Moliya”fanidan O’quv-uslubiy majmua


Moliyaviy tizim tomonidan informatsion qo‘llab-quvvatlash (axborot ko‘magi)



Download 5,79 Mb.
bet27/138
Sana12.07.2022
Hajmi5,79 Mb.
#781929
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   138
Bog'liq
“Moliya” kafedrasi

Moliyaviy tizim tomonidan informatsion qo‘llab-quvvatlash (axborot ko‘magi).

Moliyaviy tizim iqtisodiyotning turli jabha (sektor)larida qabul qilinuvchi mustaqil qarorlarni muvofiqlashtirishga yordam beradigan narx (baho) axborotini taqdim etadi.


Gazetalar, radio va televideniye qimmatli qog‘ozlar kursi va foiz stavkalari to‘g‘risidagi axborotni har kuni xabar qiladilar. Ushbu ma’lumotlarni olayotgan millionlab odamlar ichidan, deyarli kam odam professional darajada qimmatli qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanadi. Biroq, ko‘pincha fond bozoridan ancha yiroq bo‘lgan odamlar qimmatli qog‘ozlar birjasiga asoslangan axborotni moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun jalb qilishlari (foydalanishlari) lozim. Masalan, uy xo‘jaliklari bu ma’lumotlardan joriy daromadning qancha qismini kelajakka saqlab qo‘yishni va jamg‘arilgan mablag‘larni qaysi aktivlarga investitsiya qilish foydaliroqligini hal qilish uchun foydalanishlari kerak.


Bozor foiz stavkalarini bilish, hattoki, bir oila doirasida pul-larni ko‘chirgan taqdirda qanday yordam berishi bo‘yicha yaxshiroq tasavvurga ega bo‘lish uchun quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz. Tasavvur qiling, Ciz 25 yoshdasiz. Endigina uylandingiz. Alohida va erkin yashashni istab, 100,0 mln. so‘mga uy sotib olmoqchisiz. Mahalliy bank Sizga yillik 8% ustama haq bilan 80,0 mln. so‘m (ya’ni, uy narxining 80%i) ipoteka krediti ajratishga rozi. Lekin Siz yana 20% (ya’ni, yana 20,0 mln. so‘m) mablag‘ topishingiz lozim. Sizning 40 yoshli opangizning bankdagi hisobraqamida Sizga kerakli bo‘lgan summa mavjud. U ushbu pullarni o‘zining pensiya ta’minoti sifatida yillik 6% ustama haqi hisobiga ajratib qo‘ymoqda. Biroq uning pensiya yoshiga yetishiga hali ancha vaqt bor. Shuning uchun Siz bu pullarni undan qarzga so‘rab turishingiz mumkin. Agar opangiz o‘zining pensiyasi uchun jamg‘arib borayotgan pullarini Sizga uy sotib olishingiz uchun qarzga berib turishga rozi bo‘lsa, unda Siz, ushbu summa bo‘yicha qancha foiz stavkasi “adolatli” bo‘lishini qanday qilib aniqlashingiz mumkin?


Ko‘rinib turibdiki, buning uchun joriy bozor stavkalarini bilish foydadan holi bo‘lmaydi. Faraz qilaylik, opangiz o‘zining jamg‘arma hisobraqami bo‘yicha yillik 6% ustama haq olayotganligi Sizga aniq ma’lum va mahalliy bank Sizdan ipoteka krediti bo‘yicha yillik 8% ustama haq olmoqchi. Bu ma’lumotlar Sizga qarorlar qabul qilishda yordam beradi.


Xuddi shuningdek, oila doirasida moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida aktivlarning bozor narxi (bahosi)ni bilish ham kerak bo‘lishi mumkin. Masalan, faraz qilaylik, Siz singlingiz bilan uyni yoki oilaviy biznesni meros qilib oldingiz va u ikkalangizning o‘rtangizda teng, baravar bo‘linishi kerak. Biroq, Siz uni sotgingiz kelmayapti. Boisi, qaysidir biringiz shu uyda yashamoqchi yoki oilaviy biznes bilan shug‘ullanishni davom ettirmoqchisiz. Bunda oilaning boshqa a’zosi


43
qancha olishi kerak? Ko‘rinib turibdiki, merosni to‘g‘ri baholash uchun shunga o‘xshash aktivlarning bozor narxlarini bilish lozim.


Bundan tashqari, aktivlarning narx (baho)lari va foiz stavkalari menejerlar uchun ular tomonidan investitsion loyihalarni tanlashda va moliyaviy shartnomalarni tuzishda tayanch signal bo‘lib xizmat qiladi. Majburiyatlari bo‘yicha moliyaviy bozorlarda doimo bitimlar tuzish bilan shug‘ullanmaydigan menejerlar, odatda boshqa sohalarda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish kerak bo‘lganda, zarur axborotlarni olish uchun har holda bu bozorlardan foydalanadilar.


Tasavvur qilaylik: masalan, qaysidir bir firma 100,0 mln. so‘m miqdorida foyda oldi va u olingan summani qanday sarflashni: uni biznesga qayta investitsiya qilish, aksionerlarga dividendlar to‘lash yoki pullarni o‘z aksiyalarini qaytarib olishga sarflash muammosini hal qilmoqchi. Ushbu masalani hal qilishda, shubhasiz, mazkur firma va boshqa kompaniyalarning aksiyalari kursini, shuningdek, bozor foiz stavkalarini bilishi juda asqotadi. Bunday sharoitda, ayrim hollarda bo‘lganidek, “Baxtash – tavakkal”, “Yo – ustidan, yo – ostidan”, “Shuni ham o‘ylab o‘tira-mizmi?” yoki “O‘ychi o‘yini o‘ylaguncha, tavakkalchi ishini bitiradi” tarzida ish tutib bo‘lmaydi. Shunday qilinsa, hatto “og‘zimizdagi tayyor oshimiz”dan ham ajralib qolishimiz hech gap emas.


Har bir yangi moliyaviy instrumentning paydo bo‘lishi bilan axborot olishning yangi imkoniyatlari yuzaga keladi. Masalan, 1973 yildan birja-larda opsionlarga standartlashtirilgan savdo shartnomalari qo‘llanilishi boshlangandan so‘ng, son jihatidan axborotning hajmi turli moliyaviy va iqtisodiy operatsiyalarning risklilik darajasiga nisbatan keskin oshib ketdi. Bunday ma’lumotlar riskni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlarni qabul qilishda juda muhim.



Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish