hosil bо‘lish manbalari qonunchilikda nazarda tutilgan, Yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan amalga oshiriladigan majburiy ajratmalardan iborat bо‘lgan nobyudjet fondlar, ustav
jamg’armasida davlatga tyegishli ulushi bо‘lgan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarda о‘tkazilishi
shart.
Majburiy auditorlik tekshiruvining buYurtmachisi sifatida xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt
ishtirok etadi. Auditorlik tashkilotini
tanlash mulk egasi, xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt
qatnashchilari (aksiyadorlari) umumiy majlisi bilan kelishiladi. Majburiy auditorlik tekshiruvi
о‘tkazilishidan bosh tortish xо‘jalik Yurituvchi sub’yektdan eng kam ish haqining ellik barobari
miqdoridagi jarima undirib olinishi hamda uning rahbarining qonunchilikda belgilangan tartibda
javobgarlikka tortilishiga sabab bо‘ladi. Jarima tо‘lash xо‘jalik Yurituvchi sub’yektni majburiy
auditorlik tekshiruvi о‘tkazilishidan ozod etmaydi.
Auditning asosiy tamoyili uning mustaqilligi bо‘lib, bunda asosan tekshirilayotgan
sub’yektning Moliyaviy hisoboti tо‘g’risidagi kasbiy fikrini ifodalashda biror tomonning ta’siri
ostida bо‘lishdan uning ozod ekanligini tuShunish lozim. Shu bilan birga, yana Shuni hisobga
olish kerakki, audit barcha mamlakatlarda yetarli darajada qattiq tartibga solinadi.
Ayrim davlatlarda (masalan, Fransiyada) bu jarayonga davlat aralashib, u audit mye’yori
va normativlarini belgilaydi, auditorlarni va auditorlik firmalarini rо‘yxatdan о‘tkazadi
hamda
ularning faoliyati ustidan nazorat о‘rnatadi. О‘zbekistonda ham xuddi Shunday ahvol tarkib
topgan bо‘lib, bu yerda davlat auditorlik faoliyatini tartibga solishni faol amalga oshiradi. U
Moliyaviy qiyinchiliklari iqtisodiyotga ta’sir etishi mumkin bо‘lgan muhim korxonalarni ajratib,
ularda audit о‘tkazish majburiy ekanligini belgilaydi, auditorlarga (ma’lumoti, malakasi,
imtihonlarni topshirish tartibi, mas’uliyati, javobgarligi va boshqalar bо‘yicha) talablar qо‘yadi.
Auditni davlat tomonidan tartibga solishni tashkil etish qonunchilik va boshqa normativ
hujjatlar vositasida amalga oshiriladi. Bunda auditorlar jamoatchilik tashkilotlari tomonidan
auditning о‘zini о‘zi boshqarishiga katta imkoniyat beriladi. Qayd etish lozimki, har bir
mamlakatda jamoat tashkilotlarining rivojlanishi va ta’siri turlicha amalga oshiriladi. Masalan,
AQSH va Angliyada auditorlik faoliyati asosan ixtisoslashtirilgan
profyessional jamoat
auditorlik tashkilotlari tomonidan tartibga solinadi.
Kо‘pgina mamlakatlarda mustaqil Auditorlar palatalari ishlab turibdi. Ularning asosiy
vazifalari auditorlik faoliyati va auditorlar axloq mye’yorlari bо‘yicha standartlarni ishlab
chiqish, auditorlar ish-faoliyatining sifatini nazorat qilish, auditorlik faoliyati bо‘yicha
bilimlarini attyestasiya qilish va hujjatlar berish hamda auditorlik mye’yorlarini buzgan
shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qо‘llash (bu - davlatga xos xususiyat bо‘lmagan
mamlakatlarda) kabilardan iboratdir.
Ammo ayrim mamlakatlarda, masalan, SHvyesiyada, garchi Vakolatli auditorlar
uYushmasi va Tasdiqlangan auditorlar uYushmasi ishlab turgan bо‘lishiga qaramasdan, umuman
auditorlik faoliyatini tartibga solish davlat
tomonidan amalga oshirilib, bu bizning
Respublikamizga ham xos bо‘lgan xususiyatdir. О‘zbekiston Auditorlar palatasi tuzilish
jihatidan davlat organlari bilan о‘zaro birgalikda harakat qiladi. Ammo uning auditorlik
faoliyatini tartibga solish bо‘yicha asosiy funksiyalari davlat tomonidan mustahkamlab
qо‘yilgan.
О‘zbekiston Respublikasining Auditorlik faoliyati tо‘g’risidagi qonunini amalga oshirish,
auditorlik tekshiruvlarining roli va maqomini belgilash, soliq va boshqa nazorat organlari
tomonidan auditorlik xulosalari hisobini Yuritishni ta’minlash maqsadida sо‘nggi
vaqtlarda
bizning mamlakatimizda auditorlik faoliyatini amalga oshirish tartibiga jiddiy о‘zgartirishlar
kiritildi
10
.
Xususan, belgilab qо‘yildiki, buxgaltyeriya hisobini Yuritish va hisobot tuzish ishlari
auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalarning Moliyaviy-xо‘jalik
10
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг «Аудиторлик фаолиятини
такомиллаштириш ва аудиторлик текширувлари ролини ошириш тўғрисида» 2000 йил 22
сентябрдаги 365-сонли қарори.
faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan majburiy tarzda tyegishli
auditorlik tashkilotlari jalb etilgan holda tekshiriladi. Bunda Moliyaviy hisobotning tо‘g’riligi
uchun auditorlik tashkiloti javobgar hisoblanadi.
Tartiblar tо‘g’risida bir nyecha nizomlar tasdiqlangan:
a) soliq va boshqa nazorat organlarining auditorlik xulosalari hisobini Yuritish;
b) majburiy auditorlik tekshiruvlarini о‘tkazishdan bosh tortganligi uchun xо‘jalik
Yurituvchi sub’yektlardan jarima undirib olish;
v) auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziyalar
berish.
Soliq organlari va boshqa nazorat organlarining auditorlik xulosalari hisobini Yuritish
tо‘g’risidagi nizom bunday xulosalarning ikki turini belgilab bergan bо‘lib, ulardan har biri
muayyan huquqiy oqibatlarga olib kyeladi:
- ijobiy auditorlik xulosasi
auditorlik tashkiloti tо‘g’risida xо‘jalik Yurituvchi sub’yektning
Moliyaviy hisoboti uning Moliyaviy ahvolini tо‘g’ri aks ettiradi va xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt
tomonidan amalga oshirilgan Moliyaviy va xо‘jalik opyerasiyalari О‘zbekiston Respublikasi
qonunchilik hujjatlariga muvofiq kyeladi, degan fikrlar mavjud bо‘lgan hujjatdir.
-
salbiy auditorlik xulosasi
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektning Moliyaviy hisobotida
tartibbuzarliklar mavjud bо‘lib, Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchini yanglishishga olib kelishi
mumkin bо‘lganligi tо‘g’risidagi fikr bildirilgan auditorlik tashkiloti
hujjatidir.
Xо‘jalik Yurituvchi sub’yektda oldingi ikki yil uchun ijobiy yillik auditorlik xulosasi
mavjud bо‘lishi uni xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar rо‘yxatiga kiritish uchun zarur shartlardan
biri hisoblanib, ularning Moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini soliq va boshqa nazorat organlari
tomonidan tekshirish sо‘nggi tekshiruv о‘tkazilganidan kyeyin 24 oy о‘tmasidan oldin
о‘tkazilishi mumkin emas. Salbiy auditorlik xulosasiga ega bо‘lgan xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning nazorat organlari tomonidan belgilangan tartibda
о‘tkaziladigan tekshiruv Reja-jadvaliga kiritilishi kerak.
Soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan belgilangan tartibda о‘tkaziladigan tekshiruv
auditorlik xulosasi xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt Moliyaviy-xо‘jalik faoliyati natijalariga muvofiq
kyelmasligini aniqlagan holda, ushbu auditorlik xulosasi shak-Shubhasiz soxta dyeb hisoblanadi
va
auditorlik tashkiloti, Shuningdyek bunda aybdor bо‘lgan shaxslar qonunchilikda nazarda
tutilgan javobgarlikka tortiladi. Bunda soliq va boshqa nazorat organlari о‘n kunlik muddat
ichida О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tyegishli auditorlik tashkiloti tomonidan
amaldagi qonunchilik mye’yorlari buzilganligi aniqlanganligi tо‘g’risida xabar berishi shart.
Auditorlik tashkiloti, Shuningdyek shak-Shubhasiz soxta auditorlik xulosalarini tuzishda
aybdor bо‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish xо‘jalik Yurituvchi sub’yektni soliqlar va boshqa
majburiy tо‘lovlarni tо‘lash bо‘yicha belgilangan tartibni buzganligi uchun qonunchilikda
nazarda tutilgan jazo choralaridan ozod qilmaydi.
Majburiy auditorlik tekshiruvlarini о‘tkazishdan bosh tortganligi uchun xо‘jalik Yurituvchi
sub’yektlardan jarima undirib olish tartibi tо‘g’risida nizom qonunchilikka muvofiq majburiy
auditorlik tekshiruvi о‘tkazilishi lozim bо‘lgan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarga
nisbatan amal
qiladi.
Jarima solish uchun xо‘jalik Yurituvchi sub’yektning majburiy auditorlik tekshiruvlarini
о‘tkazishdan bosh tortishi asos bо‘ladi. Bunda yillik Moliyaviy hisobotning auditorlik
tekshiruvini hisobot yilidan kyeyingi yilning 1 mayiga qadar о‘tkazilishi hamda auditorlik
xulosasining yо‘qligi qoidabuzarlik fakti dyeb topiladi.
Majburiy auditorlik tekshiruvi о‘tkazilishi lozim bо‘lgan xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt
о‘zining yillik Moliyaviy yil uchun auditorlik tekshiruvini hisobot yilining 1 mayiga qadar
о‘tkazadi va auditorlik tekshiruvi о‘tkazilganidan kyeyin 15 kunlik muddat ichida tyegishli soliq
organiga auditorlik xulosasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etadi.
Auditorlik xulosasining nusxasi belgilangan muddatda soliq organiga topshirilmagan
holda, xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt ushbu organga yozma ravishda auditorlik xulosasi yо‘qligi
sababini aks ettiruvchi tuShuntirishni taqdim etishi shart.
Majburiy auditorlik tekshiruvi о‘tkazilishidan bosh tortilganligi sababli auditorlik xulosasi
yо‘q bо‘lgan
taqdirda, soliq organi xо‘jalik Yurituvchi sub’yektga belgilangan tartibda jarima
soladi.
Boshqa nazorat organi tomonidan majburiy auditorlik tekshiruvini о‘tkazmagan xо‘jalik
Yurituvchi sub’yektga nisbatan soliq organi tomonidan jarima solish chorasi qо‘llanilmaganligi
aniqlangan taqdirda, tyegishli soliq organining mansabdor shaxslari qonunchilikda belgilangan
tartibda javobgar hisoblanadi.
Auditorlik faoliyati (auditorlik tashkilotlarining profyessional xizmatlaridan tashqari) yangi
qonunchilik bо‘yicha auditorlik tyeshiruvini о‘tkazish uchun faqat maxsus ruxsatnoma
(litsenziya) mavjud bо‘lgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin. Auditorlik faoliyatini
litsenziyalash auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar
berish tartibi tо‘g’risidagi Nizomga muvofiq ravishda olib boriladi.
Auditorlik
faoliyatini
litsenziyalash О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
(litsenziyalovchi organ) tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: