Moliya”fanidan O’quv-uslubiy majmua


Moliyaviy tizimda moliyaviy oqimlarning tutgan o‘rni



Download 5,79 Mb.
bet22/138
Sana12.07.2022
Hajmi5,79 Mb.
#781929
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   138
Bog'liq
“Moliya” kafedrasi

2. Moliyaviy tizimda moliyaviy oqimlarning tutgan o‘rni

Resurslarning moliyaviy resurslari ortiqcha bo‘lgan iqtisodiy sub’-ektlardan moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy sub’-ektlarga oqib o‘tishiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarsiz moliyaviy tizimni tasavvur etib bo‘lmaydi. Ularsiz moliyaviy tizim “bo‘sh”ligicha qolaveradi. Moliyaviy oqimlar bo‘lmasa, moliyaviy tizimga ham hojat yo‘q. Bunday vaziyatda u “bir tiyinga qimmat” narsaga aylanadi-qoladi. Shu bois, 4.2-rasmda (navbatdagi betga qarang) moliyaviy tizimning asosiy ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa (oqim)lar ko‘rsatilgan. Ular moliyaviy oqimlar harakatini, eng umumiy tarzda, aks ettiradi. Unga ko‘ra moliyaviy mablag‘lar moliyaviy tizim tuzilmalarining turli elementlari orqali moliyaviy mablag‘lari ortiq bo‘lgan kompaniyalardan (chizmada chap tomondagi to‘g‘ri to‘rtburchak) mablag‘ defitsiti kuzatilayotgan kompaniyalarga oqib o‘tadi (chizmada o‘ng tomondagi to‘g‘ri to‘rtburchak). Masalan, a’zolari o‘z joriy daromadlarining bir qismini undan kelajakda pensiya ta’minoti sifatida foydalanish maqsadida to‘plagan (jamg‘argan) bir oila erkin moliyaviy mablag‘larga egalik qiladi. Yangi uy sotib olmoqchi bo‘lgan boshqa oila esa, shunday mablag‘ga muhtojlik (ehtiyoj) sezadi32.


Investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliya-viy resurslarda ehtiyojlaridan daromadlari ko‘proq firmalarni ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan sub’ektlar deb ataydilar; kelgusidagi sarmoyalar uchun resursi yetishmaydigan firmalar resurslari defitsit bo‘lgan sub’ektlar deb ataladi.




31 «Ipoteka» yunoncha «hypotheke» - garov. Ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish asosida beriladigan uzoq muddatli qarz; ushbu qarzlarni ta’minlashga xizmat qiluvchi garov. Qarang: o‘sha manba. J. II. – B. 233.

  1. Yana shunga o‘xshash qanday misollarni keltira olasiz?

33
Bozorlar






Moliyaviy resurslari ortiqcha
















Moliyaviy resurslari defitsit bo’lgan







bo’lgan iqtisodiy sub’ektlar




iqtisodiy sub’ektlar




























Молиявий
воситачилар

4.2-rasm. Moliyaviy oqimlar


Ko‘rinib turibdiki, ayrim moliyaviy oqimlar bir iqtisodiy sub’ektlardan (ortiq mablag‘larga ega) boshqa (defitsit) sub’-ektlarga moliyaviy vositachilar orqali yo‘naltirilgan, masalan, banklar orqali (chizmadagi moliyaviy oqimlar harakatining pastki yo‘nalishi), bo‘ladi. Ayni paytda boshqa moliyaviy oqimlar ushbu vositachilar xizma-tidan foydalanmagan holda ham, ya’ni moliyaviy bozorlar orqali ko‘chib o‘tadilar (chizmadagi yuqori yo‘nalish).


Moliyaviy oqimlarning (flow of funds) yuqorigi yo‘nalish bo‘yicha joyini o‘zgartirishi prinsipini yaxshiroq tushunish uchun quyidagicha faraz qilaylik: qaysidir bir uy xo‘jaligi (erkin mablag‘ga ega bo‘lgan iqtisodiy sub’ekt) biror-bir firma (defitsit iqtisodiy sub’ekt) chiqargan aksiya-larni sotib olmoqda. Alohida hollarda, agar, masalan, firma dividendlarni reinvestitsiya qilish dasturiga ega bo‘lgan, uy xo‘jaligi esa oldindan mazkur firma aksiyalariga ega bo‘lgan holda, aksiyalarni sotib olish bevosita firmada amalga oshiriladi. Biroq, odatda moliyaviy oqimlar harakatida uy xo‘jaligidan pulni oluvchi va uni aksiyalarning emitent33i bo‘lgan firmaning hisobraqamiga o‘tkazuvchi dilerlar yoki brokerlar (qim-matli qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar) qatnashadilar.


Moliyaviy tizimlar doira (chegara)sida ko‘chib yuruvchi (joylarini o‘zgartiruvchi) oqimlarning ko‘p qismi umuman moliyaviy bozorlar orqali o‘tmaydi va shunday qilib, 4.2-rasmda keltirilgan yuqorigi yo‘nalish izidan bormaydi. Buning o‘rniga, chizmaning pastki qismida ko‘rsatil-ganidek, ular moliyaviy vositachilarning yordami bilan bevosita erkin moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan iqtisodiy sub’ektlardan resurslar defitsitligini boshidan kechirayotgan iqtisodiy sub’ektlarga o‘tadilar.


Moliyaviy oqimlar bir joydan boshqa joyga oqib o‘tishining ushbu usulini yaqqol tasavvur qilish uchun, quyidagicha faraz qilaylik: Siz o‘z omonatingizni bank hisobraqamiga qo‘ydingiz va bank biror-bir firmaga qarz sifatida berish uchun undan foydalandi. Mazkur holatda Siz qarz olgan firmadan o‘z pulingizni





  1. Emitent inglizcha “issuer”, nemischa “emittent” va lotincha “emittere” so‘zlaridan olingan bo‘lib, o‘z faoliyatini rivojlantirish va moliyalashtirish uchun qimmatli qog‘ozlarni chiqargan tashkilotni bildiradi. Qarang: http://ru.wikipedia.org/wiki/.

34
bevosita talab qila olmaysiz. Sizda pullik talabnoma faqat bankka nisbatan bor. Chunki Siz unda depozit ochgansiz. Bank esa, o‘z navbatida, mazkur firmaga ma’lum pul talablarini qo‘yadi. Bunda Sizning bank depozitingizning likvidlik va risk darajasi bank tomonidan firmaga berilgan qarzning o‘xshash xarakteristikalaridan farqlanadi. Bu qarz, o‘z navbatida, shu paytda bankning aktivlaridan biri sifatida qatnashadi. Bankning aktiviga kiruvchi qarzning qoplanmasligi riski ma’lum darajada mavjud bo‘lgan bir paytda, Sizning depozitingiz (saqlash maqsadida bankka qo‘yilgan pul) to‘liq ishonchli va likvidli bo‘ladi (ya’ni, Siz istalgan paytda hisobraqamingizdan bor pulingizni yechib olishingiz mumkin). Bundan tashqari, u aksincha, nolikvid bo‘lishi ham mumkin. Shunday qilib, ushbu misoldan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy oqimning bank orqali erkin (bo‘sh) moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lgan iqtisodiy sub’ektdan shunday mablag‘lar defitsit bo‘lgan sub’ektga oqib o‘tishida, yaratilayotgan moliyaviy vositalarning risklilik va likvidlik darajasi kuchli o‘zgarishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, bunda ushbu jarayon ishti-rokchilarining biri – bank egalari yoki mazkur bank qo‘yilmalarini sug‘urta qiluvchi davlat tashkiloti – o‘ziga qarz bo‘yicha riskni qabul qilishiga to‘g‘ri keladi.

2-rasmdagi “Moliyaviy vositachilar”dan yuqoriga, ya’ni “Bozor-lar”ga olib boruvchi chiziq-ko‘rsatkich vositachilar ko‘pincha moliyaviy oqimlarni moliyaviy bozorlarga yo‘naltirishini ko‘rsatmoqda. Masalan, o‘rta yoshdagi er-xotin ma’lum bir summani kelgusidagi pensiya ta’minoti (erkin moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan iqtisodiy birlik) uchun jamg‘argan holda, uni sug‘urta jamiyati (vositachi) hisobraqamiga qo‘yishi mumkin. Bunda sug‘urta jamiyati, o‘z navbatida, uni (bozorda) biror-bir aksiya va obli-gatsiyaga investitsiya qiladi. Shunday qilib, bu er-xotinlar bilvosita, sug‘urta kompaniyasi orqali, ushbu aksiya va obligatsiyalarni muomalaga chiqargan firma (moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy sub’-ekt)ni moliyaviy resurs (mablag‘) bilan ta’minlaydi.


“Bozorlar”dan pastga - “Moliyaviy vositachilar”ga – yo‘naltirilgan chiziq-ko‘rsatkich moliyaviy mablag‘lar moliyaviy bozorlarga yo‘naltirilishi mumkinligini anglatibgina qolmay, balki ayrim vositachilar ularni moliyaviy bozorlardan olishlarini ham bildiradi. Masalan, uy xo‘jaligiga qarz beruvchi moliyaviy kompaniya, qimmatli qog‘ozlar bozorining tegishli segment34larida sotish uchun aksiya va obligatsiyalarni chiqarib, zarur bo‘lgan summani yig‘ib olishi mumkin.





Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish