Moliya”fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 5,79 Mb.
bet16/138
Sana12.07.2022
Hajmi5,79 Mb.
#781929
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   138
Bog'liq
“Moliya” kafedrasi

4-nazorat uchun savol

Samarali faoliyat yurituvchi mavjud fond bozori qanday qilib firmaga mulkka egalik huquqini uni boshqarishdan ajratishga yordam beradi?



  1. Bozor intizomi: kompaniyalarning “yutib yuborilishi” va uning moliyaviy natija (oqibat)lari

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz: qanday kuch menejerlarni aksiyadorlar man-faati yo‘lida ishlashga majbur qila oladi? Albatta, aksiyadorlar yig‘i-lishda oliy darajadagi menejerga qarshi ovoz berib, uni ishdan bo‘shatib yuborishlari mumkin. Ammo, mulkka egalik huquqi va boshqaruv bir-biridan ajratilganligining asosiy afzalligi egalari firma faoliyati masala-lariga aralashmasliklari bo‘lganligi sababli ular firma noto‘g‘ri boshqa-rilayotganini qanday qilib tushunish (bilib qolgan)larining o‘zi tushu-narsizdir.


Bundan tashqari, firmaga ko‘plab aksiyadorlar birgalikda egalik qilsa, ovoz berish huquqidan biror-bir ishni bajarishga majbur qilish vositasi sifatida foydalanish yana bir muammoni keltirib chiqaradi. Gap shundaki, bunday vaziyatda alohida aksiyadorning kapitalda ishtiroki ulushi shunchalik kam bo‘ladiki, u zarur ma’lumot olinishi va tarqatilishi haqini to‘lashdan manfaatdor emas. Shunday qilib, ovoz berish huquqi o‘z holicha bu dilemma24ni hal etishga qodir emas.


Raqiblik qila oladigan (raqobatli) fond bozori mavjud bo‘lgan taqdirda ikkala taraf – aksiyadorlar va menejerlar – amal qiladigan stimul25larni tartibga solish uchun yana bir juda muhim mexanizm bor. Bu kompaniyalarning “yutilib ketilishi” (“yutib yuborilishi”)dir (takeover).


Endi “yutilib ketilish” (“yutib yuborilish”) qanday qilib menejer-larni aksiyadorlar manfaatlarini ulkan matonat bilan himoya qilishga majbur qilishini ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, biror firma, biz uni “yutib yuboruvchi” firma deb


baho; narx”. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B. 435.





  1. “Kompensatsiya” lotincha “compensatio” – tenglashtirish; o‘rnini to‘ldirish. Biror narsa badaliga haq to‘lash, mukofot berish. Qarang: o‘sha manba. – B. 396.




  1. “Kompleks” lotincha “complexus” – aloqa, bog‘lanish; qo‘shib, qamrab olish. Bir butunni tashkil qiluvchi narsalar, hodisalar, belgi-xususiyatlar majmui, yig‘indisi. Qarang: o‘sha manba. - B. 435. – B.396.




  1. “Dilemma” - “ di.. + yunoncha “lemma” – asos, dalil bo‘la oladigan hukm. Bir-biriga zid bo‘lgan ikki nomaqbul imkoniyatdan birini tanlashga majbur bo‘lish. Qarang: o‘sha manba. J.I. - B. 614.




  1. “Stimul” lotincha “stimulus” – hayvonlarni haydash uchun belgilangan uchli tayoq. Biror ishga qiziqish tug‘diradigan, rag‘batlantiradigan, undaydigan narsa, omil. Qarang: o‘sha manba. J. III. – B. 571.

26
ataymiz, boshqaruvi noto‘g‘ri ketayotgani yaqqol ko‘zga tashlanayotgan boshqa bir firmani ko‘z ostiga olib qo‘ydi. Bu firmaning menejerlari shunday investitsion qaror qabul qildilarki, buning natijasida aksiyalarning bozor qiymati firma resurslaridan samarali foydalangan taqdirda erishiladigan eng yuqori ko‘rsatkichdan ancha past. Agar “yutib yuboruvchi” firma unga “yutib yuboriladigan” firma usti-dan nazorat o‘rnatish uchun yetarli miqdorda aksiyalarni sotib olishga muvaffaq bo‘lsa, u holda “yutib yuboruvchi” firma eski menejerlar o‘rniga firma ishini muvaffaqiyatli (samarali) yo‘lga qo‘yishga qodir menejer-larni ishga yollaydi.


Sotib olingan firmaning investitsion siyosati yo‘nalishi o‘zgarti-rilganini e’lon qilgach, “yutib yuboruvchi” firma uning aksiyalarini yangi, bozor bahosidan ancha yuqori bahoda sotadi va darrov daromad oladi. E’tibor bering, firma daromad olish uchun qo‘shimcha moddiy resurs ishla-tishiga to‘g‘ri kelmayotir. Demak, butun ish mobaynida uning barcha xara-jatlari boshqaruvi yomon yo‘lga qo‘yilgan firmani aniqlashga va uning aksiyalarini sotib olishga qilingan xarajatlardan iborat.


Muvaffaqiyatsiz (nosamarali) firmani topishga ketadigan xarajatlar hajmi turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo “yutib yuboriluvchi” firma unga mol yetkazib beruvchi, mijoz yoki raqib bo‘lsa, bu xarajatlar nisbatan kam ham bo‘lishi mumkin. Chunki bunday holda zarur ma’lumotlarning katta qismi oldindan to‘plangan bo‘ladi. Shunday qilib, muvaffaqiyatsiz (nosamarali) firmani topishga maxsus mablag‘ sarflanmagan taqdirda ham yutib yuborish mexanizmi ishlashi mumkin.


Boshqaruvi yomon yo‘lga qo‘yilgan firmalarni izlashga maxsus resurs-lar ajratish xuddi real investitsiyalarning yangi dasturlariga mablag‘ ajratishdek maqsadga muvofiqdir. Hatto, mana shunaqa dushmanona (boshqa-ruv xodimlariga nisbatan), g‘ayritabiiy ravishda “yutib yuborish”ga ixti-soslashgan firmalar ham mavjud. Oxir oqibat “yutilib ketish” xavfi ehtimoli shunaqangi ortadiki, ishdan bo‘shatilishi xavfi menejerlar uchun juda samarali turtki bo‘ladi. Va ular firma aksiyalarining bozor qiyma-tini maksimallashtirishga intilib, jon-jahdi bilan aksiyadorlar manfa-ati yo‘lida, shuningdek, o‘z manfaatlari yo‘lida ham, mehnat qilishni boshlaydilar.


Darhaqiqat, aksiyadorlar aniq ko‘rsatmalar bermasa-da va samarali boshqarish nazariyasini uncha chuqur bilmasalar-da, menejerlar “o‘zini o‘zi saqlash” hissiyoti tufayli ham firma bahosi (qiymati)ni imkon qadar (maksimal darajada) oshirishga intiladilar. Bundan tashqari, yana shuni ta’kidlash joizki, yuzaga kelgan vaziyatga sabab xoh menejerlar malakasining pastligi bo‘lsin, xoh ularning maqsadni noto‘g‘ri tanlagani bo‘lsin, baribir “yutib yuborish” mexanizmi bir xil samaradorlik bilan uni to‘g‘rilashga qodirdir.


“Yutib yuborish” mexanizmining samaradorligi ba’zida davlat siyosati tufayli pasayadi. Masalan, turli tovar bozorlarida mono-poliya26lar yuzaga kelishini oldini olishga intilib, AQSh Adliya vazirligi raqobat kamayishiga olib kelishi





  1. “Monopoliya” mono.. + yunoncha “poleo” – sotaman. 1. Iqtisodiyotning biron-bir sohasida tanho hukmronlik; davlat, korxona yoki jismoniy shaxslarning ishlab chiqarish, savdo, hunarmandchilik sohasida faoliyat olib borishi uchun berilgan alohida huquq. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B. 614.

27
mumkin bo‘lgan kompaniyalar birlashishi va bir kompaniya ikkinchisini qo‘shib olishini cheklashga yo‘naltirilgan trestga qarshi qonunchilik doirasida qator tadbirlar amalga oshirmoqda. “Yutib yuboruvchi” o‘rnida ko‘pincha samarasiz korxonaga mahsulot yetkazib beruvchi, uning mijozi yoki raqibi ish ko‘rar ekan, bunday davlat siyosati “yutib yuborish” xavfini kamaytirishga qodir.

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish