Birinchidan, ma’lum moliyaviy prinsiplar va qonunlarni bilish shaxsiy mablag‘dan to‘g‘ri foydalanish imkonini beradi. Shunday ekan, kim bunday imkoniyatlarga ega bo‘lishni istamaydi, deysiz?! Siz biror bir moliyaviy bilimsiz yashay olasizmi? Balki yashay olarsiz. Ammo, odam moliya sohasida butkul omi (savodsiz) bo‘lsa, boshqalarga to‘liq qaram bo‘lib qoladi3. Yoki Siz bunga ishonmaysizmi? Bir aqidani eslang-a?: “Ahmoq puli bilan tez xayrlashadi!”. Bu – bekordan-bekorga aytilgan emas. Bu ham hayot sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan
– aksioma. U isbot talab qilmaydi. Va aksincha, “Pul bo‘lsa, changalda sho‘rva”, “Vaqt – bu pul” degan maqollar bekordan-bekorga kundalik hayotimizga shiddat bilan kirib borib, tobora dolzarbroq ahamiyat kasb etayaptimi?! Ijobiy ma’noda “Hammasini pul hal qiladi”, deb ham bejizga aytilmayapti-ku?! Bunday sharoitda pulingiz bilan tezda xayrlashadigan ahvolda bo‘lsangiz, unda nima qildik?
“Zamonaviy moliya” (fani)ni o’rganish
sabablari
-
O’z pul
|
|
Biznes
|
|
Qiziqar-li
|
mablag’-
|
|
dunyosid
|
|
va daro-
|
laridan
|
|
a muvaf-
|
|
madli
|
samarali
|
|
faqiyatli
|
|
karera
|
foyda-
|
|
faoliyat
|
|
qilish
|
lanish
|
|
yuritish
|
|
|
|
|
|
|
|
Mamlakat
iqtisodiy
siyosatiga
ta’sir qi-
ladigan
ongli fu-
qarolik
qarorlari
qabul qi-lish
imko -
niyatiga ega
bo’lish
Dunyoqa-rashni kengay-tirish
1.1-rasm. “Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganish sabablari.
Hayotda moliyaviy maslahatchiga biror masalada maslahat so‘rab muro-jaat qilinadigan vaziyat ko‘p va tez-tez bo‘lib turadi. Bugungi kunda ko‘plab xususiy maslahatchilar va maslahat firmalari: bank xodimlari, fond va sug‘urta brokerlari, o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozlarini sotuvchi kompaniya xodimlari va ko‘plab shu kabi shaxslar shunday xizmatlarni taklif etadilar. Ko‘pincha bunday maslahatlar bepul beriladi, chunki yordam so‘rab murojaat qilgan mutaxassis yaqin kunlar (kelajak)da kompaniyaning yoki tegishli mutaxassisning potensial (salohiyatli) mijozi(ga) bo‘lishi (aylanishi) mumkin. Ammo, olingan maslahatning sifatini qanday baholasa bo‘ladi? Sizni chuv tushirib ketishmadimikan? Balki, “oltin tog‘” va’da qilinib, qo‘yningiz puch yong‘oqqa to‘ldirilgandir? “Zamonaviy
Bunday ahvolga tushib qolishni sira istamasligimiz mutlaqo aniq!
7
moliya” (fani)ni chuqur o‘rganibgina shunday ob’ektiv baholash uchun zarur asosiy me’zonlar bilan tanishish mumkin.
Misol: Siz o‘zingiz uchun “Moliyaviy maslahatchining maslahati kerakmi?”, degan savolga javob topmoqchisiz. Buning uchun quyidagi foydali maslahatlardan ogoh bo‘lsangiz, foydadan xoli bo‘lmas yoki ayni muddao!
Faraz qilaylik, Siz 50,0 mln. so‘mlik moliyaviy aktivlar portfel4i (shu jumladan, pensiya (nafaqa) hisob varaqlari)ga, uy-joy, oddiy qarz majburiyatlari va aksiyalar opsioniga egasiz. Vaqti kelib, Siz bugungi kunda kapital qo‘yilmalaringiz qanchalik oqilona ekanini, pensiya (nafaqa) jamg‘armangiz yetarlimi yoki yo‘qmi va o‘z investitsiyalaringizning samara-dorligini oshirish uchun yana qanday choralar ko‘rish (masalan, uzoq muddatli sug‘urta polisi olish yoki o‘z hayotingizni sug‘urta qilish) kerakligini bilishni istadingiz. Xullas, bir qancha reklama broshyuralarini o‘qib, katta tajribaga ega mutaxassisni tanladingiz. Mutaxassis o‘z mijozlaridan olgan tavsiyanomalarni Sizga taqdim etdi. U yaxshi inson. Xo‘sh, endi nima qilish kerak?
Bunday vaziyatda mana nimani kutsa bo‘ladi: moliyaviy maslahat-chilarning aksariyati (ko‘pchiligi) – yoki brokerlar, yoki sug‘urta agentlari bo‘ladi. Ularning vazifasi Sizni o‘z investitsiyalaringiz tarkibi va yo‘na-lishini o‘zgartirishga ishontirishdan iborat (axir, ana shuning evaziga ular daromad oladilar-da!). Bundan tashqari, ba’zi maslahatchilar o‘z xizmat-larini xuddi yurist va buxgalterlar kabi soatbay baholaydilar. O‘zini zamonaviy moliya borasida maslahatchi deb ataydiganlarning taklifini tushunib olishingiz va to‘g‘ri qaror qabul qilishingiz uchun bir necha maslahat beramiz. Ularning eng muhimlari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |