3- nazorat uchun savol
Siz sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lov sifatida «Men Sizga shuncha summa qarzman» (I owe you) shaklidagi eng oddiy qarz tilxatini qabul qilarmidingiz? Sizning javobingizga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
Moliyaviy tizim tufayli resurslarning birlashishi va kapitaldagi ishtirok ulushining bo‘linishi.
Moliyaviy tizim katta ko‘lamdagi korxonani tashkil etish yoki yirik korxonalar kapitalini ko‘p sonli mulkdorlar o‘rtasida bo‘lish uchun moliya-viy mablag‘larning birlashish mexanizmini ta’minlaydi.
Zamonaviy iqtisodiyotda to‘laqonli biznesni yurgizish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalarning minimal hajmi, ko‘pincha, alohida odamning va hatto eng katta oilaning pul mablag‘laridan oshiq bo‘ladi37. Moliyaviy tizim uy xo‘jaliklari mablag‘larini, keyinchalik unga muhtoj bo‘lgan firmalar foydalanadigan yirik
36 “Alternativ” – mumkin bo‘lgan ikki yoki bir necha imkoniyatdan birini tanlashga asoslangan; muqobil. “Alternativa” fransuzcha “alternative”, lotincha “alter” – ikkitadan bittasi. 1. Bir-birini inkor etuvchi imkoniyatlardan birini tanlash; muqobillik. 2. Shu imkoniyatlardan biri. Qarang: o‘sha manba. J.I. – B.75.
Bunga misollar keltiringchi?!
41
kapitalga birlashtirish yoki yirik-lashtirish uchun imkoniyat yaratadi (masalan, fond bozorlari yoki banklar yordamida).
Moliyaviy tizim tufayli individual uy xo‘jaliklari katta miqdor-dagi pul talab qilinadigan investitsiyalarda resurslarning birlashishi va umumiy investitsiyalarda ulushlarning keyingi bo‘linishi yo‘li bilan qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Masalan, faraz qilaylik, Siz 10,0 mln. so‘mlik uloqchi otni sotib olish uchun mablag‘ kiritishga qaror qildingiz. Lekin Sizda hammasi bo‘lib 1,0 mln. so‘m bor. Agarda otni o‘nta qismga bo‘lishning jismoniy imkoniyati bo‘lganda, Siz uning o‘ndan birini sotib olishingiz mumkin edi. Biroq biz bu yerda hamma qismlarning summasidan ko‘ra butuni shubhasiz ancha-muncha qimmat bo‘ladigan vaziyat-lardan birini ko‘ryapmiz. Shunday qilib, otni jismoniy bo‘lish muammoni hal qilmaydi. Va bu yerda hayvonni unga zarar keltirmasdan “bo‘lish” imkonini beradigan moliyaviy tizim yordamga keladi. Investitsion pul (moliyaviy resurslarning birlashishi)ni yaratib va investorlar o‘rtasidagi ulushni taqsimlab, 10,0 mln. so‘mlik investitsiyani, otni bo‘laklamagan holda, 1,0 mln. so‘mdan iqtisodiy «qism»larga bo‘lish mumkin. Bundan keyin, ko‘pkari (uloq)dan topilayotgan pul, otni mashq qildirishga va boqishga ketgan xarajatlarni chiqarib tashlab, barcha ulushi borlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Yana bir misol sifatida pul bozorida amalda bo‘lgan investitsion fondlar operatsiyasini ko‘rib chiqamiz. Tasavvur qilaylik, Siz ko‘proq ishonchli va likvidli dollarlik aktiv – AQSh G‘aznachiligi veksel38iga kapital qo‘yishga qaror qabul qildingiz. Taklif qilinayotgan veksellarning eng arzoni milliy valyutamizda 10,0 mln. so‘m turadi. Siz esa bor-yo‘g‘i 1,0 mln. so‘mlik investitsiya qilmoqchisiz. Ushbu holatda bu kabi veksellarga ham Sizning moliyaviy resurslaringizni boshqa investorlarning resurs-lari bilan birlashtirish yo‘li bilangina mablag‘ qo‘yish mumkin. O‘tgan asrning 70-yillarida shunday jarayonni rag‘batlantirish uchun investorlarga g‘aznachilik veksellarini qo‘lga kiritish imkonini beradigan o‘zaro jamg‘armalar tuzilgan.
O‘zaro jamg‘armada investorlarning mablag‘lari vaqtinchalik birlash-tiriladi va ularga mazkur jamg‘arma kapitalidagi ularning ulushi ko‘rsa-tilgan hisobraqamlar ochiladi. Jamg‘arma vaqti-vaqti bilan mijozlarga o‘zlarining aksiyalari kursi to‘g‘risidagi axborotni taqdim qiladi va ularga amalda istalgan vaqtda o‘zining hisobraqamiga istalgan qo‘shimcha summani kiritish yoki pulni qaytarib olish imkonini beradi. Shunday qilib, agar jamg‘arma aksiyasining joriy kursi 11 000 so‘mni tashkil etsa, Siz esa 1,0 mln. so‘m qo‘yayotgan bo‘lsangiz, unda Sizning jamg‘armadagi hisobingizda 90,91 aksiya bo‘ladi (1 000 000 : 11 000). Bu g‘aznachilik veksellariga investitsiya qiluvchi o‘zaro jamg‘armalar moliyaviy tizimning to‘rtinchi funksiyasi bajarilishiga yordamlashayotganidan dalolat beradi. Zero, ular tufayli katta qadr-qimmatga ega bo‘lgan veksellar amaliy jihatdan benihoya (cheksiz) bo‘linuvchi qimmatli qog‘ozlarga aylanadi.
4- nazorat uchun savol
Ko‘pchilik uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslarini birlashtirish usuli
“Veksel” nemischa “Wechsel” – o‘zgarish; almashtirish. Qarang: o‘sha manba. J.I. – B.454.
42
mavjud bo‘lmaganda amalga oshirish mumkin bo‘lmagan investitsiyani misol qilib keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |