Moliya”fanidan O’quv-uslubiy majmua


Investorlar bilan o‘zaro munosabatlar



Download 5,79 Mb.
bet20/138
Sana12.07.2022
Hajmi5,79 Mb.
#781929
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   138
Bog'liq
“Moliya” kafedrasi

Investorlar bilan o‘zaro munosabatlar

  1. investorlar bilan aloqa o‘rnatish va ushlab turish;

  2. kompaniya aksiyadorlariga axborot yetkazish tizimini yo‘lga qo‘yish va

ushlab turish;



  1. moliyaviy tahlilchilar tavsiyalarini va umumiy tusga ega moliyaviy axborotlarni olish;




      1. Baholash va konsalting




  1. moliyaviy siyosat, moliyaviy operatsiyalar masalalari hamda asosiy maqsadlar va ish qay darajada samaradorligini aniqlash bo‘yicha korpo-ratsiyaning boshqa rahbarlari bilan maslahatlashish va ularning tavsiya-larini olish.




    1. Boshqaruvning axborot tizimlari




  1. ma’lumotlarni elektron qayta ishlash vositalarini yaratish va ulardan foydalanish;




  1. boshqaruvning axborot tizimlarini yaratish va ulardan foyda-lanish;

v) tegishli tizim va tartiblar yaratish va ulardan foydalanish.

Moliya bo‘limining tashkiliy tuzilmasi va firmaning boshqa bo‘lim-lari bilan o‘zaro aloqalari turli firmalarda turlicha bo‘lishi mumkin. 3.4-rasmda zamonaviy yirik korporatsiyaning namunaviy tashkiliy tuzilmasi ko‘rsatilgan (keltirilgan).


Direktorlar kengashi


Ijrochi direktor



Ishlab chiqarish

Moliya bo’yicha bosh

Marketing bo’yicha

bo’yicha vitse-

boshqaruvchi (birinchi

vitse-prezident

prezident

vitse-prezident







G’aznachilik




Moliyaviy rejalashtirish bo’limi




Buxgalteriya
















3.4-rasm. Yirik korporatsiyaning tashkiliy tuzilmasi


30
Tuzilmaning eng yuqori darajasida korporatsiyaning ijrochi direktori (chief executive officer (CEO) turadi. U, ko‘pincha, prezident deb ataladi. Moliya bo‘yicha bosh boshqaruvchi (chief financial officer (SFO) katta (birinchi) vitse-prezident deyiladi. U firmaning butun moliyaviy faoliyati uchun mas’ul va bevosita prezidentga hisobot beradi. Shuningdek, ko‘p hollarda, firmada yana ikkita vitse-prezident faoliyat yuritishi mumkin. Ular marketing va ishlab chiqarish operatsiyalari uchun mas’uldirlar. Ba’zida yirik firmalar shtat29iga rahbar lavozimi kiritiladi. Rahbar kompaniya prezidenti strategiyasi amalga oshishi uchun mas’ul hisoblanadi.

Moliya bo‘yicha birinchi vitse-prezidentga uchta bo‘lim bo‘ysunadi: a) moliyaviy rejalashtirish bo‘limi; b) g‘aznachilik; v) buxgalteriya. Ularning har biriga vitse-prezident boshchilik qiladi. Moliyaviy rejalashtirish bo‘yicha vitse-prezident uzoq muddatli kapital qo‘yilmalarning asosiy yo‘nalishlarini tahlil qilish uchun mas’ul, ya’ni firma faoliyat sohasini o‘zgartirishi lozimmi, yoki hozirgi biznesni davom ettirishi kerakmi, shularga baho beradi. Shuningdek, boshqa firmalarni qo‘shib olish va sotib olish hamda bosh firmadan yangi firmalar ajralib chiqishi imkoniyatlarini tahlil qilish ham uning vakolat doirasiga kiradi.


G‘aznachi (treasurer) joriy moliyaviy faoliyat va firmaning aylanma kapitalini boshqarish uchun mas’ul. Shuningdek, tashqi investorlar bilan munosabatlarni boshqarish, firmaga foiz va valyuta riskining ta’sirini baholash hamda soliq bo‘limini boshqarish ham uning vakolat doirasiga kiradi.


Korporatsiyaning bosh hisobchisi (controller) firmada buxgalterlik hisobi va ichki audit, xususan rejadagi va aslidagi xarajatlarni, korporatsiyaning turli xo‘jalik birliklari faoliyatidan olingan daromad va foydani taqqoslash uchun xizmat qiladigan ichki hisobotlar uchun mas’ul. Shuningdek, aksiyadorlar, kreditorlar va davlat boshqaruv (tartibga soluvchi) organlariga taqdim etish uchun moliyaviy hisobotlar tayyorlash ham uning vakolat doirasidadir.





Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish