Moliya”fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 5,79 Mb.
bet10/138
Sana12.07.2022
Hajmi5,79 Mb.
#781929
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   138
Bog'liq
“Moliya” kafedrasi

2-nazorat uchun savol

Firmalar qabul qilishiga to‘g‘ri keladigan moliyaviy qarorlarning to‘rtta


asosiy turi qanday? Har biriga misol keltiring.




3-mavzu. Zamonaviy moliyaning fundamyental
(tub) masalalari
Reja:



  1. Biznesning tashkiliy shakllari va ularning moliyaviy qarorlar qabul qilishga ta’siri




  1. Mulkka egalik huquqi (mulk)ni boshqaruvdan ajratishning moliyaviy sabablari




  1. Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari




  1. Bozor intizomi: kompaniyalarning “yutib yuborilishi” va uning moliyaviy natija (oqibat)lari




  1. Korporatsiyada moliyachining tutgan o‘rni




  1. Amaliyotimizda bunga qay darajada rioya qilinayotir? Uning natijasi qanday bo‘layapti? Misollar keltira olasizmi? Unga, eng umumiy tarzda, qanday baho bergan bo‘lur edingiz? Nima uchun?

15

  1. Biznesning tashkiliy shakllari va ularning moliyaviy qarorlar qabul qilishga ta’siri

Biznes olib borishning uchta asosiy tashkiliy shakli mavjud: yakka egalik, shirkat (yoki sheriklik) va korporatsiya (3.1-rasm).




Biznes olib borishning asosiy
tashkiliy shakllari






Yakka egalik




Shirkat (yoki sheriklik)




Korporatsiya











































Bitta odam yoki







Ikki va undan ko’p




Mustaqil




oilaga tegishli







kishi (oila) mulki bo’lgan




yuridik




firma







firma




shaxs






















3.1-rasm. Biznes olib borishning asosiy tashkiliy shakllari




Yakka egalik (sole proprietorship), bitta odam yoki oilaga tegishli firma bo‘lib, unda barcha aktivlar va majburiyatlar bir vaqtning o‘zida firma egasining mulki hisoblanadi. Yakka mulkdor firmaning qarzlari va boshqa majburiyatlari bo‘yicha cheklanmagan majburiyatlarga yoki cheklanmagan mas’uliyatga (unlimited liability) ega. Bu degani, agar firma kompaniya kreditorlarining talablarini qondirish uchun o‘z qarz majburiyatlarini bajara olmasa, u holda kompaniya egasining istalgan mulki xatga olinishi mumkin.

Ko‘pchilik firmalar o‘z faoliyatini mulkka yakka egalik sifatida boshlaydi. Keyinchalik kengayib, oyoqqa turgan sari o‘z tashkiliy shaklini o‘zgartiradi. Ammo, shunaqasi ham bo‘ladiki, biznes – restoran, ko‘chmas mulk agentligi yoki kichkina ustaxona – butun faoliyat davomida yakka mulkligicha qolishi ham mumkin.




Shirkat (partnership) – bu ikki va undan ko‘p kishi (oila) mulki bo‘lgan firma. Ular sherik deb ataladi va kompaniya kapitaliga birgalikda egalik qiladilar. Sheriklik kelishuvida, odatda, qarorlar qanday qabul qilinishi va firmaning daromad va zarari qanday taqsimlanishi belgilab qo‘yiladi. Kelishuvda boshqa shart belgilangan bo‘lmasa, sheriklar, xuddi yakka mulk-chilikdagi kabi, majburiyatlar bo‘yicha cheklanmagan javobgarlikka ega bo‘ladilar.

Ammo, sheriklarning majburiyatlarini ma’lum darajada cheklash ham mumkin. U holda bunday sheriklar mas’uliyati cheklangan sheriklar, yoki kommanditlar deb ataladilar (limited partners). Biroq bunda, sheriklarning hech bo‘lmasa bittasi firmaning qarzlari bo‘yicha cheklanmagan javobgarlikka ega bo‘ladi va u asosiy (bosh) sherik deb ataladi. Odatda, kommandit-sheriklar shirkat faoliyatiga taalluqli kundalik qarorlarni qabul qilishda ishtirok etmaydilar. Bu asosiy (bosh) sherikning vakolatiga kiradi.


16
Xususiy korxona yoki shirkatdan farqli o‘laroq, korporatsiya (corporation) – bu mustaqil yuridik shaxs bo‘lib, u o‘z egalaridan alohida faoliyat yuritadi. Korporatsiya mulkka egalik qilish, qarz olish va shartnomalar tuzish huquqiga ega. Ular sudga berishlari va ularni ham sudga berish mumkin. Bundan tashqari, korporatsiyalarni va biznes yuritishning ikkita boshqa shaklini soliqqa tortishda ham farq bor.


Korporatsiya ustav hujjatlari asosida boshqariladi. Aksiyadorlar korporatsiya daromadidan amalga oshiriladigan har qanday to‘lovlarda o‘z aksiyalari soniga proporsional ravishda ulushga ega bo‘lish (masalan, dividendlar ko‘rinishida) huquqiga egadirlar. Aksiyadorlar direktorlar kengashini saylaydi va ular, o‘z navbatida, korporatsiya ishlarini boshqarish uchun menejerlarni tayinlaydilar. Odatda, aksiyadorlar yig‘ilishida bitta aksiya bitta ovozga ega. Ammo turli toifadagi aksiyalar ham bor bo‘lib, ular turli ovoz huquqini berishi mumkin.


Korporativ tashkilot (biznesni korporativ tashkil qilish)ning afzal tomoni shundaki, firmaning sog‘lom faoliyatiga zarar yetkazmasdan aksiyalar boshqa egalarga berilishi mumkin. Boshqa afzal tomoni aksiyadorlarning mas’uliyati cheklanganligida bo‘lib, bu degani agar korporatsiya qarzlarini to‘lashga qodir bo‘lmasa, kreditor10lar aksiyadorlarning shaxsiy mulkini emas, balki korporatsiya aktivlarini xatlaydilar. Bu ma’noda korporatsiya xuddi shirkatda asosiy (bosh) sherik bajargan vazifani bajaradi, aksiyadorlar esa mas’uliyati cheklangan sheriklar kabi ishlaydi (faoliyat ko‘rsatadi)lar.


Butun dunyoda yirik firmalarning deyarli barchasi, garchi ularga bitta shaxs yoki oila egalik qilsa-da, korporatsiya shaklida faoliyat yuritadi. AQShda aksiyalari tarqoq korporatsiyalar ochiq (public corporations), mulkka egalik huquqi jamlangan (to‘plangan) korporatsiyalar esa yopiq yoki xususiy korporatsiya (private corporations) deb ataladi.


Turli mamlakatlarda korporatsiyalar faoliyati turlicha qonunlar bilan muvofiqlashtiriladi. Hatto bitta mamlakat ichida bunday firmalar faoliyati turli yurisdiksiyaga tushishi ham mumkin. Masalan, AQShda bunday qonunlar davlat darajasida joriy etiladi (va ularning bajarilishi qat’iy nazorat qilinadi).


Kundalik hayotda nomiga qarab firmaning korporatsiya ekanligini quyidagicha aniqlash mumkin: masalan, AQShda firma-korporatsiya nomiga inglizcha incorporated so‘zidan olingan qisqartma ink; Fransiyada – SA harflari (Societe Anonime); Italiyada – SpA (Societa per Azione); Niderlan-diyada – NV (Naamloze Vennootdchap); Shvetsiyada – AB (Aktiebolag)lar qo‘shiladi.


Germaniyada ochiq korporatsiyalar Aktiengesellschaften deb ataladi va bunday korporatsiyani firma nomining oxiridagi AG harflaridan bilsa bo‘ladi; xususiy korporatsiyalar Gesellschaften mit beschrankter Haftung deb ataladi va ularning nomiga GmbH harflari qo‘shiladi. Buyuk Britaniyada PLS harflari mas’uliyati cheklangan ochiq kompaniyalar uchun va LTD xususiy kompaniyalar uchun xuddi shunday ma’noga ega. Tarixda nomi qolgan birinchi korporatsiyalar Amsterdam va Londonda XVII asrda tashkil etilgan va o‘zbekchada “aksiyadorlik





  1. “Kreditor” lotincha “creditor” – qarz beruvchi. Mol yoki pulni nasiyaga, qarzga bergan muassasa yoki shaxs. Qarang: o‘sha manba. J.II.–B. 415.

17
kompaniyasi” (joint stock companies) degan ma’noni anglatgan. Bizning kunlarda bunday atamadan deyarli foydalanilmaydi.





Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish