4-mavzu. Moliyaviy tizim va moliyaviy oqimlar
Reja:
Moliyaviy tizim: ta’rifi, mazmun-mohiyati
Moliyaviy tizimda moliyaviy oqimlarning tutgan o‘rni
1. Moliyaviy tizim: ta’rifi, mazmun-mohiyati
Moliyaviy tizimga, yo‘l-yo‘lakay, “Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim (financial system) deyiladi”, - deb ta’rif berish mumkin. Moliyaviy tizim moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bozorlar, vosita-chilar va firmalar hamda uy xo‘jaliklari, xususiy kompaniyalar va hukumat tashkilotlari o‘zlari tomonidan qabul qilinayotgan moliyaviy qarorlarni ular yordamida amalga
29 “Shtat” nemischa “Staat” so‘zidan olingan bo‘lib, korxona, muassasa, tashkilot xodimlarining doimiy, barqaror shaxsiy tarkibi, ularning lavozim va maoshlari ko‘rsatilgan ro‘yxati. Qarang: o‘sha manba. J.IV. – B. 602.
31
oshiradigan boshqa institutlarni o‘z ichiga oladi. Ushbuni chizmali tarzda quyidagicha tasavvur qilish mumkin (4.1-rasm).
Ayrim hollarda bozor aniq moliyaviy vositalar bilan ishlashi uchun ma’lum bir joyda joylashgan bo‘ladi. Bu, masalan, Nyu-York fond bir-jasiga (New York Stock Exchange) yoki fyuchers30 va opsionlarning Osaka birjasiga (Osaka Options and Futures Exchange), shuningdek, “Toshkent” fond birjasiga va boshqalarga tegishli. Bular, mos ravishchda, Nyu-York (AQShda),
Moliyaviy tizim
moliyaviy xizmatlar taqdim etuvchi
-
bozor-
|
|
vositachi-
|
|
firma-
|
|
boshqa
|
lar
|
|
lar
|
|
lar
|
|
institutlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
...ni qamrab oladiki, ular yordamida
-
uy xo’jalik-lari
|
|
xususiy
|
|
davlat
|
|
|
|
kompaniyalar
|
|
tashkilotlari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
o’zlari tomonidan qabul qilingan moliyaviy
qarorlarni amalga oshiradilar
(hayotga tadbiq etadilar)
4.1-rasm. Moliyaviy tizimning eng oddiy tasavvuri
Osaka (Yaponiya)da va Toshkent (O‘zbekiston)da joylashgan. Lekin har doim ham bunday bo‘lavermaydi. Masalan, aksiyalar, obligatsiyalar va valyuta-larning birjadan tashqari bozorlari (over the counter markets) asosan butun dunyo qimmatli qog‘ozlari bilan savdo qiluvchilarni va ularning mijozlarini
30 F chers (fyuchers shartnomasi) inglizcha “futures” so‘zidan olingan bo‘lib, hosila moliyaviy instrument sanaladi. U bazaviy aktivning oldi-sotdisi bo‘yicha standart muddatli shartnoma bo‘lib, unga ko‘ra tomonlar (sotuvchi va xaridor) baholarning darajasi va mol yetkazib berish muddatlari xususida kelishib oladilar.. Manba: http://ru.wikipedia.org /wiki/ Fyuchers.
32
yagona tarkibiy tuzilmaga birlashtiruvchi global kompyuter va telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ifodalangan.
Asosiy ishi moliyaviy xizmatlar taqdim etish va moliyaviy mahsu-lotlar savdosidan iborat bo‘lgan firmalar moliyaviy vositachilar deb ataladi. Ularning tarkibi, asosan, banklar, investitsion va sug‘urta kom-paniyalaridan iborat. Moliyaviy vositachilarning moliyaviy xizmatlari qatoriga hisobraqamlarni ochish, tijorat qarzlari va ipoteka31 kredit-larini berish, sug‘urta shartnomalarining keng doirasiga hamda o‘zaro jam-g‘armalarda ishtirok etishga yo‘l ochish kiradi.
Zamonaviy moliyaviy tizim global (dunyo miqyosidagi) xarakterga ega. Moliyaviy bozorlar va vositachilar bir-birlari bilan keng qamrovli xalqaro telekommunikatsiya tarmog‘i orqali o‘zaro bog‘liq bo‘lib, to‘lovlarni o‘tkazish va qimmatli qog‘ozlar savdosi aslida shu tarmoq tufayli kecha-yu-kunduz amalga oshirilmoqda. Shunday qilib, aytaylik, agar Germaniyada joylashgan yirik uyushma (korporatsiya) yangi loyihani moliyalashtirishga qaror qilmoqchi bo‘lsa, unda u sarmoyaga oid har qanday imkoniyatlarni, jumladan, aksiyalarni chiqarish va London yoki Nyu-York fond birjalarida sotish yoki biror-bir yapon pensiya fondidan qarz olish va hokazolarni ko‘rib chiqadi. Buning ustiga so‘ngi holatda qarz yevro, shu-ningdek, yapon iyenasi yoki AQSh dollarida ham taqdim etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |