Moliyaviy risklar nazariyasi


    uchun tashkil qilinadigan rezerv fondlari kredit risklarining o`ziga xos amortizatori bo`lib xizmat  qiladi



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana06.02.2020
Hajmi1,35 Mb.
#38865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
UMK MRN 2018


36 
 
uchun tashkil qilinadigan rezerv fondlari kredit risklarining o`ziga xos amortizatori bo`lib xizmat 
qiladi. 
Biz  halqaro  bank  amaliyotida  va  mahalliy  bank  amaliyotida  kreditlash  jarayonini  tahlil 
qilib,  tijorat  banklari  tomonidan  berilgan  kreditlarning  risklilik  darajasini  aniqlash  uchun  ba`zi 
bir  ko`rsatkichlarni  hisoblab  chiqishni  maqsadga  muvofiq  bo`ladi  va  ular  kredit  risklarining 
oldini olish imkoniyatini tug`diradi degan taklifni bermoqchi yedik. 
Kredit  risklarini  baholashni  tezkorlik  usuli  bilan  har  tomonlama  kengaytirilgan  tahlil 
asosida  olib  borish  lozim.  Hozirgi  kunda  tijorat  banklarimiz  faoliyatida  qo`llanilayotgan  3-4 
koeffitsent asosida kreditga layoqatlilikni aniqlash mijoz oladigan kredit bo`yicha risk darajasini 
bizning nazarimizda to`liq ifoda qila olmaydi. 
Kredit  riskining  darajasini  aniqlashdagi  muhim  ko`rsatkichlardan  biri  bu  korxonaning 
moliyaviy 
jihatdan 
mustaqilligini 
ifodalovchi 
koeffitsentdir. 
Muxtorlik 
koeffitsenti 
hissadorlarning,  aksiya  yegalarining  va  kreditorlarning  manfaatlarini  va  shu  bilan  birga 
moliyaviy mablag`larning tarkibini ham ifodalaydi, ya`ni chetdan jalb qilingan kapital bilan o`z 
mablag`lari ta`minlanganligining nisbiy darajasini ko`rsatadi. Bu ko`rsatkich depressiya davrida 
korxonalarni  katta  yo`qotishlaridan  saqlaydi  va  kredit  olish  uchun  kafolat  hisoblanadi.  Bu 
ko`rsatkich orqali korxonaning moliyaviy ahvoliga baho berish mumkin. 
Absolyut  likvidlilik  koeffitsenti  qarzdorlik  bo`yicha  to`lovlarni  o`z  vaqtida  amalga 
oshirishni ta`minlaydi, ishlab chiqaruvchining harakatdagi aktivlar darajasini o`zida ifoda yetadi. 
Absolyut likvidlik koeffitsentining yeng mukammal ko`rinishi bu likvidlik koeffitsenti bo`lib, u 
yuqori va o`rta likvidlik mablag`lar summasi bilan qisqa muddatli qarzdorlik o`rtasidagi nisbatni 
ifodalaydi. 
Iqtisodiy  munosabatlarda  kredit  muhim  o`rin  yegallaydi.  Kredit  –  foizda  qaytarish  sharti 
bilan  vaqtincha  foydalanish  uchun  pul  yoki  material  mablag`lari  berish  jarayonida  yuzaga 
keladigan munosabatlar tizimidir. 
Kredit  riski  yoki  qarzni  qaytarmaslik  xavfi  kreditoning  kredit  kelishuviga  asosan  kreditni 
o`z  vaqtida  qaytarilishiga  va  kredit  shartlarini  bajara  olishiga  ishonchsizligidan  kelib  chiqadi. 
Kredit riski bank faoliyatida uchraydigan risklarning eng yirigidir. 
  Bu holat quyidagilarning ta`sirida vujudga kelishi mumkin. 
a)  tadbirkorlikda,  iqtisodiy  yoki  siyosiy  muhitda  kutilmagan  o`zgarishlar  yuz  berishi 
natijasida qarzdorning pul tushumini kerakli darajada ta`minlay olmasligi; 
b)  kreditga  qo`yilgan  garovning  kelajakdagi  qiymati  va  sifati  bo`lgan  ishonchsizlik  (narx 
o`zgarishi, qo`yilgan mulkning xoridorgirligi); 
v) qarz oluvchining tadbirkorlik dunyosida obro`zsiz bo`lib qolishi. 

37 
 
YUqorida  qayd  yetilgan  holatlar  banklarning  risklarini  boshqarish  va  ularni  doim 
rejalashtirish, darajasini kamaytirish uchun doimiy ishlar olib borishga majbur yetadi. 
Kredit risklari tarkibiga quyidagi risklarni kiritish mumkin. 
1.  Kreditlik  o`z  vaqtida  qaytarmaslik  bilan  bog`liq  risk.  Bu  risk  qarz  oluvchining  kredit 
shartnomasining  shartlarini  bajarmasligi,  kreditni  va  kredit  bo`yicha  foizlarni  o`z  muddatida 
qaytarmasligi. 
2.  Likvidlik  riski  (to`lovlarni  muddatida  o`tkazmaslik  riski)-  bu  risk  kreditni  va  kredit 
bo`yicha  foizlarni  o`z  muddatida  qaytarmaslik  natijasida  bank  mavjud  mablag`larining 
kamayishiga olib kelishi bilan bog`liq. 
3.  Kreditni  ta`minlash  bilan  bog`liq  risk.  Bu  risk  yuqorida  qayd  yetilgan  risklar  bilan 
chambarchas bog`liq. Bu risk turi kredit uchun qo`yilgan garovni sotishdan tushgan mablag`larni 
berilgan kreditni qoplash uchun yetarli yemasligi bilan bog`liqdir, natijada bank o`z talabini tula 
qondira olmaydi. 
4.  Qarz  oluvchining  ishbilarmonligi  bilan  bog`liq  risk.  Bu  risk  korxonaning  ish  faoliyati 
bilan  bog`liq  bo`lib  (sotib  olish,  ishlab  chiqarishi,  sotish)  uning  hajmini  investistion  dastur  va 
ishlab chiqaradigan mahsulot turi va sifati belgilanadi. 
“Kapitalning tarkibiy qismlari bilan bog`liq risklar.”
16
 Bu riskni kapitalni tashkil yetuvchi 
tarkibiy qismlari orasidagi nisbat belgilaydi. 
Kredit riskining darajasi quyidagi omillarga bog`liq. 
  kredit faoliyatining ma`lum bir sohada markazlashuv darajasiga; 
  o`ziga xos ma`lum qiyinchiliklarin boshidan kechirayotgan mijozlarga kredit va boshqa 
bank xizmatlarning kam turi to`g`ri kelishi; 
  bank faoliyatining kam o`rganilgan, yangi, noan`anaviy sohalarda markazlashuvi; 
  kredit  berish,  qimmatli  qog`ozlar  potfelini  shakllantirish  bo`yicha  bank  siyosatiga 
xususiy va jiddiy o`zgarishlar kiritish; 
  yangi va yakinda jalb qilingan mijozlarni umumiy sonidagi foizi. 
  qisqa vaqt ichida bank tomonidan amaliyotga juda ko`p xizmatlar kiritilishi  (u vaqtda 
bankda salbiy talabalar ko`payishi mumkin); 
  bozorda  sotilishi  qiyin  bo`lgan  qimmatliklarni  yoki  qiymati  tushadigan  moddiy 
ne`matlarni garov sifatida olish. 
Qarz  oluvchilarning  moliyaviy  ko`rsatkichlari,  ta`minlanganlik  qiymati  barcha  kredit 
hujjatlarining  tahlilidan  kelib  chiqqan  holda,  kreditlar  quyidagi  tavakkalchilik  guruhlariga 
kiritiladi: 
  Tavakkalchilik darajasi kam bo`lgan kreditlar (tasniflanmaydigan kreditlar); 
                                                           
16
Шапкин A. С.  "Экономические и финансовые риски". Учебник. - Изд. 3-e. - M.: Дашков и К,2006. 

38 
 
  Tavakkalchilik darajasi yuqori bo`lgan kreditlar; 
  Tavakkalchilik darajasi chegaralangan kreditlar; 
  Qoidalardan istisno tariqasida beriladigan kreditlar. 
2. Kredit risklarini tahlil qilish va baholash 
Tijorat  banklarda  muammoli  kreditlarning  paydo  bo`lishiga  asosan  bankka  bog`liq  va 
bog`liq bo`lmagan omillar ta`sir qiladi. 
Amerika  tijorat  banklari  korxonalarning,  qarzdorlarning  bankrot  bo`lishiga  quyidagi 
omillar ta`sir qilishini ko`rsatib o`tgan: 
1.  Boshqaruv  tizimining  yaxshi  tashkil  yetilmagani  –  agar  kompaniya,  firmalarda 
boshqaruv yaxshi yo`lga quyilmasa, u holda baankrot holatlariga yuz tutishi mumkin. 
2.  Firmalarda  birlamchi  kapitalning  to`g`ri  shakllanmagani  –  kupchilik  kompaniyalarda 
birlamchi kapitalning yetarli yemasligi kabi muammolarga duch kelmoqda. Buning asosiy sababi 
umumiy biznes qiymatini tug`ri baholay olmaganligidadir. 
3.  Ishlab  chiqarish  hajmining  yuqoriligi  –  agar  kompaniya  ko`p  miqdorda  tovar  ishlab 
chiqaraversa,  ammo  talab  bo`lmasa,  u  holda  risk  yuqori  bo`ladi,  ya`ni  tovarlarning  o`z  vaqtida 
sotilmasligi bankrotlik holatiga olib keladi. 
4.  Raqobat  –  yangi  kompaniyalarning  tashkil  yetilishi  va  bozorga  kirib  borishi  raqobat 
muhitini  shakllanayotganligidan  dalolat  beradi.  SHuning  uchun  ham  har  qanday  korxona 
avvalambor bozorni har tomonlama o`rganib chiqishi kerak. 
5.  Iqtisodiy  holatlar  –  iqtisodiyot  yaxshi  rivojlanmagan  mamlakatlarda  kompaniyalarning 
rivojlanishi ham qiyin kechadi. 
Xalqaro amaliyotda bank faoliyatida kredit risklarini baholash uchun bir qancha me`yorlar 
qo`yilgan. Bular quyidagilardan iborat: 
1. Bitta qarzdor uchun risk darajasining maksimal qiymati: 
K q (Bitta qarzdorning kreditlar bo`yicha majburiyatlarining yig`indisi) G` (Bank kapitali) 
* 100% 
Bu ko`rsatkichning qiymati 25 % dan oshmasligi kerak. 
2. Yirik kreditlar me`yori: 
K q (Yirik kreditlar yig`indisining miqdori) G` (Bank kapitali) *100% 
Bu ko`rsatkiyaning qiymati o`z kapitalining 8 barobaridan katta bo`lmasligi kerak. 
2. Xalqaro kreditlarning maksimal miqdori: 
K q (bank tomonidan berilgan xalqaro kreditlarning umumiy summasi) G` (Bank kapitali) 
* 100 % 
Bu ko`rsatkichning maksimal qiymati 200 % ga teng. 

39 
 
Bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarda kredit risklarini boshqarish bo`yicha bir 
qancha muammolar mavjud. Ular quyidagilardan iborat: 

 Kredit siyosatining yaxshi ishlab chiqilmagani 

 Kreditlash tarmog`ini to`g`ri tahlil qila olmaganligi 

 Qarzdorni yetarli darajada urganib chiqmagani 

 Mijoz bilan muloqotning kamligi 

 Qarzlar ustidan nazoratning kamligi 

 Qarzdorning xujjatlari ustidan nazoratning kamligi 

 Kreditni rasmiylashtirish bo`yicha xujjatlarning yetarli yemasligi 

 Kreditlar bo`yicha zararlarni qoplash borasida rezervlarning to`g`ri shakllanmaganligi. 
Tijorat banklarida kredit risklarini boshqarishda quyidagilarga ye`tibor berishi kerak: 

 Bank kredit siyosatining yaxshi ishlab chiqilishi 

 Kredit risklarini boshqarish bo`yicha tezkor qarorlar qabul qilish 

 Kreditning qaytarilmasligi bo`yicha risklarni tahlil qilish 

 Har bir qarzdor ustidan kredit monitoringini olib boorish 

 Muddati uzaytirilgan va muammoli kreditlar ustidan chora – tadbirlar olib borish. 
Bankning  kredit  faoliyati  uni  boshqa  bank  bo`lmagan  tashkilotlardan  farqlovchi  asosiy 
mezonlardan  biridir.  Jahon  amaliyotidan  ma`lumki,  bank  foydasining  asosiy  qismi  kredit  bilan 
bog`liq.  SHu  sababli  yirik  kreditlarning  qaytarilmasligi  bankning  sinishiga  sabab  bo`lishi 
mumkin.Banklar faoliyatini to`g`ri tashkil qilish, yehtimol qilinadigan risklarni minimallashtirish 
masalalaridan biri kredit risklari, ularning darajalarini aniqlash va tahlil qilishdan iborat. 
Xalqaro amaliyotda kredit risklarini baholash uchun bir qancha me`yorlar qo`yilgan. Bular 
quyidagilardan iborat: 
1.  Bitta qarzdor uchun risk darajasining maksimal qiymati: 
 
Bu yerda: K
m
 - Bitta qarzdorning kreditlar bo`yicha majburiyatlarining yig`indisi; 
K
b
 - Bank kapitali. 
- Bu ko`rsatkichning qiymati 25 % dan oshmasligi kerak. 
2. Yirik kreditlar me`yori: 
 
Bu yerda: K
y
 - Yirik kreditlar yig`indisining miqdori; 

40 
 
K
b
 - Bank kapitali. 
Bu ko`rsatkichning qiymati o`z kapitalining 8 barobaridan katta bo`lmasligi kerak. 
3.  Xalqaro kreditlarning maksimal miqdori: 
 
Bu yerda: K
x
 –Xalqaro kreditlar yig`indisining miqdori; 
K
b
 - Bank kapitali. 
Bu ko`rsatkichning maksimal qiymati 200 % ga teng bo`ladi. 
Kredit riskining haqiqiy darajasi (K
rh
) quyidagicha aniqlanadi: 
 
Bu yerda: 
K
rh 
– kredit riskining haqiqiy darajasi; 
TMK – to`lanmagan kreditlar; 
BK – berilgan kreditlar. 
Harakatda bo`lmagan aktivlar  – 90 kundan kam  bo`lmagan va undan ortiq muddat ichida 
daromad keltiruvchi aktivlar, shu jumladan, kredit qo`yilmalari kiritiladi.  
Hisobdan chiqarilgan kreditlar – bankka qaytarilishidan butunlay umid uzilgan va zararlar 
sifatida hisobdan chiqarilgan kreditlar. 
Umumiy  iqtisodiy  vaziyat  deganda,  mamlakatdagi  joriy  va  kelajakdagi  iqtisodiy  holat, 
siyosiy  ahvol,  soliqlar,  xomashyo  va  boshqa  kredit  qaytarilishiga  ta’sir  etuvchi  bilvosita 
omillarni o‘rganish tushuniladi.  
Kreditga  layoqatlilikni  tahlil  qilishdan  asosiy  maqsad  qarz  oluvchi,  xo‘jalik  yurituvchi 
subyektning  imkoniyatlari,  qarzni  o‘z  vaqtida  qoplashni,  risk  darajasini,  kredit  miqdori  va 
boshqa  omillarni  belgilangan  sharoitda  va  holatda  tahlil  qilishdan  iboratdir.  Banklar  uchun  bu 
masalalarni    amalga  oshirish  juda  qiyin  bo‘lsada,  xuddi  ana  shu  maqsad  amalga  oshirilsagina 
berilgan kreditdan foyda olinadi. 
Kreditga layoqatlilikni tahlil qilish vazifasi quyidagilar hisoblanadi: 
1) kreditga layoqatlilikni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash;  
2) ko‘rsatkichlarni tahlil qilish (yil boshi va yil oxirini taqqoslash); 
3) ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;  
4) kreditga layoqatlilikni mustahkamlash yo‘llarini aniqlash. 
Bozor  munosabatlarining  rivojlanib  borishi  bilan  tijorat  banklari  tomonidan  kreditga 
layoqatlilikni  tahlil  qiluvchi  yangi  metodlar  ishlab  chiqilmoqda,  bu  korxona  haqidagi  (kreditga 

41 
 
layoqatligi  haqidagi)  tahlilni  chuqurroq  olib  borishni  ko‘rsatadi.  Hozirgi  vaqtda  jahon 
amaliyotida (YUNIDO tasdiqlagan standart bo‘yicha) moliyaviy ko‘rsatkichlar sistemasi hamda 
tahlil  va  reyting  metodi  bo‘yicha  tahlil  usullari  qo‘llaniladi.  O‘zbekiston  Respublikasida 
Markaziy  bank  tomonidan  chiqarilgan  yo‘riqnoma  bo‘yicha  korxonalarga  turli  xil  muddatga 
kreditlar berilib,  ularning kreditga layoqatliligi  moliyaviy ko‘rsatkichlarning tahliliga  asoslanib 
aniqlanadi. 
Tahlil  uchun  asosiy  manba  –  korxona  buxgalteriya  balansi  va  moliyaviy  natijalar 
to‘g‘risidagi hisobotdan foydalaniladi. 
Korxonalarning  kreditga  layoqatliligini  anqilovchi  ko‘rsatkichlarni  quyidagi  2  huruhga 
bo‘lishimiz mumkin: 
a.  Kreditga layoqatlilikni ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar: 
1) qoplash koeffitsiyenti;  
2) o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti; 
3) likvidlik koeffitsiyenti. 
b.  qo‘shimcha koeffitsiyentlar: 
1) aylanma mablag‘larining aylanuvchanlik koeffitsiyenti;  
2) o‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi;  
3) foyda va rentabellik koeffitsiyentlari. 
Jahon amaliyotida korxona likvid mablag‘lari ikkiga bo‘linadi: 
1) absolyut likvid mablag‘lar; 
2) joriy likvid mablag‘lar. 
Absolyut  likvid  mablag‘lar  tarkibiga  balans  aktiv  qismining  ikkinchi  bo‘limi  jami 
kiritiladi. Ular 3 qismdan iborat: 
1) oson ishlatiladigan zaxiralar
2) pul mablag‘lari; 
3) oson amalga oshiradigan talablar, "debitorlik qarzlari". 
Likvid  mablag‘larning  korxonada  yetarlicha  bo‘lishi,  uning  majburiyatlarini  o‘z  vaqtida 
qoplay olishidan dalolat beradi. 
Joriy  likvid  mablag‘lar  juda  ham  tez  pulga  aylanadigan  korxona  vositalarini  o‘z  ichiga 
oladi,  shu  sababli,  joriy  likvid  mablag‘lar  tarkibiga  balans  aktiv  qismi  ikkinchi  bo‘limining 
quyidagilari kiradi: 
1) pul mablag‘lari; 
2) debitorlik  qarzlari. 
Joriy  likvid  mablag‘lar  korxonaga  birlamchi  to‘lovlarni  amalga  oshirishda  kerak  bo‘ladi. 
Ular yuqori likvidlikka egaligidan, korxonada ushbu mablag‘lar ham me’yor darajasida bo‘lishi 

42 
 
kerak.  Zero,  kredit  inspektori  mijozni  kreditga  layoqatliligini  tahlil  qilishda  ushbu 
ko‘rsatkichlarga alohida ahamiyat beradi. 
Likvid  mablag‘larni  bunday  2  ga  bo‘lishdan  maqsad,  qoplash  va  likvidlik 
koeffitsiyentlarini hisoblash oson bo‘ladi. 
Qoplash koeffitsiyenti  quyidagicha hisoblanadi: 
                      
                             
                          
 
Qoplash  koeffitsiyenti  kreditlash  chegarasini  ko‘rsatadi  va  mijozning  hamma  aylanma 
vositalarining qarzni  olishga  yetarliligini ko‘rsatadi.  Bu ko‘rsatkich 2 va  undan   yuqori bo‘lsa, 
mijoz kreditga layoqatlidir. Agar 0,5 dan kam bo‘lsa, kreditlash foydasiz bo‘lib, mijoz kreditga 
layoqatsiz hisoblanadi. 
1-masala.  Quyidagi  ma’lumotlar  asosida  aksiyadorlik  jamiyatining  uzoq  muddatli  bank 
krediti olish uchun kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlaridan qoplash koeffitsiyentini hisoblang: 
  asosiy vositalar qoldiq qiymati:  365,0 ming so‘m; 
  tovar moddiy zaxiralari va xarajatlari: 10600,0 ming so‘m; 
  debitorlik qarzlari: 430,0 ming so‘m; 
  pul mablag‘lari:2,0 ming so‘m; 
  uzoq muddatli majburiyatlar: 345,0 ming so‘m; 
  joriy majburiyatlar: 10700,0 ming so‘m. 
Yechish:Korxonaning  kreditga  layoqatlilik  ko‘rsatkichlaridan  qoplash  koeffitsiyenti 
quyidagicha topiladi: 
                      
                             
                             
   
        
        
         
Javob: 1,031 
Likvidlik koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi: 
                         
                                                      
                            
 
Likvidlik  koeffitsiyenti  mijozning  aylanma  kapitali  strukturasini  baholash  asosida  yaqin 
kelajakda  bankdan  olgan  kreditlarini  tezkor  (tezkorlik)  va  o‘z  vaqtida  to‘lay  olish  qobiliyati 
hisoblanadi.  Likvidlik  koeffitsiyenti  1,5  va  undan  yuqori  bo‘lsa,  korxona  yuqori  kreditga 
layoqatlilik darajasiga erishgan bo‘ladi. 
2-masala.  Quyidagi  ma’lumotlar  asosida  aksiyadorlik  jamiyatining  uzoq  muddatli  bank 
krediti olish uchun kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlaridan likvidlik koeffitsiyentini hisoblang: 
  asosiy vositalar qoldiq qiymati:  365,0 ming so‘m; 
  tovar moddiy zaxiralari va xarajatlari: 10600,0 ming so‘m; 

43 
 
  debitorlik qarzlari: 430,0 ming so‘m; 
  pul mablag‘lari:2,0 ming so‘m; 
  uzoq muddatli majburiyatlar: 345,0 ming so‘m; 
  joriy majburiyatlar: 10700,0 ming so‘m. 
Yechish:Korxonaning  kreditga  layoqatlilik  ko‘rsatkichlaridan  likvidlilik  koeffitsiyenti 
quyidagicha topiladi: 
                        
                                                
                          
 
     
       
 
           Javob: 0,04 
Qoplash  va  likvidlik  koeffitsiyentlarini  topishda,  qisqa  muddatli  majburiyatlarni  to‘g‘ri 
hisoblash talab etiladi. Qisqa muddatli majburiyatlar, buxgalteriya balansining passiv qismidagi 
majburiyatlar bo‘limidan olinadi. 
Banklardagi  kredit  inspektorlari  mijozning  kreditga  layoqatliligini  tahlil  qilishda, 
balansdagi  asosiy  (joriy  aktivlari  va  majburiyat  bo‘limidagi)  moddalarning  tarkibiy 
o‘zgarishlarini ko‘rib chiqadilar. Bu albatta, xavf-xatarni baholashni yengillashtiradi. 
Korxona  kreditga  layoqatliligi  tahlili  uchun  kerak  bo‘ladigan  keyingi  ko‘rsatkich  –  bu 
mustaqillik  (muxtoriylik)  koeffitsiyentidir.  Ushbu  koeffitsiyent  0,6  dan,  ya’ni  60  %dan  yuqori 
bo‘lsa,  kredit  xatari  eng  kam  hisoblanadi.  Bu  koeffitsiyent  30  %  dan,  ya’ni  0,3  dan  kam 
bo‘lmasligi  lozim.  Bu  ko‘rsatkichni  hisoblash  uchun  korxonaning  balans  bo‘yicha  o‘z 
mablag‘lari  manbalari,  ya’ni  balans  passivining  birinchi  bo‘linmasi  summasi  jami  passiv 
summasiga  bo‘linadi.  Nolikvid  balanslarga  ega  bo‘lgan  korxonalarga  esa  bank  kreditlaridan 
foydalanish  huquqi  berilmaydi.  Korxona  balansi  likvidligi  quyidagicha  hisoblanadi:  korxona 
balansi  (1-shakl)  passiv  qismi  birinchi  bo‘limi  summasiga,  ikkinchi  bo‘lim  uzoq  muddatli 
majburiyatlari qo‘shilib (agar to‘lov muddati uch oydan oshiq bo‘lsa) balans aktiv qismi birinchi 
bo‘limi    summasi  ayriladi.    Agar  chiqqan  natija  ijobiy  bo‘lsa,  korxona  balansi  likvidli 
hisoblanadi.    
3-masala.  Quyidagi  ma’lumotlar  asosida  aksiyadorlik  jamiyatining  uzoq  muddatli  bank 
krediti  olish  uchun  kreditga  layoqatlilik  ko‘rsatkichlaridan  muxtoriylik  koeffitsiyentini 
hisoblang: 
  asosiy vositalar qoldiq qiymati:  365,0 ming so‘m; 
  tovar moddiy zaxiralari va xarajatlari: 10600,0 ming so‘m; 
  debitorlik qarzlari: 430,0 ming so‘m; 
  pul mablag‘lari:2,0 ming so‘m; 
  uzoq muddatli majburiyatlar: 345,0 ming so‘m; 
  joriy majburiyatlar: 10700,0 ming so‘m; 

44 
 
  o‘z mablag‘lari manbalari: 435,0 ming so‘m. 
Yechish:Korxonaning  kreditga  layoqatlilik  ko‘rsatkichlaridan  muxtoriylik  koeffitsiyenti 
quyidagi formula orqali topiladi: 
                          
 
 
                            
                
        
     
       
 
            .Javob: 3,8%. 
Bank  kredit  berishda  korxonaning  mahsulot  sifatini,  muddati  uzaytirilgan  debetorlik 
qarzlarini,  kapital  remont  uchun  qilingan  xarajatlarni,  turli  zararlarni  qoplashini  ko‘rib  chiqish 
kerak. Bunga sabab shuki, ushbu aytilganlar bo‘yicha qo‘shimcha sarflanishlarga yo‘l qo‘yilgan 
bo‘lsa,  korxonada  bu  qo‘shimcha  sarflanishlar  aylanma  mablag‘laring  hisobidan  bo‘ladi,  shu 
sababli  ushbu  qo‘shimcha  sarflanishlar  aylanma  mablag‘lariga  salbiy  ta’sir  etib,  haqiqatda 
xo‘jalik  jarayonida  qancha  aylanma  mablag‘lari  ishtirok  etayotganligini  ifodalaydi.  Balans 
bo‘yicha  aylanma  mablag‘larini  mavjud  summasi  bilan  haqiqatdan  ham  korxona  xo‘jalik 
aylanmasida ishtirok etadigan aylanma mablag‘larining summasi bir-biridan farq qiladi. Har ikki 
ko‘rsatkich o‘rtasidagi farq aylanma mablag‘larining immobilizatsiyasini tashkil etadi.  
Immobilizatsiya aylanma manbalarning chetga tortilishidir. Ya’ni o‘z maqsadidan tashqari 
sarflanishidir.  Kredit  inspektori  ushbu  koeffitsiyentni  hisoblashda,  albatta,  aylanma 
mablag‘larining mavjud summasi immobi-lizatsiyasini hisobga olishi kerak. 
Korxona  (mijoz)  kredit  olishga  layoqatliligining  tahlilida  qo‘llaniladigan  qo‘shimcha 
ko‘rsatkichlar  bo‘lib,  aylanma  mablag‘larining  aylanuvchanlik  koeffitsiyentini  va  aylanma 
mablag‘larining kunlardagi aylanuvchanligi ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi. 
Aylanma  mablag‘lari  aylanuvchanligi  koeffitsiyenti  aylanma  mablag‘lari  harakatining 
tezligini  ifodalaydi  va  tahlil  qilinayotgan  davr  uchun  mahsulot  sotishdan  olingan  tushum  va 
aylanma  mablag‘larining  o‘rtacha  qiymati  o‘rtasidagi  tafovut  sifatida  aniqlanadi.  Tahlil  uchun 
ma’lumotlar  yillik  hisobotning  1-shakli  balans  va  2-shakli  moliyaviy  natijalar  to‘g‘risidagi 
hisobotdan olinadi. 
                              
                                 
                                       
 
 
   
 ;    
                                         
                                               
                                 
 
     
 
;  
Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish