Kredit va u bo`yicha foizlarni 
to`lashda qiyinchiliklar yuzaga 
keladi 
Risksiz yoki kam riskli holat 
Riskli holat 

48 
 
4-jadval 
Kredit riskini kamaytirish usullari 
№ 
Riskni kamaytirish 
choralari 
Izoh 
1. 
Mijozning kreditga 
layoqatliligini baholash 

  Bu  usul  mijozning  reytingini  aniqlashni  ko`zda  tutadi. 
Qarzdorni  baholash  mezonlari  har  bir  bank  uchun  qattiq 
individuallashgan bo`lib, uning amaliyotdagi mavqeyidan kelib 
chiqishi va vaqti-vaqti bilan qayta ko`rib chiqilishi lozim. 
2. 
Bitta qarz oluvchiga 
beriladigan kreditning 
summasini kamaytirish 

  Bu  usul  mijozning  kreditga  layoqatliligiga  to`liq  amin 
bo`lmagan hollarda qo`llaniladi. 
3. 
Kreditlarni sug`urtalash 

  Kreditni 
sug`urtalash 
uning 
qaytmaslik 
riskini 
to`liq 
sug`urtalash  bilan  shug`ullanuvchi  tashkilot  zimmasiga 
yuklanishini nazarda tutadi.  
4. 
Etarli ta`minotni talab 
qilish 

  Bu  usul  bankdan  berilgan  summaning  qaytishini  va  foiz 
olinishini kafolatlaydi. 
5. 
Diskontli ssudalar berish 

  Bu  ssudalar  unchalik  katta  bo`lmagan  darajada  kredit  riskini 
pasaytirishga  yordam  beradi.  Bunday  usullarda  kredit  berish 
kreditga minimum to`lov olishni ta`minlaydi. 
 
Bankning  inqirozga  uchrashi  nafaqat  bank  uchun,  balki  uning  aktsionerlari  va 
omonatchilari uchun xam juda katta salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday banklarning 
aksiyalari  bozorda  juda  past  baholarda  sotiladi  va  bank  o`zining  depozit  sertifikatlariga  yuqori 
foiz stavkalari o`rnatishga majbur bo`ladi.  
Bank  amaliyotida  kredit  berish  barcha  operatsiyalar  tarkibida  yeng  salmoqli  o`rinni 
yegallaydi.  Shu  bois  kredit  riskini  minimallashtirish  bo`yicha  chora-tadbirlarni  ishlab  chiqish 
o`ta dolzarb masala bo`lib qolaveradi. Bu tadbirlar qatoriga quyidagilar kiradi. 
Kredit  risklarining  banklar  uchun  dolzarb  muammoligi  shundaki,  kredit  riski  mavjud 
bo`lgan holda kreditor (bank) da qarz oluvchi tomonidan kredit shartnoma shartlarini, uning o`z 
majburiiyatlarini  belgilangan  vaqtda  bajara  olish  imkoniyatiga  ishonchsizlik  hosil  bo`ladi. 
Ma`lumki,  bank  amaliyotida  asosiy  foyda  berilgan  kreditlar  bo`yicha  olinadigan  foizlardam 
tashkil  topadi.  Qarz  oluvchi  tomonidan  olingan  kreditlar  bo`yicha  foiz  stavkasining  yoki 
kreditning  asosiy  summasining  o`z  vaqtida  to`lanmasligi  yoki  umuman  to`lanmasligi  bank 
foydasining kamayishi oqibatida bankning kelajakdagi mablag`lari salmog`ining tushib ketishiga 
olib keladi. 
 
 
 

49 
 
5-mavzu: Valyuta riskini nazariyasi 
   
 
 
 
 
Reja: 
1.  Valyuta riskining mohiyati va ahamiyati. 
2.  Valyuta riskining turlari. 
3.  Bank menejmentini rivojlantirishda valyuta riskining ahamiyati. 
1.  Valyuta riskining mohiyati va ahamiyati 
Bozor  iqtisodiyoti  korxona,  jamoa  tashkilotlari,  kooperativlar,  banklar  va  fukarolarga 
tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  va  valyuta  xo’jaligini  mustaqil  tarzda  amalga  oshirish  imkoniyatini 
yuzaga keltirdi. Xech kimga sir emaski, bozor iqtisodiyoti risk bilan bog’liq. U bilan bankirlar 
ham, tadbirkorlar ham, aholi ham tuknashadi. Biroq, ko’pgina hollarda riskni kamaytirish, oldini 
olish, va xattoki undan kochish mumkin. Moliyaviy risklarni kamaytirishda banklar muhim o’rin 
tutadi.  Tashqi  iqtisodiy  faoliyatning  qayta  qurilishi,  xalqaro  aloqalarning  kengayishi  bevosita 
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar faoliyatini muvofiq ravishda 
o’zgartirishlarini  takozo  etadi.  Ularning  xo’jalik  faoliyatlariga  valyuta  kurslarining  tebranishi 
sezilarli ta'sir ko’rsatadi.  
 
 
 
 
Bank 
tizimini 
erkinlashtirish, 
alohida 
olingan 
korporativ 
banklar 
faoliyatini 
universallashtirish  sharoitida,  alohida  olingan  bank  risklarini  hisoblash  va  baholash  muammosi 
amaliy  ahamiyatga  egadir.  Shu  sababli,  tijorat  banklari  faoliyatida  doimo  uchrab  turadigan 
valyuta  risklari  xususida  tuxtab  o’tish  maqsadga  muvofiq  hisoblanadi.      Valyuta  risklarining 
mavjudligi  -  valyuta  bozorlarida  valyuta  operatsiyalar  amalga  oshirilishi,  transmilliy 
korxonalarni  barpo  etish  orqali,  bank  operatsiyalari  bozori  baynalmilallashuvi,  shu  jumladan, 
ular  faoliyatini  diversifikatsiyalash  bilan  bog’liq.          Shu  sababdan,  riskka  bir  qator  omillar 
sezilarli  ta'sir  ko’rsatadilar.  Bularga  misol  qilib,  geografik,  siyosiy,  iqtisodiy,  huquqiy, 
demografik va boshqa omillarni ko’rsatish mumkin. 
 
Valyuta  riski  deganda,  tashqi 
iqtisodiy  faoliyat  jarayonida  ayirboshlash  kurslari  o’zgarishidan  yoki  boshqa  turli  valyuta 
operatsiyalari  amalga  oshirilishida  yuzaga  kelishi  mumkin  bo’lgan  yo’qotishlar  (yoki  daromad 
olish) tushuniladi. Valyuta risklari yuzaga kelishining asosiy sababi - valyuta kurslari o’zgarishi 
hisoblanadi.  Bunday  o’zgarishlar  hamma  shaxslarga:  ishbilarmon  firmalar  va  davlat 
tuzilmalariga  ham  ta'sir  ko’rsatadi.  Ko’pgina  hollarda,  ularning  faoliyati  eksport-import 
operatsiyalari  bilan  bog’liq  va  shu  sababli,  kreditorlar  va  qarz  oluvchilar,  investorlar  va 
chayqovchilar, xo’jalik sub'ektlari o’z bizneslarini milliy valyutaga nisbatan xorijiy valyutalarda 
amalga oshirishni ma'kul ko’radilar. 
Valyuta  riskiga  -  tashqi  savdo,  kredit,  valyuta  operatsiyalari,  hamda  fond  va  tovar 
birjalarida  amalga  oshirilayotgan  operatsiyalarda,  milliy  valyuta  kursiga  nisbatan  xorijiy 
valyutani  kursi  o’zgarishi  bilan  bog’liq  valyuta  yo’qotishlari  xavfi  kiritiladi.Valyuta  riskining 

50 
 
hajmi,  valyutaning  sotib  olish  qobiliyatining  pasayishi  bilan  bog’liq,  shu  sababli  u  bitim 
imzolangan va to’lovni amalga oshirish muddati o’rtasidagi vaqt oralig’ining farqiga to’g’ridan-
to’g’ri bog’liqdir. 
Valyuta 
riski 

valyutaning 
almashuv 
kurslarini 
keskin 
o’zgarishi, 
bankning 
aktiv 
va 
passivlarini 
boshqarishni 
qiyinlashtiradi. 
Masalan, 
1985-1987 
yillarda  amerika  dollari  kursining  pasayishi  va  Yapon  ienasi  qiymatinnig  oshishi, 
kuplab  xalqaro  banklarning  tarkibi  va  foydasiga  jiddiy  salbiy  ta'sir  ko’rsatdi. 
Eksport  qiluvchi  (sotuvchi)  uchun  kursdan  yo’qotishlar  to’lov  valyutasi  kursini  tushishigacha 
bo’lgan  muddatda  bitim  imzolab  qo’ygan  bo’lsa  yuzaga  keladi,  chunki  olingan  tushum 
mablag’lariga eksport qiluvchi  kamroq milliy pul  mablag’larni olishi  mumkin.  Import qiluvchi 
(xaridor)  esa,  baho  valyuta  kursi  oshishidan  zarar  ko`rishi  mumkin,  chunki  xarid  qilib  olishi 
uchun, endi ko’proq milliy valyuta mablag’larini xarajat qilish lozim bo’ladi. 
 
2. Valyuta riskining turlari 
Xalqaro  amaliyotda  yuzaga  keladigan  har  qanday  risk  eksport  qiluvchi  (sotuvchi)ning 
buyniga tushadi.Milliy  moliya bozorlarida risklarni ma'lum bir sezilarli  miqdorda taxmin qilish 
mumkin.  Hududiy  va  xalqaro  moliya  bozorlarida  esa,  bundan  farqli  o’laroq,  risk  darajalarini 
taxminlashtirish  sezilarli  darajada  mushkul  hisoblanadi.Valyuta  riskini  uch  turga  bo’lish 
mumkin: 
1.  Pul  o’tkazishda  yuzaga  keladigan  risk-  xorijiy  valyutada  ifodalangan  (misol  uchun, 
xorijdagi  filialning  hisobotlari)  firma  yoki  bankning  moliyaviy  hisobotlari  natijalarini  milliy 
valyutaga o’tkazish (misol uchun, firmaning moliyaviy hisobotlarini jamlash vaqtida); 
2.  Tranzaktsiya (bitimlar) riski - to’lovni kelajakdagi bir sanada amalga oshirishda, milliy 
valyuta  qiymatining  yoki  bitim  daromadliligining  noaniqligini  aks  ettiradi.  Bunga  misol  qilib, 
import  qiluvchiga  kredit  taqdim  etilgan  holda,  import  qiluvchi  valyutasida  tovarlarni  eksport 
qilishi uchun xizmat qiladi; 
3.  Iqtisodiy  risk-  kelajakda valyuta ayirboshlash  kurslarining o’zgarishi  natijasida, xorijiy 
valyutada  ifodalangan  firma  aktiv  va  majburiyatlarining  milliy  valyutadagi  qiymatining 
o’zgarishidir.  Bunga  misol  qilib,  flrmaning  xorijiy  bo’linma  va  filiallarining  aktivi  va 
majburiyatlarini ko’rsatish mumkin. 
Pul  o’tkazishda  yuzaga  keladigan  risk  -  bu  hisob-kitob  amaliyotida  yuzaga  kelib,  xorijiy 
valyutada  ifodalangan  firma  yoki  bankning  aktiv  va  majburiyatlarining  milliy  valyutaga 
o’tkazishda, davriy ravishda ayirboshlash kursining o’zgarib turishidir. Agarda, milliy valyutada 
ifodalangan  xorijiy  valyuta  qimmatlashsa,  u  holda  firma  yoki  bankning  xorijiy  valyutadagi 
aktivlari,  majburiyatlari  va  mol-mulki  ham,  milliy  valyutaga  nisbatan  qiymat  jihatidan  oshadi. 

51 
 
Xorijiy valyuta ayirboshlash kursining qadrsizlanishi yuqoridagi holatning aksi bo’lib chiqadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tranzaktsiya  (bitimlar)  riski  to’lashga  yo’naltirilgan  yoki  to’lovga  qabul  qilingan  xorijiy 
valyutada  ifodalangan  hisob  bilan  bog’liq  moliyaviy  riskdir.  Ayirboshlash  kursi  tranzaktsion 
ko’rinishga  tegishli  ravishda  xejerlash  (sug’urtalash)  orqali  barham  berilmagunga  kadar, 
firmaning  daromadiga,  milliy  valyutada  to’lovlarni  qabul  qilish  va  to’lash  o’zgarishiga 
to’g’ridan-to’g’ri  ta'sir  qiladi.  Barqaror  siyosatni  amalga  oshirish  maqsadida,  tijorat  banklari 
doimiy  ravishda  o’z  mijozlaridan  ayirboshlash  kursining  kutilmagan  o’zgarishlaridan  yuzaga 
keladigan zararlarning oldini olishi uchun, ularni xejerlashni tavsiya qiladilar. 
Banklar  o’z  mijozlari  qatori  risklarni  minimallash-tirish  manfaatini  ko`zlaydilar.  Foiz  risklari 
holatida xalqaro banklar va firmalar, odatda, ayirboshlash kursining taxminlashtirishga juda ko’p 
vaqtlari va harakatlarini sarflaydilar. Ayirboshlash kurslarini taxminlashtirish milliy (ichki) foiz 
stavkalarini  baholashdan  ancha  murakkab  hodisa  ekanligini  isbotlab  berdi.  Bunga  asosiy  sabab 
bo’lib, har qanday davlatda ichki foiz stavkalariga nisbatan, ayirboshlash kurslarining juda ko’p 
miqdordagi murakkab o’zgaruvchanlik xususiyatiga ega ekanligidir. 
 
Ayirboshlash 
kurslari  va  foiz  stavkalarini  taxminlashtirishga  kizikish,  va  o’z  navbatida,  xorijiy  valyutalar 
pozitsiyasini  «ochik»  qoldirish  (xejerlamaslik)  korporativ  xazinachilikda  yuqori  bo’lib  turibdi, 
bu esa, ba'zida salbiy natijalarga olib keladi.  
3. Bank menejmentini rivojlantirishda valyuta riskining ahamiyati 
Tijorat  banklaridagi  valyutani ayirboshlash bo’linmalari  ham,  odatda ochiq pozitsiyalarni 
ushlab  turishga  harakat  qilishadi:  «uzun»  pozitsiyani  (xorijiy  valyuta  zahiralarini  ko’paytirish) 
yoki «qisqa» pozitsiyani (xorijiy valyuta zahiralarini kamaytirish) qoldiradilar. Bu holat, odatda, 
bank  iqtisodchisi  yoki  bosh  valyuta  dileri  tomonidan  tayyorlangan  va  yuqori  raxbariyat 
tomonidan  ma'qo’llangan  «bog’liq»  valyuta  taxminlashtirishga  asoslangan,  maqsadli  risklarni 
qabul  qilishdir. Bu esa, o’z navbatida, bank uchun katta xatar keltiradi. Shunday qilib,  valyuta 
savdosida bank menejmenti uchun eng samarali siyosat bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 
1)  mijozlar  tashabbusi  bilan  amalga  oshiriladigan  tijorat  tranzaksiyalari  (savdo  bitimlari 
asosida bo’lgan) uchun valyuta bitimlarini cheklash; 
2)  korporativ  mijozlar  tomonidan  doimiy  ravishda  talab  qilinadigan  valyuta  kassalari 
uchun  overnayt  amaliyotiga  qattiq  cheklovlar  o’rnatish,  hamda  asosiy  konvertirlanadigan 
valyutalar uchun limitlarni belgilash; 
3)  bankning valyuta savdosida aktiv bo’lgan barcha korporativ va boshqa mijozlar uchun, 
bankning ish vaqti va overnayt vaqtida, valyutani ayirboshlashga limitlar, shuningdek, ularning 
faoliyati ustidan monitoring o’rnatish. 

52 
 
Iqtisodiy  risk  -  mazkur  valyuta  riskining  uchinchi  ko’rinishi  bo’lib,  multimilliy  firma 
uchun  eng  muhim  risk  hisoblanadi  va  firmaning  aktiv  qiymatiga  ayirboshlash  kursi 
o’zgarishininguzoq muddatli ta'sirini ulchaydi. 
Valyuta-iqtisodiy riskni ulchanishi mushkul vazifadir. Chunki, valyuta kursining o’zgarish 
samarasini  bir  vaqtning  o’zida  nisbiy  inflyatsiya  sur’atlari  (uning  asosida  yotgan  va  har  bir 
valyuta bilan bog’liq) pul oqimlariga ta'sirining oldini olish to`laqonli tahlilsiz mumkin emas. 
Firmaga  valyuta  kurslari  o’zgarishlarining  iqtisodiy  ta'siri,  inflyatsiya  sur’atlaridagi  kurs 
o’zgarishlari  farqlarining  to’liq  koplanganligiga  bog’liq.  Agar  (narx  nazoratiga,  tangar  siyosat 
o’zgarishiga  va  boshk.)  haqiqiy  valyuta  kursi  (uz  navbatida,  nisbiy  narxlar)  o’zgarsa,  u  holda 
nisbiy narxlar o’zgarishi oxir-oqibatda firmaning uzoq muddatli raqobatli riskini aniqlab beradi. 
Bunda  qat’iy  belgilangan  valyuta  kursi  tartibi,  suzib  yuruvchi  kurslar  tartibiga  nisbatan 
valyutaning katta raqobatli riskiga olib kelishi mumkin. 
Shunday  qilib,  banklar  har  bir  alohida  amaliyot  bo’yicha  (valyuta  kelishuvi,  himoya 
kelishuvi,  oltin  kelishuvi,  multivalyuta  kelishuvi,  kafolatlar  qo’llanilishi,  forvard  bitimlari  va 
svop  bitimlari)  valyuta  risklarini  tartibga  solishda  turli  uslublarni  qo’llash  yo’li  bilan,  valyuta 
amaliyotlaridan  zararlar  riskini  kamaytirishga  harakat  qilishlari  zarur.Valyuta  kurslari 
o’zgarishlarini  aniqroq  prognozlash-tirish,  valyuta  risklarini  sug’urtalash  (xejerlash)  dan 
foydalanish zarurdir. 
Banklar  barqaror  siyosatni  ishlab  chiqishlari,  ya'ni  xorijiy  valyutada  barcha  aktiv  va 
majburiyatlar  miqdori  hamda  muddatlariga  limit  o’rnatishlari  hamda  har  bir  alohida  valyuta 
limitlari  bo’yicha  doimiy  monitoring  va  davriy  kuzatishni  amalga  oshirishlari  zarur.  Bunday 
siyosat  bo’yicha  kurilayotgan  chora-tadbirlar  va  limitlar  bankning  kredit  siyosatida  mukammal 
belgilanishi shart. 
Shuni ham qayd etib o’tish lozimki, hozirgi kunda vakolatli banklar valyuta amaliyotlarini 
qo’llash  doirasini  jahon  tajribasiga  muvofiq  kengaytirishga  yordam  beradigan  shart-sharoitlar 
yaratishlari lozim. O’zbekiston valyuta bozorini erkinlashtirish bo’yicha chora-tadbirlar amalga 
oshirilishini hisobga olgan holda, manfaatdor idoralarga xalqaro valyuta bozori faoliyat  yuritish 
uslublarini  dikkat  bilan  o’rganish  hamda  mamlakat  iqtisodiyotiga  salbiy  ta'sirlarga  yo’l 
qo’ymaslik  maqsadida,  valyuta  risklarini  tartibga  solish  instrumentlarini  qo’llashni 
kengaytirishlari kerak. 
 
Hozirgi  vaqtda,  tijorat  banklarining  valyuta  bozoridagi  faoliyatini  Markaziy  bank 
tomonidan  tartibga  solinishi,  bank  tizimidagi  eng  muhim  va  dolzarb  masalalardan  biri  bo’lib 
turibdi.  «O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  to’g’risida»gi  qonunning  40-moddasiga 
muvofiq,  Markaziy  bank  valyutani  tartibga  solish  va  valyutani  nazorat  qilish  bo’yicha  davlat 
organi bo’lib hisoblanadi. 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish