Moliya”fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 5,79 Mb.
bet9/138
Sana12.07.2022
Hajmi5,79 Mb.
#781929
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   138
Bog'liq
“Moliya” kafedrasi

1-nazorat uchun savol

Uy xo‘jaliklari qabul qilishiga to‘g‘ri keladigan moliyaviy qarorlarning to‘rtta asosiy turi qanday (nimalardan iborat)? Har biriga misol keltiring.


2. Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar


Asosiy vazifasi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyat sub’ekti (boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyot sub’ekti) firma deb ataladi. Xuddi uy xo‘jaliklari kabi firmalar ham turli shakl va hajm (o‘lcham)da bo‘ladi. Bunda, bir taraf (qutb)da bitta odamga tegishli yoki oilaviy biznes hisoblangan ustaxonalar, do‘konlar va restoranlar tursa, ikkinchi taraf (qutb)da – yuzlab, ba’zida Mitsubishi yoki General Motors, Gazprom, Rosneft, “O‘zbekneftegaz” kabi minglab odamlar ishlaydigan, aksiyador sherik egalari ko‘p korporatsiyalar turadi. Firmalar darajasida moliyaviy qarorlar qabul qilish masalalari bilan shug‘ullanadigan moliya sohasi korxonalar moliyasi yoki korporativ moliya (business or corporate finance) deb ataladi.

Tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun har qanday firma, hajmi (o‘lchami)dan qat’iy nazar kapital7ga ega bo‘lishi kerak. Bino, inshoot, mashina





  1. Ona tilimizga “kapital” so‘zi nemischa “kapital” va lotincha “capitalis” so‘zlaridan kirib kelgan bo‘lib, so‘zma-

12
uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar firmaning jismoniy kapitali hisoblanadi. Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar moliyaviy kapital deyiladi. Bularni chizmali ko‘rinishda quyidagicha aks ettirsa bo‘ladi (2.2-rasm):


K a p i t a l

Jismoniy kapital




Moliyaviy kapital













Bino, inshoot, mashina




Jismoniy kapitalni sotib olishni

uskunalari va ishlab chiqarish




moliyalashtirish imkonini

jarayonida ish-




beruvchi aktsiyalar,

latiladigan boshqa zarur




obligatsiyalar, kreditlar

resurslar




va h.k.lar










2.2-rasm. Kapitalning eng umumiy tarkibiy tuzilmasi


Birinchi gal (navbat)da har qanday firma aynan qanday biznes bilan shug‘ullanishini belgilab olishi kerak va bu jarayon strategik rejalash-tirish deb ataladi. Strategik rejalashtirish vaqt omilini inobatga olgan holda xarajat va daromadni baholash bilan bog‘liq ekan, ko‘p jihatdan, uni moliyaviy qarorga kiritish mumkin.


Ko‘pincha, firma o‘zining mahsulot liniyasi (yo‘nalishi)dan kelib chiqqan holda asosiy yo‘nalishga ega bo‘ladi va shu bilan bir qatorda birinchisi bilan o‘zaro bog‘liq boshqa faoliyat bilan ham shug‘ullanadi. Masalan, kompyuter ishlab chiqaradigan firma o‘z faoliyatining ma’lum bosqichida kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan ham shug‘ul-lanishga ahd qilishi mumkin.


Vaqt o‘tishi bilan kompaniyaning strategik maqsadlari o‘zgarishi, o‘zgarganda ham keskin o‘zgarishi mumkin. Ba’zi korporatsiyalar bir vaqtning o‘zida biznesning bir-biri bilan mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan sohalarida ishlashi uchrab turadigan hol. Bundan tashqari, shunaqasi ham bo‘ladiki, firma o‘zining dastlabki faoliyati bilan umuman shug‘ullanmay qo‘yadi, natijada firmaning nomi uning bugungi vazifalari va maqsadlariga mutlaqo mos kelmay qoladi.


Masalan, ITT Corporation (International Telephone and Telegraph) korporatsiyasini eslaylik. Korporatsiya 1920 yilda telefon va telegraf xizmatlarini va tegishli asbob-uskunalarni taklif etuvchi kompaniya sifatida tashkil etilgan. XX


so‘z “bosh”, yoki “asosiy” deb tarjima qilinsa-da, iqtisodiy nuqtai-nazardan, eng oddiy tarzda, quyidagi ma’nolarda ishlatilishi mumkin: a) o‘zini o‘zi ko‘paytirish uchun foydalaniladigan, o‘z egasiga foyda, daromad keltiradigan boylik (qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari, moddiy mol-mulk va sh.k); b) katta mablag‘, ko‘p pul, boylik; v) kimgadir katta boylik, qadriyat hisoblangan, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ahamiyatga molik narsa. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B. 316.,


13
asrning 70-yillarida ITT ulkan ko‘p millatli konglomerat8ga aylandi. Asosiy faoliyatidan tashqari firmaning faoliyat doirasiga sug‘urta, harbiy kiyim-bosh tikish, non mahsulotlari, yog‘och-taxta, bog‘dorchilik mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek tog‘-kon ishi va avtomobillarni ijaraga berish kirar edi. O‘tgan asrning 80-yillari davomida kompaniya shu faoliyat turlarining ko‘pchiligi bilan shug‘ullanmay qo‘ydi va butun diqqat-e’tiborini mehmonxona va qimor biznesiga qaratdi. 1996 yilga kelib esa, korporatsiya umuman telefon va telegraf uskunalari ishlab chiqarmay qo‘ydi va telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishni to‘xtatdi.


Firma qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanishini uzil-kesil belgi (aniq)lab olgach, kompaniya menejerlari fabrika, mashina uskunalari, tad-qiqot o‘tkaziladigan laboratoriyalar, ko‘rgazma zallari, ulgurji omborxona-lar va boshqa uzoq muddatli aktivlar qurish va sotib olish rejasini ishlab chiqishlari hamda buning barchasini boshqaradigan xodimlarni o‘qitish loyihasini tayyorlashlari kerak bo‘ladi. Bu jarayon investitsiyalarni rejalashtirish (capital budgeting process) deb ataladi.


Bunday tahlil birligi investitsion loyiha (investment project) hisoblanadi. Investitsiyalarni rejalashtirish har bir yangi investitsion loyiha uchun asosiy niyat (maqsad)larni belgilash, ularga baho berish, eng manfaatli niyat (maqsad)ni tanlash va ularni amalga oshirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.


Firma aynan qanday loyihalarni amalga oshirishini belgilab olgandan so‘ng shu loyihalar qay tarzda moliyalashtirilishini aniqlashi kerak. Investitsiyalarni rejalashtirish bilan bog‘liq qarorlardan farqli o‘laroq kapital tuzilmasiga taalluqli qarorlarni qabul qilayotganda tahlil birligi alohida investitsion loyiha emas, balki firmaning butun o‘zidir. Kapital tuzilmasini aniqlash jarayoni firma faoliyatining amaliy moliyaviy rejasini ishlab chiqishdan boshlanadi, shundan keyin moliyalashtirishning optimal tuzilmasini ishlab chiqishga kirishish mumkin.


Firmalar turli-tuman moliyaviy instrumentlarni muomalaga chiqa-rishi mumkin. Bu tashkillashtirilgan bozorlarda savdo (sotuv)ga chiqari-ladigan standartlashtirilgan qimmatli qog‘ozlar – oddiy va imtiyozli aksiyalar, obligatsiyalar va konvertatsiya qilinadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, korxonaga qo‘yilgan bozordan tashqari (nobozoriy) moliyaviy talablar (claims), ya’ni bank ssudalari, xodimlar uchun opsionlar, ijara shartnomalari va pensiya ta’minoti bo‘yicha majburiyatlar ham savdo (sotuv)ga qo‘yilishi mumkin.


Korporatsiya kapitali tuzilmasi kapitalning ma’lum qismi egala-ridan har biri korporatsiya daromadining qancha qismini olishini belgilab beradi. Masalan, obligatsiya egalari, odatda, belgilangan (qat’iy) to‘lovlar olib turadi, aksiyadorlarga esa daromadga da’vogarlarning barchasi o‘z ulushini olgandan keyin qolgan mablag‘ to‘lanadi. Kompaniya ishining qanday nazorat qilinishi qisman kapital tuzilmasiga bog‘liq. Odatda, aksiyadorlar firmani direktorlar kengashiga o‘z





  1. “Konglomerant” lotincha “conglomeratus” so‘zidan olingan bo‘lib, so‘zma-so‘z “to‘dalangan, yig‘ilgan, to‘plangan” deb tarjima qilinib, jumladan, “turli-tuman jins, predmet va qismlarning tasodifiy mexanik ko‘shilmasidan iborat narsa; qurama” ma’nolarida ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B. 398.

14
vakillarini saylash huquqidan foyda-langan holda boshqaradilar, obligatsiyalar chiqarish va kompaniyaning boshqa kredit kelishuvlariga kirishi, ko‘p hollarda, undan ma’lum shartlarni bajarishni taqozo etadi, ushbu shartlar, o‘z navbatida, kreditorlar bilan tuzilgan tegishli shartnomalarda ko‘zda tutilgan bo‘ladi (covenants ) va boshqaruv xodimlari faoliyatini cheklaydi. Ushbu shartnoma cheklovlari tufayli kreditorlar ma’lum darajada kompaniya menejerlarining ishi (faoliyati)ni nazorat qila oladilar.

Aylanma kapitalni boshqarish sifati firma muvaffaqiyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatadi. Agar menejerlar kompaniyaning kunlik moliyaviy ishla-riga doimiy diqqat qilmasalar (e’tibor bermasalar), eng oqil tuzilgan uzoq muddatli reja ham ko‘ngildagidek amalga oshmasligi mumkin. Hatto o‘sib kelayotgan muvaffaqiyatli firmada ham kiruvchi va chiquvchi pul oqimlari vaqt jihatidan aniq bir-biriga mos tushmasligi mumkin. Menejerlar mijozlar o‘z hisoblari bo‘yicha to‘lovlarni vaqtida amalga oshirishlarini muntazam tekshirib turishlari kerak va hokazo. Boshqacha qilib aytganda, menejerlar firma moliyasi ustidan umumiy boshqaruvni shunday amalga oshirishlari kerakki, pul mablag‘larining operatsion defitsiti doimo to‘ldirilib turishi, ortiqchasi yaxshi daromad olib keladigan tarzda investitsiya qilinishi kerak9.


Firma moliyaviy qarorlar qabul qilishi vaqtidagi har bir qaror, xoh u investitsiyalash, xoh moliyalashtirish yoki aylanma kapitalni boshqarish masalasi bo‘lsin, muayyan ishlab chiqarish texnologiyasiga, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimi, soliq tizimi va firma faoliyat yuritadigan raqobat muhiti kabi omillarga bog‘liq. Firma tanlaydigan moliyaviy siyosat variantlari ham bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir.





Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish