Moliya”fanidan O’quv-uslubiy majmua


-mavzu. Moliyaviy tizim funksiyalari va ularning



Download 5,79 Mb.
bet23/138
Sana12.07.2022
Hajmi5,79 Mb.
#781929
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   138
Bog'liq
“Moliya” kafedrasi

5-mavzu. Moliyaviy tizim funksiyalari va ularning


evolyutsiyasi
Reja:



  1. Moliyaviy tizim yordamida resurslarning vaqt (zamon) va makonda aylanib yurishi




  1. Moliyaviy tizim orqali risklarni boshqarish (riskiy boshqaruv)

  2. Moliyaviy tizim yordamida hisob-kitob-to‘lovlarni amalga oshirish




  1. “Segment” lotincha “segmentum” – bo‘lak, laxtak; kesma. “Seco” – kesaman. Matematikada doiraning yoy va vatar bilan chegaralangan qismi; sharning kesuvchi tekislik bilan ajratilgan qismi. Qarang: o‘sha manba. J.IV. - B.471.

35

  1. Moliyaviy tizim tufayli resurslarning birlashishi va kapitaldagi ishtirok ulushining bo‘linishi




  1. Moliyaviy tizim tomonidan informatsion qo‘llab-quvvatlash (axborot ko‘magi)




  1. Moliyaviytizim yordamida stimullashtirishning psixologik muammolarini yechish




    1. Moliyaviy tizim yordamida resurslarning vaqt (zamon) va makonda aylanib yurishi

Turli mamlakatlar moliyaviy institut (muassasa)lari bir-biridan farqlanishining bir qator sabablari mavjud. Ular qatoriga har xil o‘lchamlar, texnologiyalarning murakkablik yoki oddiylik darajasi, shuning-dek, davlatlarning siyosiy, madaniy va tarixiy rivojlanishidagi farqlar kiradi. Bundan tashqari, moliyaviy institut (muassasa)lar vaqtning o‘tishi bilan bir holatdan boshqa holatga o‘tib turadi. Ularning bajaradigan funksiyalari, muassasaning nomi o‘zgarmasdan oldingiday qolishiga qara-masdan, juda kuchli o‘zgarishi mumkin. AQShdagi zamonaviy banklar ushbu mamlakatda 1928 yoki 1958 yillarda bo‘lgan banklardan katta farq qiladi va shuningdek, Germaniya yoki Buyuk Britaniyada banklar deb nomlanadigan institutlardan ham juda ko‘p farqlanadi. Sho‘rolar davrida O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan banklar bilan undagi hozirgi banklar o‘rtasida ham juda katta farqlar mavjud. Mazkur bo‘limda biz turli mamlakatlarning moliyaviy institut (muassasa)lari nimaga va qanday bir-biridan farq qilishini hamda vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini Sizlarning yaxshiroq tushunishingizga imkon beradigan ko‘p narsani o‘z ichiga olgan konseptual tuzilma (yondoshuv)ni ishlab chiqishga harakat qilamiz.


Foydalanilayotgan yondoshuvning asosi shuki, mo‘ljal sifatida moliya-viy institut (muassasa)larning o‘z-o‘zlari emas, balki ularning funksiya-lari olingan. Tahlilning bunday uslubini biz funksional yondoshuv deb atadik (functional perspective). U quyidagi dastlabki ikki shartga asoslangan:





  • moliyaviy tizim funksiyalari uning institut (muassasa)lariga qaraganda ko‘proq barqarorlik xarakteriga ega. Bu funksiyalar vaqtning oqimi (o‘tishi)ga bog‘liq ravishda kamroq darajada o‘zgaradi va mamlakatdan mamlakatga uncha katta farqlanmaydi.




  • moliyaviy institut (muassasa)lar shakli mantiqan ularning funksiya-laridan kelib chiqadi. Moliya sohasidagi innovatsiya va institutlar o‘rtasidagi raqobat oxir-oqibat moliyaviy tizim faoliyati samaradorligi-ning oshishiga olib keladi.

Moliyaviy resurslarning samarali taqsimlanishidan iborat moliyaviy tizim bosh funksiyasi tahliliga asosan, tahlilning ko‘proq umumiy dara-jasida bu tizimning quyidagi oltita bazaviy (tub) yoki muhim funksiyalari to‘g‘risida gapirish mumkin (5.1-rasm).


36
Moliyaviy tizim funktsiyalari



Resurslarni vaqt (zamon) va


makonda joylashtirish


Hisob-kitob-
to’lov tizimi
Informatsion qo’llab-quvvatlash
(axborot ko’magi)

Riskni boshqarish


(riskiy boshqaruv)


Resurslarning birlashishi va
kapitaldagi ishtirok
ulushining bo’linishi

Stimullashtirishning psixologik


muammolarini echish



5.1-rasm. Moliyaviy tizim funksiyalari

Ularni yanada aniqroq tarzda quyidagicha ifodalasa bo‘ladi:






Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish