iqtisodiy resurslarning vaqt (davr) bo‘ylab (bo‘yicha), davlat chega-rasi orqali va iqtisodiyotning bir tarmog‘idan boshqasiga o‘tish (joyini o‘zgartirish) usulini ta’minlash;
riskni boshqarish (riskiy boshqaruv usullarini ta’minlash;
savdoga imkon yaratadigan hisob-kitobni amalga oshirish va kliring usullarini ta’minlash;
moliyaviy resurslarni birlashtirish va turli korxonalarda egalik-ning bo‘linishi mexanizmini ta’minlash;
iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qaror qabul qilishning markaz-lashtirilmagan jarayonini muvofiqlashtirish imkonini beradigan narx-navo (baho) axboroti bilan ta’minlash;
stimullashtirish muammolarini hal qilish usullarini ta’min-lash.
Bu muammolar bitim ishtirokchilaridan biri boshqasi bilmagan axborotga egalik qilganda yoki ishtirokchilardan biri ikkinchisi nomidan agent (komissioner) sifatida ish ko‘radigan vaziyatlarda yuzaga keladi.
Ushbu bobning keyingi o‘rinlarida yuqorida sanab o‘tilgan moliyaviy tizim barcha funksiyalarining to‘liqroq tushunchasini berishga va ularning xarakteri vaqt (davr, zamon) o‘zgarishi bilan qay tartibda o‘zgarib borishini ko‘rsatishga harakat qilamiz.
Moliyaviy tizim iqtisodiy resurslarning vaqt (davr, zamon) bo‘ylab (bo‘yicha), geografik hududning biridan boshqasiga, shuningdek, iqtisodi-yotning bir tarmog‘idan boshqasiga (o‘tish) joyini o‘zgartirish usulini ta’minlaydi.
Ko‘p hollarda moliyaviy oqimlar harakati jismoniy yoki yuridik shaxs bugungi kunda o‘zining mablag‘ini boshqa shaxsga kelgusida o‘rniga o‘rin boshqa mablag‘ni olish uchun, va aksincha, berishiga asoslangan. Talabalarga qarzlar, uy sotib olish qarzlari, jamg‘arilgan pensiya va ishlab chiqarish quvvatiga kapital qo‘yilmalar – ushbu barcha operatsiyalar resurslarni vaqt (davr, zamon)ning bir nuqtasidan boshqasiga o‘tishi (joylashuvi)ga olib keladi. Ushbu kabi vaqt (davr,
37
zamon)lararo resurslarning joylashuvi35 uchun shart-sharoitlarning ta’minlanishi moliyaviy tizim funksiyalaridan biri hisoblanadi.
Masalan, agar talabalarga oid qarz mavjud bo‘lmaganda edi, ko‘pchi-lik yoshlar, ularning oilalarida keyingi ta’lim olishiga mablag‘ yo‘q bo‘lganligi bois, oliy ma’lumotli bo‘lishdan bosh tortishlariga to‘g‘ri kelar edi. Xuddi shuningdek, ko‘plab tadbirkorlar, agar aksionerlardan yangi, odatda riskning yuqori darajasi bilan xarakterlanadigan kompaniyalar tuzish uchun pul olish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlarida, o‘zlarining biznes-lari bilan shug‘ullana olmagan bo‘lar edilar.
Moliyaviy tizim resurslarni vaqt (davr, zamon) bo‘ylab joylashuviga yordam berishdan tashqari, resurslarning makonda joylashishida ham juda muhim rol o‘ynaydi. Ba’zida u yoki bu biznes-loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kapital undan yuqori samaradorlik bilan foydalanish mumkin bo‘lgan joydan juda uzoqlikda joylashgan bo‘ladi. Masalan, Germaniyada uy xo‘jaliklari O‘zbekistonning biron-bir joyida yuqori samara bilan ishlatish mumkin bo‘lgan kapitalni pul mablag‘larini jamg‘arib borish yo‘li bilan yig‘a oladilar. Moliyaviy tizim ham pul resurslarini Germaniyadan O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishiga yordam beradigan bir qator mexanizmlarni taqdim etadi. Ulardan ikkitasini keltirsak yetarli: birinchidan, nemis fuqarolari O‘zbekiston kompaniyalari chiqargan qimmatli qog‘ozlarni sotib olishlari mumkin; ikkinchidan, Germaniya banklari O‘zbekiston firmalariga qarz berishlari mumkin.
Amaliyotning ko‘rsatishicha, iqtisodiyotning rivojlanib va murakkab-lashib borgani sari moliyaviy tizim uning sub’ektlarini pul resurslarini vaqt bo‘ylab va makonda ko‘chirib o‘tkazish (o‘tish, joyini o‘zgartirish)ning samarali usullari bilan ta’minlashda tobora muhim rol o‘ynamoqda. Bugungi kunda mavjud bo‘lgan bozorlar va moliyaviy tizim vositachi-larining o‘ta murakkab tarmog‘i yapon ishchisining pensiyaga oid jamg‘ar-masini amerikalik yosh oilalarga uy sotib olishlarini moliyalashtirish uchun ishlatilishiga imkoniyat yaratmoqda. Shuningdek, turli xil innova-tsiyalar ham iqtisodiyot samaradorligini oshirishga katta imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda. Ular tufayli defitsitli pul resurslari vaqt (zamon) va makon bo‘ylab ko‘chirib o‘tkaziladi. Pul resurslari yuqori daromad keltirmaydigan joydan oqib keladi va katta foyda keltiradigan joyda ishlatiladi. Masalan, faraz qilaylik, barcha oilalar o‘z jamg‘armalarini uyidan tashqariga chiqmasdan investitsiya qilishga majburlar. Bunda “A” oila jamg‘armasi bo‘yicha yillik daromadlilik stavkasi bor-yo‘g‘i 2%ni tashkil etadi, “B” oila esa o‘zining jamg‘armasidan yiliga 20% daromad olish imkoniyatiga ega. “A” oilaning jamg‘armasini jalb qilib, “B” oilaga qarzga beruvchi investitsion kompaniya tuzish yo‘li bilan ikkala jamg‘ar-maning samaradorligini oshirish mumkin.
1-nazorat uchun savol
Moliyaviy tizim orqali vaqt bo‘yicha (bo‘ylab, orasida) pul resurslarini ko‘chirib o‘tkazishga misollar keltiring. Ushbu resurslarni ko‘chirishning samaraliroq usuli mavjudmi?
35Bu o‘rinda “intertemporal” so‘zining so‘zma-so‘z tarjimasi “vaqtlar orasida” degan ma’noni bildiradi.
38
2. Moliyaviy tizim orqali risklarni boshqarish (riskiy boshqaruv).
Moliyaviy tizim risklarni boshqarish (riskiy boshqaruv) uchun imko-niyatlarni vujudga keltiradi. Pul resurslarini moliyaviy tizim yordamida ko‘chirib o‘tkazishga o‘xshab, risk ham ko‘chirib o‘tkaziladi. Moliyaviy tizimda vositachilar, masalan, riskni ko‘chirish bilan bog‘liq faoliyatga ixtisos-lashtirilgan sug‘urta kompaniyalari mavjud. Bu kompaniyalar o‘zlarining risklilik darajasini kamaytirishni xoxlovchi mijozlardan maxsus sug‘urta pullarini undiradilar va ularni ma’lum bir mukofot evaziga sug‘urta talablarini to‘lashga va riskni bo‘yniga olishga rozilik beradigan investorlarga beradilar.
Ko‘pincha kapital va risk birgalikda (o‘zaro) bog‘liq bo‘lib, bir vaqtning o‘zida moliyaviy tizim yordamida o‘tkaziladi (ko‘chiriladi). Buning natijasida moliyaviy oqim risk oqimini ham tavsiflaydi. Keling, buni korxonalar moliyasi va ularning riskni o‘tka-zishi (ko‘chirishi) misolida ko‘rib chiqamiz.
Faraz qiling, Siz biznes bilan shug‘ullanmoqchi bo‘ldingiz va buning uchun Sizga 100,0 mln.so‘mlik kapital kerak. Modomiki, Sizda shaxsiy jamg‘armalar yo‘q ekan, Siz defitsit iqtisodiy birlik hisoblanasiz. Endi faraz qilamiz, Siz biror-bir xususiy investorni (erkin mablag‘larga ega bo‘lgan iqtisodiy birlik) aksiyalaringizni sotib olish hisobiga Sizga 70,0 mln. so‘mlik kapital ajratishiga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldingiz. Buning uchun Siz unga korxona foydasining, aytaylik, 75%ini to‘lash majbu-riyatini olasiz. Bundan tashqari, Siz bankdan yillik 6% ustama haq bilan 30,0 mln. so‘mlik kredit olishga erishdingiz. 100,0 mln. so‘m miqdoridagi umumiy oqim boshqa manbalardan Siz tomonga kelayotgan moliyaviy oqim sifatida tasvirlangan.
Lekin Sizning korxonangiz muvaffaqiyatsizlikka uchragan paytda riskni kim o‘z zimmasi (bo‘yni)ga oladi?. Axir, hayot – tasodiflarga boy. Uning bundan xoli bo‘lishiga hech kim kafolat beraolmaydi. Shuningdek, “Korxonangiz o‘z faoliyati davomida faqat muvaffaqiyatga erishadi. Uning peshonasiga muvaffaqiyatsizlik yozilmagan. Bunga men kafilman!”, - deydi-gan “mard” hayotda uchramaydi. Unday “mard”ni kunduzi chiroq yoqib qidir-sangiz ham topaolmaysiz.
Shu sababli, ushbu misolda asosiy riskni Sizning aksiyadoringiz o‘z bo‘yniga oladi. Zero, korxona inqirozga yuz tutsa, u o‘zining 70,0 mln. so‘mini qaytarib ololmaydi. Biroq, bankning harakatlarida ham ma’lum bir risklilik darajasi (riskiy daraja) mavjud bo‘lishi mumkin. Bu quyidagicha izohlanadi: Siz inqirozga yuz tutgan holda, bank ham qarzning asosiy summasi va uning foizini to‘lig‘icha ololmasligi mumkin. Masalan, faraz qilaylik, yilning oxirida biznesingizning jami bahosi 20,0 mln. so‘mni tashkil etdi. Bu holatda investor o‘zi investitsiya qilgan hamma summani yo‘qotadi. Bank esa Sizga qarzga bergan 30,0 mln. so‘mdan 10,0 mln. so‘mini yo‘qotadi. Shuning uchun, kreditorlar aksiyadorlar bilan bir qatorda xususiy firma faoliyati riskining ma’lum bir qismini o‘z zimmasiga oladi.
Garchi kapital va risk ko‘pincha birlashib ketsa-da, ular bo‘linishi ham mumkin. Biznes qilish uchun 30,0 mln. so‘m miqdoridagi qarz olish misolida shunday vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Faraz qiling, bank Sizdan ushbu qarzning Siz tomondan qaytarilishiga kafolat bera oladigan yaqin qarindoshla-ringizdan birini
39
olib kelishingizni talab qilyapti. Ushbu talabni taklif etgan holda bank Siz tomondan kredit shartnomasi shartlarining baja-rilmay qolishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zining riskini oilangiz a’zosiga o‘tkazadi. Bu holda bank Sizga 30,0 mln. so‘m miqdoridagi kreditni o‘zi uchun eng kam risk bilan taqdim etadi. Qarz bo‘yicha asosiy risk esa Sizning qarindoshingizga o‘tadi.
Tobora ishonch hosil qila borganimizdek, moliya olamidagi ko‘plab moliyaviy shartnomalar pul resurslarini ko‘chirmasdan turib riskni ko‘chirishni nazarda tutadi. Bu, masalan, aksariyat sug‘urta shartnomalari va kafolatlarga tegishlidir. Shuningdek, bularga fyuchers, opsion va svoplar kabi hosila instrumentlar ham kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |