2. Mulkka egalik huquqi (mulk)ni boshqaruvdan ajratishning moliyaviy sabablari
Yakka mulk hisoblangan korxonalarda va hatto ko‘pgina shirkatlarda ham korxona egasi bir vaqtning o‘zida menejer11 vazifasini ham bajaradi. Ammo, boshqa firmalarda, ayniqsa yirik firmalarda mulk egalari biznesni o‘zlari boshqarmaydilar. Ular bu vazifa (majburiyat)ni professionallarga (maxsus kasb egalariga) topshiradilar. Ko‘p hollarda bu professionallar (maxsus kasb egalari) mazkur kompaniyaning aksiyadori ham bo‘lmaydilar. Nimaga mulk egalari kompaniyani boshqarishni menejment bo‘yicha muta-xassislarga topshirishlariga, hech bo‘lmaganda, beshta sabab bor (3.2-rasm).
Birinchidan, o‘z kasbini puxta egalla (biladi)gan professional mene-jerlarni topish unchalik murakkab ish emas. Shu bilan birga, ular firmani boshqarish uchun korxona egalariga qaraganda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan (ko‘pincha shunday bo‘ladi ham), ko‘proq tajribaga ega bo‘lishi va, shunchaki, yaxshi insoniy fazilatlar sohibi bo‘lishlari ham mumkin. Kompaniyani o‘zi boshqaradigan mulk egasi nafaqat biznesni yuritish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarga, balki boshqaruvchi iqtidoriga ham ega bo‘lishi kerak. Kompaniya mulkiga egalik huquqini uni boshqarishdan ayirganda esa tabiatda kam uchraydigan bunaqangi mushtaraklik talab etilmaydi.
Ko‘ngilochar biznes misolida shunday vaziyatni o‘rganib chiqamiz. Masalan, kinostudiya yoki televideniye tarmog‘ini boshqarish borasida yuqori
Mulk egalari kompaniya boshqarishni menejment bo’yicha
mutaxassislarga topshirishining sabablari
O’z kasbini puxta egalla (biladi)gan professional menejerlarni topish unchalik murakkab ish emas
Iqtisodiy jarayonlarga xos bo’lgan mavhum (noaniq)lik sharoitida investorlar mablag’larni turli firmalarga tikish (joylashtirish) orqali riskni taqsimlashga intiladilar
Biznesda samaradorlikka erishish yoki foyda ko’rish uchun, ko’pincha, bir necha uy xo’jalik-larining resurslarini bir-lashtirish kerak bo’ladi
Mulkka egalik huquqini boshqarishdan
ajratish axborot olishga ketadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi
Ta’lim olish (o’qish) egri chizig’i effekti (samarasi), yoki faoliyat yuritib turgan tashkilot effekti (samarasi) degan narsa mavjud
3.2-rasm. Mulk egalari kompaniya boshqarishni menejment bo‘-yicha mutaxassislarga topshirishining sabablari
11 “Menejer” inglizcha “manager” – boshqaruvchi. Korxona yoki kompaniya egalari bo‘lmagan, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan malakali yollanma boshqaruvchilar. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B. 579.
18
malakaga ega kishilar bu sohada o‘z biznesini tashkil etish uchun moliyaviy resurslarga va aksincha, buning uchun yetarlicha mablag‘ga ega badavlat kishi esa bu kabi tashkilotni boshqarish uchun zarur qobiliyatga ega bo‘lmasliklari mumkin. Shunday qilib, bunday vaziyatda eng maqbul yo‘l shuki, malakali mutaxassislar filmlar yaratib, ularga prodyuserlik qiladilar va sota-dilar, badavlat kishilar esa bu biznesni zarur miqdorda kapital bilan ta’minlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |