Investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan (investitsion) qarorlar. Mavjud jamg‘armalarni qaysi (qanday) aktivlarga yo‘naltirish (joylash-tirish) kerak?
Moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar. Uy xo‘jaligi o‘z iste’-molchilik va investitsion rejalarini amalga oshirish uchun qachon va qay tarzda qarz olingan mablag‘dan foydalanishi kerak?
Riskni boshqarish (riskiy boshqaruv) bilan bog‘liq qarorlar. Uy xo‘jaliklari qanday qilib va qanday shartlarda moliyaviy vaziyat mavhumligi (noaniqligi) darajasini kamaytirishlari kerak va yo‘l qo‘yiladigan risk darajasini qachon oshirishlari zarur?
Shunday qilib, uy xo‘jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlarni chizmada quyidagicha aks ettirish mumkin (2.1-rasm):
Uy xo’jaliklari tomonidan qabul
qilinadigan moliyaviy qarorlar
-
Pul
|
|
|
|
|
|
Riskni boshqarish
|
mablag’larini
|
|
Investitsiya-lar
|
|
Moliyalash-
|
|
(riskiy
|
iste’mol qilish
|
|
bilan bog’liq
|
|
tirish
|
|
boshqaruv) bilan
|
va jamg’arish
|
|
bo’lgan
|
|
to’g’risidagi
|
|
bog’liq
|
to’g’risidagi
|
|
(investitsion)
|
|
qarorlar
|
|
qarorlar
|
qarorlar
|
|
qarorlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2.1-rasm. Uy xo‘jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlar.
Uy xo‘jaliklari o‘z daromadlarining ma’lum qismini kelajakda sarflash uchun jamg‘arib qo‘yishlari natijasida ular umumiy boylik jamg‘armasini (pool of wealth) to‘plab qo‘yadilar. Va ular turli shakllarda saqlanishi mumkin. Kimdir pullarni bankdagi hisob raqamlarida saqlashni afzal ko‘rsa, kimdir ko‘chmas mulkka yoki biror biznesga tikadi (yo‘naltiradi, joylashtiradi). Bu mablag‘larning umumiy nomi bor. Ular aktivlar (assets)
nomini olgan. Iqtisodiy qiymatga ega bo‘lgan barcha narsalar aktivlar deyiladi. Uy xo‘jaliklarining o‘zlari to‘plagan mablag‘larni sarflash borasida qaror
qabul qilish jarayoni xususiy investitsiyalash (asset allocation) yoki pul mablag‘larini turli aktivlar turlari o‘rtasida taqsimlash deb ataladi.
Xususiy uy sotib olish bilan bir qatorda odamlar ko‘pincha o‘z mablag‘larini
11
moliyaviy aktivlarga, masalan aksiya yoki obligatsiyalarga tikadi (joylashtiradi, qo‘yadi)lar. Agar odam pul qarz olsa, u o‘zida yuzaga kelgan qarz majburiyati (liability) bilan bog‘liq ma’lum javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, unda qarz paydo bo‘ladi. Uy xo‘jaligi boyligi yoki mulkining toza (sof) bahosi (qiymati) (net worth) uning mulki bahosidan uning qarz majburiyatlari summasini ayirish orqali aniqlanadi.
Masalan, faraz qilaylik, Siz 100 mln.so‘m turadigan uy egasisiz va bankdagi hisob raqamingizda 20 mln.so‘mingiz bor. Bundan tashqari, Siz bankka 80 mln. so‘m qarzsiz. Bu summani Siz uy sotib olayotganda bankdan ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish evaziga olgansiz (majburiyat), va 5 mln. so‘m miqdorida kredit kartochkasi bo‘yicha to‘lanmagan xarajatlaringiz bor. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, uy xo‘jaligingizdagi mulkning haqiqiy bahosi 35 mln. so‘mni tashkil etadi: jami aktivlardan (120 mln. so‘m) qarz majburiyatlari summasi (85 mln. so‘m) ayirib tashlanadi. Oxir hisobda (pirovardida) jamiyatning har qanday resurlari uy xo‘jaliklariga tegishli. Chunki aynan ular firma egalaridir (yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri, yoki aksiyalarga, hayotni sug‘urtalash bo‘yicha polislarga egalik qilish yoki pensiya rejalarida ishtirok etish orqali) va soliq to‘laydilar. Bu soliqlar esa, davlat tomonidan sarflanadi.
Odamlarning ehtiyoji moliya nazariyasida mavjud narsa sifatida talqin etiladi. Bu ehtiyojlar vaqt o‘tib o‘zgarishi mumkin. Lekin buning qanday qilib va nima uchun yuz berishi mazkur nazariya chegaralaridan tashqariga chiqadi. Unga ko‘ra, odamlarning hatti-harakatini o‘z ehtiyoj-larini qondirishga intilishlari bilan tushuntirish mumkin bo‘lsa, firmalar, davlat korxonalari va tashkilotlari faoliyatini shu faoliyat odamlarning farovonligiga qanday qilib ta’sir qilishi nuqtai nazaridan baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |