Beshinchidan, ta’lim olish (o‘qish) egri chizig‘i effekt15i (samarasi), yoki faoliyat yuritib turgan tashkilot effekti (samarasi) degan narsa mavjud va u quyidagilarda namoyon bo‘ladi: agar kompaniya egasi bir vaqtning o‘zida firma menejeri bo‘lsa, kompaniyaning yangi egasi yangi biznesni muvaffaqiyatli boshqarish uchun undan ish yuritishni o‘rganishiga to‘g‘ri keladi. Agar kompaniya egasi bir vaqtning o‘zida menejer bo‘lmasa, biznes sotilgan taqdirda ham tajribali menejer tashkilotda ishlashda davom etadi, faqat endi u boshqa xo‘jayinga ishlaydi (xizmat qiladi). Kompaniya birinchi bor o‘z aksiyalarini ochiq muomalaga chiqarganda (ya’ni, ochiq aksiyadorlik kompaniyasi (jamiyati)ga aylanganda), uning dastlabki ta’sischisi va egalari bo‘lgan menejerlari, garchi endi ular kompaniya aksiyadorlari bo‘lmasa-da, ko‘pincha, korporatsiyani boshqarishda davom eta-dilar.
Biznesni tashkil etishning korporativ shakli mulkka egalik huquqi boshqaruvdan ajratilganda ayniqsa samaralidir. Chunki u firmaning sog‘lom (normal) faoliyatiga putur yetmagan holda mulkdorlar ro‘yxatida tez-tez o‘zgarishlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yadi (egalik huquqi aksiyalarga o‘tishi munosabati bilan). Butun dunyoda turli korporatsiyalarning millionlab aksiyalari qo‘lda qo‘lga o‘tib turadi va buning firmani boshqarish hamda uning faoliyat yuritishi sifatiga salbiy ta’sir qilgan hollari juda kam.
2-nazorat uchun savol
Firmani boshqarishni uning mulkiga egalik huquqidan ajratish uchun asosiy sabablar nimada? Biznesni tashkil etishning korporativ shakli qanday qilib bunday ajratishga yordam beradi?
Ammo, hamma narsada bo‘lganidek, bunday ajratishning ham o‘z salbiy tomonlari bor va boshqarishni mulkka egalik huquqidan ajratish foydasiga gapiradigan barcha omillar bunday ajratish tartibi amalga oshganda mulkdorlar va menejerlar manfaatlari o‘rtasida ziddiyatlar (of interest) yuzaga kelishiga olib keladi. Korporatsiya egalari, odatda, menejerlar ularning manfaatlarini qanchalik samarali himoya qilayotganlari to‘g‘risida juda cheklangan ma’lumotga ega bo‘ladilar. Shu sababli menejerlar o‘zla-rining aksiyadorlar oldidagi burchlariga beparvo bo‘lishlari mumkin. Ba’zi hollarda esa ular aksiyadorlar manfaatlariga zid ishlar qilishlari ham mumkin. Klassik siyosiy iqtisod asoschisi A.Smit bu borada shunday deydi: “Bunday (aksiyadorlik) kompaniyalar direktorlari o‘zlarining emas, birovlarning pullarini boshqarar ekanlar, ulardan xuddi xususiy shirkat
“Effekt” lotincha “effektus” – harakat, faoliyat; natija. Ish, faoliyat va sh.k.ning natijasi. Qarang: o‘sha manba. J.V – B.62.
20
sheriklari o‘z mablag‘larini zukkolik va qunt bilan boshqarganlari singari boshqarishlarini kutish aqlli ish bo‘lmaydi. Badavlat odamlarning ko‘p-chilik qullari kabi, ular ham mayda-chuyda narsalarga ahamiyat berishni o‘zlarga munosib bilmaydilar va osongina o‘zlarini bunday vazifadan ozod etadilar. Shunday qilib, kompaniya ishlarini boshqarishda bunday sovuq-qonlik va isrofgarchilik u yoki bu darajada kuzatiladi, albatta.”16
Xulosa qilib shuni aytish joizki, sarf-xarajat oqilona qilinsa, mulkdorlar va menejerlar manfaatlari o‘rtasida ziddiyatlar yuzaga kelishi ehtimolining oldini olish mumkin, firma egalari, odatda, tashkilotni o‘zlari boshqarmaydilar va kompaniyaga egalik qilish, odatda, ko‘plab mulkdorlar o‘rtasida taqsimlanadi. Yana shuni aytish kerakki, mulkdorlar orasidagi o‘zgarishlar menejerlar o‘zgarishidan ko‘ra ko‘proq yuz berib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |